Tuzuvchi: ndktu konchilik elektr mexanikasi kafedrasi Dotsenti Phd musurmonov E. Sh ndktu konchilik elektr mexanikasi kafedrasi assistenti Boltayev M. A. Taqrizchilar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə12/14
tarix21.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#129431
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Tajriba Boyitish sirtqi

Nazorat savollari:



  1. Yanchish deb nimaga aytiladi?

  2. Tegirmonlarni qanday turlari mavjud?

  3. Tegirmonlar qanday qismlardan tuzilgan?

  4. Tegirmonlarni ishlash prinsipini tushuntiring.

  5. Tegirmonlarning afzalligi va kamchiligi nivfdan iborat?

  6. Tegirmonlarda qoplovchi plitalar sifatida qanday qoplamalardan foydalaniladi?

3-4-tajriba ishi


Klassifikatsiyalash uchun mexanik uskunalarning konstruktiv detallarini va turlarini o’rganish


Ishning maqsadi: Talabalarga rudalarni klassifakasiyalash uchun qo’llaniladigan mexanik uskunalarning turlari, tuzilishi va ishlash prinsipini o’rgatish hamda klassifikatorlarni ishlatilish sohalari haqidagi bilimlarini takomillashtirish

Mineral zarralarning suvda va havoda tushish tezligiga qarab sinflarga ajratishga klassifikatsiya deyiladi. Klassifikatsiya suvda olib borilsa gidravlik klassifikatsiya, havoda ohb borilsa pnevmatik klassifikatsiya deyiladi.


Gidravlik klassifikatsiyadan maqsad xuddi g’alvirlash kabi ma’lum yiriklikka ega zarralar sinfini ajratish bo’lib, biroq g’alvirlashdan tubdan farq qilib, klassifikatsiya jarayonida sinflar yirikligiga qarab emas, balki «teng tushuvchi» sinflarga ajratiladi. Gidravlik klassifikatsiya natijasida olinayotgan har qaysi sinf bir vaqtning o’zida suvda bir xil tushish tezligiga ega yengil minerallarning yirik zarralarini va og’ir minerallarning mayda zarralarini saqlashi mumkin.
Gidravlik klassifikatsiya mustaqil, tayyorlovchi va yordamchi jarayon bo’lishi mumkin. Mustaqil jarayon sifatida gidravlik klassifikatsiya marganesli, volframli va hokazo rudani tarkibiy qismlarga ajralgandan keyin donali mahsulotdan loy va balchiqlarni yuvish uchun ishlatiladi.
Tayyorlash klassiflkatsiyasi mahsulotlarni alohida-alohida sinflarga ajratib, alohida boyitish uchun (masalan, gravitatsion usulda) qo’llaniladi.
Klassifikatsiya yordamchi jarayon sifatida yanchish sxemalarida hali yanchilib ulgurilmagan mahsulotni ajratib olish uchun,qo’llaniladi. Gidravlik klassifikatsiyaga kelib tushuvchi mahsulotning yirikligi 3-4 mm dan ortmasligi kerak.
Bo’shliqdan farq qilib, istalgan muhit (suv, havo va hokazo) o’zida tushayotgan jismga qarshilik ko’rsatadi. Zarraning muhitda tushish tezligi uning o’lchamiga, shakliga, zichligiga va muhitning zichligiga bog’liq bo’ladi. Yuqori zichlikka ega yirik zarralar zichligi kichik mayda zarralarga nisbatan tezroq tushadi. Biroq katta zichlikka ega bo’lgan yirik zarraning shakli yassi bo’lsa, zarraning tushish tezligi kamayadi, chunki bunda muhitning qarshiligi ortadi.
Muhit qarshiligi 2 turga bo’linadi: dinamik qarshilik va qovushqoqlik. Gidravlik klassifikatsiyada tushish tezligiga ikkala qarshilik ham ta’sir qiladi, lekin ularning ta’sir darajasi turli xil zarralar uchun bir xil emas.
Yirik zarralar katta tezlik bilan tushayotganda suvning turbulent oqimiga xos dinamik qarshilik ustunlik qiladi. Bu holda zarraning past bosimli zonasi hosil bo’ladi va uyurma oqim hosil bo’lishiga olib keladi.
Dastlabki vaqtda mineral zarralar gravitatsion kuch ta’sirida muhitda tezlanish bilan tushadi. Tezlik ortib borishi bilan muhitning qarshiligi ortadi va juda qisqa vaqt ichida harakatdagi gravitatsion kuchga tenglashadi. Shu paytdan boshlab, zarra doimiy tezlik bilan harakatlanadi va bu tezlik berilgan zarraning oxirgi tushish tezligi deyiladi.
Nazariy jihatdan amaldagi sharoitda zarraning oxirgi tushish tezligini aniqlash qiyin, chunki tushishda juda ko’p sonli zarralar ishtirok etib, ularning o’zaro bir-biriga ta’sirini hisoblash mumkin emas.
Amalda zarraning oxirgi tushish tezligiga erishish vaqti juda kam (masalan, 1mm diametrga ega shar shaklidagi zarraning tushish vaqti 0,01-0,2 sek) bo’lganligi uchun gidravlik klassifikatsiyada mineral zarraning sinflarga ajralishi ularning oxirgi tushish tezligidagi farqqa qarab amalga oshiriladi.
Boyitish fabrikalarida ishlatiladigan gidravlik klassifikatorlarni shartli ravishda 2 guruhga bo’lish mumkin:

  1. Ajralish gravitatsion va muhitning qarshilik kuchi asosida amalga oshadigan klassifikatorlar (kamerali, konusli, spiralli, piramida shaklidagi).

  2. Yuqoridagi kuchlardan tashqari, markazdan qochma kuch ta’sir qiladigan klassifikatorlar.

Bu klassifikatorlar mahsulotni gravitatsion usulda boyitishdan oldin tayyorlash klassifikatsiyasi sifatida ishlatiladi.
Klassifikatorlar 2, 4, 6, yoki 8 ta kameradan iborat bo’lib, kameralar soni markadan keyin ko’rsatiladi (КГ-2, КГ-4, КГ-6, КГ-8).
Kameralarning kengligi mahsulot berilishi tomonidan mahsulot quyilishi tomonga ortib boradi.
Kamerali gidravlik klassifikator o’lchamlari ketma-ket kattalashib boruvchi va yuqori qismida bitta bo’tana oqimi bo’ylab kengayib boruvchi umumiy tarnovchaga ega bo’lgan bir qator piramida shaklidagi kameralardan iborat (13- rasm).
Dastlabki bo’tana tarnovchaning tor qismiga berilib, u klassifikator kameralarini to’ldiradi va tarnovchaning keng qismidan oqib tushadi. Mineral zarralar o’zlarining suvda tushish tezliklariga qarab, ma’lum yiriklikdagi sinflarni hosil qilib har xil kameralarda cho’kadi. Eng mayda fraksiya quyulma bilan chiqib ketadi. Har qaysi piragidal kameraga silindr va konusli uchlik ulanadi. Cho’kkan mahsulot davriy ravishda ochiladigan klapan orqali konusli uchlikdan chiqarib olinadi.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə