Tuzuvchilar: Buxoro viloyat Kogon tuman 5- maktabning



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə103/113
tarix22.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154178
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   113
1-sinf yozuv darsi ishlanmasi 2021-yil

III .Yangi mavzu bayoni .
O‘qituvchi o‘quvchilarga yangi mavzuni e’lon qiladi . “G” tovushini talaffuz qildiradi. Undosh tovush ekanligini tushuntiradi . Bosh harf bilan yoziladigan so‘zlar haqida tu-shuncha beradi .
Bosh “G” tovushining talaffuzi va yozilishi multmediyali ilovadan ko‘rsatiladi , tushun-tiriladi. Yozmacha va bosmacha shakli qiyoslanadi. Doskada bosh “G” harfining yoz-macha shakli yozib ko‘rsatiladi.Harf yozilishi ko‘rsatilgandan so‘ng talaffuz qildirilib , havoda yozish mashqi bajariladi .O‘quvchilar daftarlariga oldin harfning ikki unsurini , undan so‘ng esa bosh “G” harfini yozadilar . O‘qituvchi o‘quvchilarning yozuvini qator-lararo yurib nazorat qiladi . Birdan sinfga Zumrad va Qimmat yugurib , quvlashib kirib keladi . Zumradning qo‘lida ertak kitob . Qimmat esa shu ertak kitobni o‘qib ber deb , Zumradni quvayotganligini aytadi . O‘qituvchi Qimmatdan :
-O‘qishni bilmaysanmi?- deb so‘raydi . Qimmat esa uyalib o‘qishni bilmasligini aytadi . O‘qituvchi uni darsga taklif etadi va shu darslarga qatnashib borsa o‘qishni o‘rganib olishini tushuntiradi . Zumrad va Qimmat o‘quvchilar orasidan joy oladi.
“G” harfiga boshqa harflarni qo‘shib, bo‘g‘in hosil qilish ,yozma shakli ko‘rsatib tushuntiriladi .”G” harfiga boshqa harflarni qo‘shib bo‘g‘in hosil qilish va yozma shakli ko‘rsatiladi . “Guli, Gulnora, Gulandom” so‘zlari va “Guldonda gullar bor.” gapi yoziladi va o‘qiladi . Bu so‘zlar tarkibi mazmuni tahlil qilinadi . Bu so‘zlar nima uchun bosh harf bilan yozilganligi tushuntiriladi. Har bir harf alohida –alohida yozib ko‘rsatilib , havoda mashq qilishdan so‘ng o‘quvchilar daftarlariga yozdiriladi .



IV.Yangi mavzuni mustahkamlash .
Dam olish daqiqasi o‘tkazish.
Bog‘da gullar o‘stirdim ,
Ochildilar gullarim .
Qizil ,sariq , oq , moviy ,
Gullarim juda go‘zal .
“Rasmli rebus “ o‘yini .Rasmlarning bosh harfidan so‘zlar tuziladi .
Daftari bilan ishlash .
“Lug‘at diktant o‘tkaziladi .

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə