Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/66
tarix01.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#114865
növüУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
98d06c14c803445c5b1b41a6fab3c556 Tilshunoslik nazariyasi

 
Mas’ul muharrir:
Jo‘liboy Eltazarov 

 
Samarqand davlat universiteti professori, filologiya 
fanlari doktori.
 
Taqrizchilar:
Ne‘mat Turniyozov
-
Samarqand davlat chet tillar instituti professori, 
filologiya fanlari doktori. 
Azamat Pardayev - 
Samarqand davlat universiteti professori, filologiya 
fanlari doktori. 
ISBN – 978-9943-6178-4-1 
Ushbu o‘quv qo‘llanma Samarqand davlat universiteti Ilmiy-uslubiy 
kengashining 2019 yil 28 oktabrdagi 3-sonli yig‘ilishi bayonnomasi qarori asosida 
nashrga tavsiya etildi. 
© 
U. Sanaqulov, A. Turobov.



SO‘ZBOSHI 
Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining o‘zbek tili va 
adabiyoti va chet tillar fakulteti talabalari uchun “Tilshunoslik nazariyasi” 
kursi dasturi asosida yaratildi. O‘quv qo‘llanmada tilshunoslik 
nazariyasiga oid boshlang‘ich masalalar yoritildi.
So‘nggi yillarda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari filologiya 
yo‘nalishida umumiy tilshunoslikni o‘qish-o‘rganish, o‘qitish ishlari 
qizg‘in tus oldi. 
O‘quv qo‘llanmadagi materiallarni yozish mualliflar o‘rtasida 
quyidagicha 
taqsimlandi: 
filologiya 
fanlari 
doktori, 
professor 
U.Sanaqulov tomonidan “Tillarning shakllanishi va taraqqiy qilishi”, 
“Dunyo tillari va ularning tasnifi”, mavzulari, filologiya fanlari 
nomzodi, dotsent A.M.Turobov tomonidan esa “Tilshunoslik nazariyasi 
fanining maqsadi, vazifalari”, “Tilning ijtimoiy tabiati”, “Til va tafakkur”, 
“Til – tafakkur – nutq munosabati”, “Til – ramzlar tizimi” mavzulari 
yoritildi. 
Tilshunoslik tarixi tilning jamiyatdagi o‘rni, tilning paydo bo‘lishi 
va taraqqiyoti haqidagi turli xil qarashlarni, nazariyalarni tekshiradi. 
Tilshunoslik nazariyalari ko‘proq umumiy tilshunoslikka asoslangani 
uchun ayrim bir til haqidagi nazariyalar haqida to‘xtalmasdan, balki 
umumiy tilshunoslik hajmidagi nazariyalarni o‘rganadi. 
Talabalarning tilshunoslik nazariyasini o‘zlashtirishi oson bo‘lishi 
uchun ayrim o‘rinlarda tilshunoslik nazariyasini jahon tillari grammatik 
tipologiyasiga solishtirishga harakat qilindi. 
Jahon tillarining fonetik, morfologik, sintaktik tizimidagi ayrim 
grammatik hodisalar barcha tilda ham mavjud. Lekin bu hodisalar 
ifodalanishi, ma’nosi va boshqa xususiyatlari bilan o‘ziga xos jihatlarga 
ega. 
Shuningdek, grammatik kategoriya sifatida mavjud holatlarni 
yoritishga va bu o‘ziga xoslikning sababini ochishga ham alohida e’tibor 
qaratildi. O‘quv qo‘llanmada tilshunoslik nazariyasi fanining maqsadi
vazifalari, tilning ijtimoiy tabiati, til va tafakkur, til – tafakkur – nutq 
munosabati, til – ramzlar tizimi, tillarning shakllanishi va taraqqiy 



qilishi, dunyo tillari va ularning tasnifi
va boshqa muammolarga ham 
o‘rin ajratildi.
Mazkur o‘quv qo‘llanma turli yillar davomida 1-kurslarida o‘qilgan 
ma’ruzalar, kuzatilgan, o‘rganilgan, qo‘llanilgan tajribalardan kelib chiqib 
yaratildi. 
O‘quv qo‘llanmada har bir mavzuga tegishli bo‘lgan adabiyotlar 
muallifi, chop etilgan sana va beti matn ichida qavsga olib berildi. 
Negaki, qiziqqan o‘quvchi manbaga murojaat qilib, bu boradagi bilimini 
yanada kengaytirish imkoni bo‘ladi. 
O‘quv qo‘llanmada materiallar o‘ziga xos tarzda uzviy bog‘liqlikda 
va ketma-ketlikda berildi. O‘quv qo‘llanmadagi test savollari 
talabalarning mustaqil bilimini oshirishga va mustahkamlashga yordam 
beradi. Har bir mavzuga oid rejalar tuzildi, tayanch so‘z va iboralar 
belgilandi hamda nazariy masalalar ana shu rejalar asosida, tayanach 
so‘z va iboralar negizida yoritildi. Har bir mavzudan keyin talabalarning 
o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun nazorat savollari, fanning 
namunaviy o‘quv dasturi talablariga asoslangan holda mustaqil ish 
mavzulari va ularga doir savol hamda topshiriqlar, ularni bajarish 
yuzasidan tavsiyalar beridi. Shuningdek, o‘quv qo‘llanmadagi test 
savollari talabalarning mustaqil bilimini oshirishiga va mustahkamlashga 
yordam beradi. Tayanch so‘z va atamalarning o‘zbek, rus va ingliz tilidagi 
nomlanishi berildi. Bu o‘quvchilarni jahon tilshunosligidagi terminlarning 
nomlanishidan boxabar qiladi. 
O‘quv qo‘llanmani nazariy va amaliy jihatdan takomillashtirish, 
mukammallashtirishga 
oid 
fikr 
va 
mulohazalarni 
mualliflar 
minnatdorchilik bilan qabul qiladi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə