Tuzuvchilar: Buxoro viloyat Kogon tuman 5- maktabning


Milliy va umummadaniy kompetensiyasi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə53/113
tarix22.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154178
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   113
1-sinf yozuv darsi ishlanmasi 2021-yil

Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiyena talablariga doimo rioya qilish.


Dars turi: yangi bilim , ko‘nikma , malakalarini umumlashtiruvchi dars . Dars metodi : Tahlil – tarkib metodi , tushuntirish, suhbat, ko‘rsatish, “So‘z tuz ” o‘yini .
Dars jihozi : Doska , mavzuga oid rasmlar , texnik vositalar .
Darsning borishi:

T/R

Bo‘limlar

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O‘tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O‘quvchilarni rag‘batlantirish

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa



I .Tashkiliy qism.
O‘quvchilarni darsga tayyorlash . Darsni “Yozuv darsi” she’ri bilan boshlash .
Yozuv darsida bizlar,
O‘rganamiz yozishni,
Unsurlar-u harflarni ,
Bo‘g‘inlar-u so‘zlarni .
So‘zlardan gap tuzishni,
O‘rganamiz yozishni.
O‘quvchilarga bugungi dars musobaqa darsi ekanligi e’lon qilinadi .
O‘quvchilar to‘rt guruhga bo‘linib , nomlanadi . O‘qituvchi stoli ustida teskari qilib qo‘yilgan rasmlardan tanlab olishadi . Sabzavotlar , mevalar , poliz ekinlari va donli mahsulot rasmlarini tanlaganlariga qarab o‘z guruhlariga joylashishadi .
1-guruh - Sabzavotlar guruhi.
2- guruh – Mevalar guruhi .
3-guruh- poliz ekinlari .
4- guruh – paxtaoylar
Yil, fasl , oy ,hafta va kun tabiati haqida suhbat o‘tkazish .
O‘quvchilarga to‘g‘ri o‘tirish , yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish qoidalarini eslatish .
II .O‘tgan mavzuni mustahkamlash .
Yozuv daftaridagi kichik “ b” tovush harfini , kichik “b” tovush harfi qatnashgan bo‘g‘in , so‘z , gap imlosini tekshirish va rag‘batlantirish .
Doskada “b” harfining o‘zidan oldingi va o‘zidan keyingi harf bilan to‘g‘ri yozilishini tekshirish . O‘qituvchi talaffuz qilgan so‘zlar ichidan o‘tilgan “ b” to-vushining o‘rnini topish topshirig‘i beriladi .
Rasmli diktant o‘tkazish .


Bino , bola, bobo .


III . Yangi mavzu bayoni .
O‘quvchilarga topishmoqlar eshittirilib , javobi so‘raladi.


O‘tin yorar erta-kech, Boshi bor-u sochi yo‘q ,
O‘zi yorilmaydi hech. (bolta) Tez suzishda tengi yo‘q . (baliq)
O‘qituvchi:
-Topishmoqlarning javobi qaysi tovushdan boshlanyapti?
-Demak , bugungi yangi mavzu nima ekan?
- Albatta bugungi yangi mavzuimiz – bosh “B” harfini yozish .
Bosh “ B” tovushining talaffuzi va yozilishi multimediyali ilova orqali ko‘rsa-tiladi , tushuntiriladi . Doskada bosh “B” harfining yozmacha shakli yozib ko‘r-satiladi . Harf yozilishi ko‘rsatilgandan so‘ng talaffuz qildirilib , havoda yozish mashqi bajariladi . O‘quvchilar bosh “B” harfini daftarlariga yozadilar .
“B” harfiga boshqa harflarni qo‘shib, bo‘g‘in hosil qilish , yozma shakli ko‘rsa-tib tushuntiriladi . “ B” harfiga “a , i , o” harflarini qo‘shib , bo‘g‘in hosil qilish va yozma shakli ko‘rsatiladi .”Ba, Bo” bo‘g‘inlari, “Bilol” so‘zi va “Bilol- bilimli bola .” gaplarining yozilishi tushuntirib tahlil qilinadi . Havoda yozish mashqlari o‘t-kazilganidan so‘ng , o‘quvchilar bo‘g‘in , so‘z va gaplarni daftarlariga yozadilar. Bu so’zlar nima uchun bosh harf bilan yozilgani haqida tushuncha beriladi . O‘qituv-chi o‘quvchilarning yozuvini nazorat qilib boradi . Yozishda qiynalgan o‘quvchilar bilan alohida individual ishlanadi .


Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə