Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/66
tarix01.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#114865
növüУчебное пособие
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66
98d06c14c803445c5b1b41a6fab3c556 Tilshunoslik nazariyasi

So‘zlashuv tili tushunchasi
- tilning nutq jarayoni bilan bog‘liq 
bo‘lgan umumxalq tilining o‘ziga xos shaklidan biridir. So‘zlashuv 
tilining boshqa til shakliga nisbatan o‘ziga xos xususiyatlari, tomonlari, 
shakllanish va ta’rifi, ayniqsa, atamasi kabi masalalarda anchagina 
munozarali fikrlar bor. Tilshunoslikda “so‘zlashuv” tilining atamasi uzil-
kesil hal etilgan emas. Jumladan, bu tushuncha bilan bog‘liq bo‘lgan 
“so‘zlashuv tili”, “jonli so‘zlashuv tili”, “adabiy so‘zlashuv tili”, 
“og‘zaki so‘zlashuv tili”, “xalq og‘zaki tili”, “jonli xalq tili” kabi 
shakllardagi atamalar to‘g‘risida aytilgan fikr va mulohazalar fikrimiz 
dalilidir. 
Ba’zan bu atamalar ifodalagan tushunchaning nutqiy hodisalariga 
qarab, ilmiy manbalarda “so‘zlashuv nutqi”, “jonli so‘zlashuv nutqi”, 
“kundalik so‘zlashuv nutqi”, “og‘zaki nutq” kabi qator atamalar bilan 
yuritilganligini kuzatamiz. Bu haqda B.O‘rinboyevning “O‘zbek tili 
so‘zlashuv nutqi sintaksisi masalalari” kitobida batafsil fikr bildirilgan. 
Olim o‘z kitobida ilmiy adabiyotlardagi bu atamalar haqida bayon 
etilgan fikr-mulohazalarni birma-bir tahlil etib, bu borada ma’lum bir 
xulosaga kelgan [B.O‘rinboyev, 1974: 12-13]. Lekin, bu haqda ba’zi bir 
mulohazalar ham bor. Jumladan, “so‘zlashuv nutqi” atamasi o‘rnida 
ko‘pchilik ilmiy adabiyotlarda qo‘llanilgan “jonli so‘zlashuv nutq” yoki 
“jonli so‘zlashuv tili” atamasidan birini qo‘llash ma’qulroq deb 
o‘ylaymiz. Buni quyidagicha izohlash mumkin: “so‘zlashuv nutqi” til 
taraqqiyotining oldingi davrlardagi shakl qanday tarzda aks etganligini 
kuzatib bo‘lmaydi. Uni faqat yozma manbalardagina qisman aks 
etganligini kuzatish mumkin. Bu atama nisbatan mavhum va 
umumiylikka ega. “Jonli so‘zlashuv tili” esa hozirgi, ya’ni ob’ekt va 
sub’ektning muloqoti davom etayotgan payt, ko‘z o‘ngida suhbatlashish 
mavjud bo‘lganligi uchun u haqda to‘liq tasavvurga ega bo‘lishi 
mumkin. Bizningcha, har ikkala holatni ham bitta atama bilan qo‘llash 
qulayroqdir. 
To‘g‘ri, B.O‘rinboyev “so‘zlashuv nutqi” atamasini qo‘llashni 
behuda tanlamagan. Bu fikrni ham ko‘pgina olimlar ma’qul topishgan. 


25 
Haqiqatdan ham, “so‘zlashuv tili”, qayd etilganidek, inson tilning nutqiy 
shakl, og‘zaki ko‘rinishidir. Ammo, har bir nutq til bilan ifodalanadi, 
tilning og‘zaki shakli sanaladi, tilsiz nutqning bo‘lishi mumkin emas. Til 
barcha xildagi so‘zlashuv ko‘rinishlarini - xoh u og‘zaki bo‘lsin, xoh u 
yozma shaklda bo‘lsin –o‘zida mujassamlashtirgan asosiy manba 
sanaladi. Til va nutq bir-biriga bog‘liq hodisalardir. Ularni bir-biridan 
tamoman ajratib qarash asossizdir. Lekin ular bir xil hodisa emas. Til 
nutq uchun moddiy materialdir. Shu material asosida nutq tashkil topadi. 
Tildagi hamma narsa til jamoasi uchun umumiy bo‘ladi. Tilda ruhiy va 
moddiy material mavjud. Fonema, morfema, leksema (so‘z) kabilar 
kishi xotirasida mavjud bo‘lgan obrazlar, ruhiy material hisoblanadi. 
Nutq yaratilayotgan yaratilishi yoki yuzaga chiqishi uchun ma’lum 
tovush to‘plami (kompleksi)da namoyon bo‘ladigan ma’no ifodalashda 
qo‘llanadigan fonemalar, morfemalar, so‘z shakl, so‘z birikmalari va 
gaplar unga moddiy material sanaladi. Bu moddiy material hamisha til 
qobig‘ida, ongda saqlanadi. Bundan til bir tomondan moddiy hodisa 
bo‘lsa, ikkinchi tomondan ruhiy hodisadir, degan xulosa kelib chiqadi. 
Tilning ruhiy hodisaligini uning ongda saqlanishi ko‘rsatadi. Uning 
moddiyligini esa nutq jarayonida yuzaga keluvchi mavjud tovushlar 
belgilaydi. Biz xotiramizda saqlangan qoidalardan tezkorlik bilan 
foydalanib, biror fikrni yuzaga chiqarish uchun so‘zlar va grammatik 
ma’no tashuvchi morfemalardan so‘z shaklni va gaplarni hosil qilamiz. 
Masalan, miyamizda noxosdan biror bir hodisa yoki narsani bilish fikri 
tug‘ildi, deylik. Miyamizda yuzaga kelgan bu fikr savol tariqasida 
yuzaga chiqadi. Bu fikrni aytish jarayonida ongimizdagi alohida fonema, 
morfemalarni qabul qilib so‘z shaklga-leksemalarga aylanadi va gap 
tartibi shaklanadi. Til ruhiy hodisadan moddiy hodisaga aylanadi. Bu 
jarayon tugashi bilan tilga tegishli narsalar (materiallar) yana alohidalik 
holiga (alfavit tartibidagi tovushlarga) qaytadi va ongimizda so‘z boyligi 
tarkibini hosil qiluvchi til materiali tarzida saqlanaveradi.
Demak, ma’lum til jamoasidagi kishilar ongida tovush obrazlari 
sifatida saqlanadigan va hamma vaqt haqiqatga aylanishga tayyor turgan 
fonema, morfema, leksema (so‘z), gap va ular bilan bog‘liq bo‘lgan turli 
lisoniy qoidalar, gaplarning modellari tilga tegishlidir. Tilga oid narsalar 
chegaralangan miqdordadir. Ularning soni turli tillarda turlicha bo‘ladi. 


26 
Qaysi tilda til vositalari nisbatan ko‘p bo‘lsa, o‘sha til boy hisoblanadi. 
Jamoa hayotining butun sohalarini o‘zida qamragan til jamiyat 
taraqqiyoti bilan rivojlanib boradi. Jamiyat ehtiyojiga javob bermay 
qolgan til elementlari iste’moldan chiqa boradi, ular o‘rnida yangi ifoda 
vositalari paydo bo‘ladi. 
Tilda paydo bo‘lgan yangi narsalar dastlab ayrim jamoa shaxslari 
nutqida ko‘rinadi, so‘ng asta-sekinlik bilan butun jamoa ongiga singadi. 
Ana shundan keyin, uni hamma bir xil anglaydigan, talaffuz etadigan 
bo‘lgach, u umumtil ixtiyoriga o‘tadi. Bunday hodisalar avval 
so‘zlashuv tilida namoyon bo‘ladi. “So‘zlashuv tili” qadimdan mavjud 
bo‘lib, uning qadimiy shakl faqat tarixiy Yozma manbalarda va xalq 
og‘zaki ijodiyotidagina saqlanib qolgan. Hozirgi shakl mavjud 
nutqimizda “jonli so‘zlashuv tili” shaklda qo‘llanib kelinmoqda. Demak, 
“so‘zlashuv tili” tushunchasida umumiylik (qadimgi va hozirgi), “jonli 
so‘zlashuv”da esa faqat hozirgi, ko‘z o‘ngimizda mavjud bo‘layotgan 
tushuncha anglashiladi. 
So‘zlashuv tili xalq tilining barcha ko‘rinishlari kabi og‘zaki va 
yozma shaklarda qo‘llaniladi. Uning og‘zaki ko‘rinishi yozuvdan oldin 
ham qo‘llanilgan. Bu davrlarda u yozma shaklning vazifasini bajargan. 
Jumladan, xalq og‘zaki ijodiyotida, sheva va dialektlar (urug‘, qabila 
tillari)ning o‘zaro umumiy muomalasida keng qo‘llanilgan. Chunki, u 
sheva va dialektlardagi umumiy, ko‘p tomondan bir xilda shaklangan til 
xususiyatlarini o‘zida singdira borgan. Xuddi shu xususiyat yozuvdan 
so‘ng ham davom etgan. Shu sababli yozuv paydo bo‘lgan davrlarda 
so‘zlashuv tilining har ikkala shakldagi til xususiyatlari, deyarli 
farqlanmagan. Til taraqqiyotining ma’lum davrlariga kelib, adabiy til 
shakllanib, o‘z mavqeiga ega bo‘la borishi, ayniqsa, umumturkiy til va 
umumturkiy adabiy til davrlaridan boshlab, ular o‘rtasidagi farqlar 
ancha kuchaya borgan. Xalq tillari va ularning o‘ziga xos adabiy va 
milliy adabiy tillarining shaklanishi davrlarida esa so‘zlashuv tilining 
shakl o‘rtasidagi munosabat o‘zgardi. 
To‘g‘ri, ushbu ta’riflarda “ishlangan/ishlanmagan”, “silliqlashgan/ 
silliqlashmagan” shakldagi so‘zlar qo‘llanilgan. Ammo, so‘zlashuv 
tilidagi asosiy belgi hisoblangan, uning har ikki (og‘zaki va yozma) 
ko‘rinishida mavjud bo‘ladigan adabiy tilga xos va adabiy tilga xos 


27 
bo‘lmagan xususiyatlar to‘liq aks etmay qolgan. Agar bu ta’rifda bir 
tomondan yuqorida aytilganidek, so‘zlashuv nutqining adabiy tilga xos, 
ikkinchi tomondan esa dialektik xususiyatlari tilga olinganda masalaga 
to‘g‘ri yondoshilgan bo‘lur edi.
Shuni aytish lozimki, muallif o‘z kitobining keyingi sahifasida 
“so‘zlashuv nutqi” yozma nutq bilan dialekt o‘rtasidagi oraliq
formadir. Chunki, so‘zlashuv nutqida yozma nutqqa va dialektga xos 
hodisalarni uchratamiz, degan to‘g‘ri xulosani keltirgan [B.O‘rinboyev, 
1974: 12-13]. 
“Til” umumiylikka, “nutq” esa xususiylikka ega. Boshqacha 
aytganda, “til” birliklari umumiylik va mohiyatni invariantlarda, 
nisbatan o‘zgarmas barqarorlikda, nutq birliklari esa variantlarda, 
xususiy ko‘rinishlarda aks etadi. Til imkoniyat bo‘lib, nutq shu 
imkoniyatning ma’lum darajada yuzaga chiqarilishidir. 
Aytilganlardan quyidagicha xulosaga kelishi mumkin bo‘ladi.
Birinchidan, “so‘zlashuv tili” tushunchasi, qayd etilganidek, tilning 
so‘zlashuv bilan bog‘liq barcha ko‘rinishlarini ifodalaydi, o‘zida 
mujassamlashtira oladi, umumxalq tilining quyi va yuqori bosqichlari 
o‘rtasidagi til ko‘rinishi sanaladi.
Ikkinchidan, shunga ko‘ra, so‘zlashuv tilida adabiy tilga xos barcha 
(ishlangan, silliqlangan, normalashgan) xususiyatlar bilan birga 
dialektlar va boshqa (adabiy tilga xos bo‘lmagan) uslubiy ko‘rinishlar 
ham mavjuddir.
Uchinchidan, so‘zlashuv tili yozma va og‘zaki shaklarga ega bo‘lib, 
yozma shaklda og‘zakiga qaraganda adabiy tilga xos xususiyatlar ustun 
turadi. Og‘zaki shakl yozuvdan oldin ham mavjud bo‘lib, tilning turli 
(adabiy tilga xos bo‘lmagan) uslubiy, dialektal, individual qatlamlaridan 
foydalanishda keng imkoniyat yaratadi hamda qo‘llanishida ancha 
qulaydir.
To‘rtinchidan, so‘zlashuv tili adabiy til va milliy adabiy tillarning 
rivojlanishi, shakllanishda muhim rol o‘ynagan til shaklidir. Chunki, 
adabiy til ham, milliy til ham umumxalq tilining quyi tarmoqlari (dialekt 
va shevalar, xalq ijodiyoti hamda so‘zlashuv tili) bilan bog‘liq holda 
ularning davrlar osha qo‘llanib kelinayotgan turli an’anaviy uslubiy 
ko‘rinishlari, materiallari asosida shakllanadi. Tildagi barcha 


28 
xususiyatlar xuddi shu so‘zlashuv tilida mavjud bo‘lib, u o‘zining 
hozirjavobligi bilan adabiy tilning bu ikki yuqori shaklga tez ta’sir etadi, 
ularning taraqqiyotida muhim omillarni yaratadi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə