Reja: Ilk o‘rta asr Sharq falsafasi



Yüklə 258,12 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü258,12 Kb.
#152275
102-MMTs Abduraxmonov A falsafa


TOSHKENT FAN VA TEXNOLOGIYA UNIVERSITETI
102-MMTs gurux talabasi Abduraxmonov Abdumalikning falsafa fanidan taqdimoti
Mavzu: Ilk o`rta asr Sharq falsafasi va uyg`onish davri
Reja:
1. Ilk o‘rta asr Sharq falsafasi
2. Arab xalifaligi davrida
3. Sharq panteizmi va peripatetizmi.
Falsafa tarixi sohasida Ilk o‘rta asr Sharq falsafasi deganda IX-XI asrlar musulmon fani va madaniyati tarixida katta yutuqlar va muhim ilmiy kashfiyotlar davri tushuniladi. Bu davrni ba’zi tadqiqotchilar Sharq fani va madaniyatining Uyg‘onish davri yoki “oltin davri” deb e’tirof etadilar. O‘sha davrda arab xalifaligi tarkibiga kirgan Movarounnahr va Xuroson mintaqasi yuz bergan madaniy-ma’rifiy yuksalishni ta’minlovchi va harakatlantiruvchi asosiy kuchlardan biri edi. Bu xulosa, birinchi navbatda, bu ilmiy yuksalishda ishtirok etgan mutafakkirlarning asosiy qismi ushbu zamin farzandlari bo‘lgani bilan izohlanadi7.
Ushbu davrning tamal toshi islom dinining vujudga kelish omili, Abbosiylar xalifaligi davriga borib taqaladi. Mazkur davrda Bag‘dod shahriga asos solinib, u xalifalikning siyosiy markazi bo‘libgina qolmay, balki saltanatning iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy markaziga aylantirilgan edi. Abbosiy xalifalar Mansur (754-776), Xorun ar-Rashid (786-809) va Ma’mun (813833) davrida ilm-ma’rifatga katta e’tibor berilgan. Yirik ilmiy markazga aylangan “Bayt ul-hikma”ga asos solinib, bu joyda o‘z davrining mashhur olimu faylasuflari, tabib, munajjim, musiqachi, me’mor, muhandislari to‘plangan.
Bu davrda arablar, yahudiylar, nasroniylar, forslar, movarounnahrlik va xurosonliklar tomonidan yahudiy, yunon, suryoniy, fors, hind va boshqa tillardagi riyoziyot, falakiyot, mantiq, alkimyo, handasa, tarix, tibbiyot fanlariga oid madaniy, ilmiy-falsafiy asarlar arab tiliga tarjima qilingan. Qadimgi yunon faylasuflari Ptolemeyning “Almajistiy” (Almagest), Evklidning handasa (geometriya), Aflotun va Arastuning qator asarlari arab tiliga o‘girildi. Ayniqsa, Arastuning mantiqqa oid asarlarining tarjima qilinishi Bag‘dod ziyolilari dunyoqarashining butunlay o‘zgarishiga olib kelgan edi.
Arab xalifaligi davrida O‘rta Osiyoni Tohiriylar (821-873), Safforiylar (873904), Somoniylar (875-999), G‘aznaviylar (977-1186), Qoraxoniylar (999-1212) va Xorazmshohlar (1077-1231) kabi sulolalar boshqargan. Saljuqiylar (1033-1300) XII asrning boshlariga kelib, bugungi O‘rta Osiyo hududini butunlay o‘z nazorati ostiga oladilar8. Ma’lumki, saljuqiylar sulolasi ilgarigi mavqei yo‘qolgan xalifalikni boshqarayotgan Bag‘dod xalifasining rasmiy hukmronligini saqlagan holda, amalda markazlashgan davlatning dunyoviy ishlarini boshqarar edilar. Saljuqiy Malikshoh davrida uzoq vaqt vazirlik qilgan fan homiysi Nizomul Mulk Abu Homid G‘azzoliy va Mahmud az-Zamaxshariy kabi olimlarni ham qo‘llab-quvvatlagan. U Bag‘dodda rasadxona ishini rivojlantirib, mashhur falakshunos olimlarni to‘playdi. Nizomul Mulk tashabbusi bilan Buxoro, Hirot, Nishopur, Samarqand, Bag‘dod kabi shaharlarda “Nizomiya” nomidagi madrasalar ochilgan. 
Ushbu davr ilm-fan taraqqiyotining e’tiborli tomoni shundaki, ko‘pgina olimlar o‘z sohalarida yangiliklarga asos soladilar. Masalan, birinchi bo‘lib, Umar Xayyom taqvimiga tuzatish kiritadi. Ayniqsa, bu davr arab va fors adabiyotining taraqqiyot davri bo‘lgan. Umuman olganda, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jabhalarda ko‘plab o‘zgarishlar falsafa, tabiiy-ilmiy bilimlar rivojida muhim ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlarni vujudga keltirgan. O‘z navbatida Movarounnahr diyorida ham ilmfan ravnaqi uchun qulay imkoniyatlar yaratilgan.
Sharq panteizmi va peripatetizmi. Sharq panteizmi “vahdatul vujud” – yagona vujud birligi ta’limotidan vujudga kelgandir. Ya’ni haqiqiy borliq – bu Mutlaq zot, ya’ni olloh o‘zi yaratgan borliqda aks etadi, degan ma’noni bildiradi.“Parvardigorning yakkayu yagona vujudidan iborat, boshqa mavjudliklar shu vujudning ijodi, in’ikosidir. Mutlaq zotni al-Haq (Real borliq), al-Ahad (Birlik) deb ham ataydilar. U O‘zi yaratgan olam ashyolarida (olami shahodat, olamul xalq) O‘zini namoyon etib, zohirlanib turadi va shu orqali O‘zi O‘zini idrok etadi. Bu Cheksiz va mavhum Mutlaq zotning shahodat (moddiy) olamda tinimsiz jilolanishi
«tajalliy» deb atalgan. Tajalliy – barcha harakat va faoliyat, tiriklik va hayot ijodkori
Parvardigorning o‘zi yaratgan olamda doimo hozir bo‘lishidir” –deb tahlil qiladi tasavvufshunos olim Najmiddin Komilov9. Bu ta’limotning asoschisi Ibn Arabiy bo‘lib, tasavvuf falsafasining shakllanishiga asos bo‘ldi. Keyinchalik Sharq panteizmi Forobiy ijodida o‘zining eng mukammal ko‘rinishiga ega bo‘ldi.
Falsafada odamni tabiiy taraqqiyotning oliy ko‘rinishi, Parvardigor yaratgan eng mukammal va mo‘‘tabar xilqat deb qarash mavjud. Forobiy va ibn Sino asarlarida bu tez-tez tilga olinadi.
Sharq peripatetizmi IX-XI asr YAqin va o‘rta Sharq, Markaziy Osiyo falsafasining yirik oqimi bo‘lgan. Asosiy vakillari sifatida –al-Kindiy (800–879), al-Farobiy (870–950), Ibn Sino (Avitsenna 980–1037), Ibn Tufayl (1110–1185), Ibn Rushd (Averroes, 1126–1198) kabi faylasuflarni olish mumkin. Bu oqimning boshqacha nomi Sharq mashoyunchilaridir. Mashoyunchilar sifatida antik davr Yunon falsafasining yirik vakili Aristotel va neoplatonizm oqimi ta’limotini
Yüklə 258,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə