Tuzuvchi: ndktu konchilik elektr mexanikasi kafedrasi Dotsenti Phd musurmonov E. Sh ndktu konchilik elektr mexanikasi kafedrasi assistenti Boltayev M. A. Taqrizchilar


-rasm. Kamerali gidravlik klassifikatorlar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə13/14
tarix21.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#129431
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Tajriba Boyitish sirtqi

13-rasm. Kamerali gidravlik klassifikatorlar:
1-uzatma vali; 2-shkiv; 3-klapan sterjeni; 4-g’ildirakdagi mushtukcha;
5- chuvalchangsimon g’ildirakcha; 6- ichi bo’sh val aralashtiigichlari bilan;
7-bo’shatish klapanining shari; 8-suvni sozlash uchun jumrak.

Klassifikatorning silindr qismiga kameraning piramida qismida yuqoriga ko’tariluvchi aylana oqim hosil qiladigan tarzda urinma bo’yicha bosim ostida suv beriladi. Yuqoriga harakatlanuvchi suv oqimi cho’kkan mahsulotdan mayda zarralarni yuvib yuqoriga olib chiqadi. Kameraning pastki toraygan qismida klassifikatsiya siqilib tushish sharoitida sodir bo’ladi.


Kameraning pastki qismiga cho’kkan fraksiya 1,5 ayl/min tezlikda harakatlanuvchi aralashtirgich yordamida g’ovaklantiriladi.
Kamerali klassifikatorlarning uzunligi 3,7 dan 7,4 m gacha, balandligi 2,8 dan 4,2 m gacha, ishlab chiqarish unumdorligi 2 mm li mahsulotda 15 dan 25 t/soatgacha, bunda suv sarfi 30-160 l/min.
Gidravlik klassifikatorlarning afzalligi - cho’kkan mahsulotni avtomatik bo’shatish va klassifikatsiyani boshqarish mumkinligidan iborat.
Bu klassifikator qumni mexanik bo’shatuvchi klassifikatorlar turiga kiradi. Ularda tashuvchi moslama bo’lib, korpus tubiga parallel joylashtirilgan, sekin aylanuvchi spiral (shnek) xizmat qiladi (14- rasm). Spiralli klassifikatorlar bir va ikki spiralli qilib tayyorlanadi. Ular gorizontga nisbatan 12-18° burchak ostida o’rnatiladi. Spirallar bir, ikki va uch zaxodli bo’lib, uning qadami spiral diametrining 0,5-0,6 qismiga teng. Spiralli klassifikatorlar botgan va botmagan spiralli klassifikatorlarga bo’linadi.
1 4-rasm. Spiralli klassifikatorlar:
1-uzatma; 2-yarim silindrik tog’ora; 3- spiral; 4- ichi bo’sh val;
5-spiralni ko’taruvchi mexanizm; 6-quyulish ostonasi;
7-tayanch ramasi; 8- bo’shatish tuynugi.

Botmagan spiralli klassifikatorlarda quyulish ostonasi valdan yuqorida, yuqori qismi esa bo’tananing ustida joylashadi.


Botgan spiralli klassifikatorlarda esa quyulish ostonasi bo’tanaga to’liq botgan bo’ladi va bu bilan cho’kishning katta zonasiga erishiladi hamda mahsulotning klassifikatsiyasi tinchroq muhitda o’tadi.
Shuning uchun botgan spiralli klassifikatorlar o’lchami <0,15 mm dan kichik mayin tuyulgan mahsulotni ajratish uchun ishlatiladi. Bu klassifikatorlarning quyulma bo’yicha ishlab chiqarish unumdorligi botmagan spiralli klassifikatorlarga nisbatan 1,5 barobar katta.
Spiralli klassifikatorlarning diametri 0,3-3 m gacha, uzunligi 2,9-15,1 m. Spiralli klassifikatorlar sodda tuzilishga egaligi, ishlashning qulayligi, yuqori ishlab chiqarish unumdorligiga egaligi bilan xarakterlanadi. Spirallarning bir tekis va tinch aylanishi mahsulotni klassifikatsiyalash uchun yaxshi sharoit yaratadi va katta zichlikka ega bo’lgan toza mahsulot beradi. Gidrosiklonlar apparat ichida mineral zarralarning spiralsimon trayektoriya bo’ylab harakatlanishi natijasida hosil bo’ladigan markazdan qochma kuchni ishlatishga asoslangan klassifikatsiyalovchi apparatlarga kiradi.
Bunda markazdan qochma kuch mineral zarraga ta’sir qiluvchi gravitatsion kuchdan ancha kattadir. Shuning uchun gidrosiklonlarda klassifikatsiyalash (ajralish) gravitatsiya kuchi hisobiga sodir bo’luvchi boshqa apparatlardagiga nisbatan jadalroq boradi (15- rasm).


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə