Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»


Ferdinand de Sossyurning lingvistik qarashlari



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/66
tarix01.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#114865
növüУчебное пособие
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66
98d06c14c803445c5b1b41a6fab3c556 Tilshunoslik nazariyasi

Ferdinand de Sossyurning lingvistik qarashlari: 
Nazariyotchi olim Ferdinand de Sossyur (1857-1913)
ning ilmiy 
g‘oyasi tilning murakkab ziddiyatlarga boy, ko‘p tomonlama hodisa 
ekanligiga asoslangan.


14 
F. de Sossyur tilshunoslikning o‘rganish ob’ekti nutqiy faoliyat bo‘lishi 
kerak deydi. Nima uchun tilshunoslik tilni emas nutqiy faoliyatni o‘rganishi 
kerak. Shu bilan birga F. de Sossyur birinchi bor, nutqiy faoliyat til va 
nutqdan tashkil topgan butunlik ekanligini isbotlab berdi. Shunday ekan 
demak, tilshunoslik til va nutqni o‘rganishi lozim. F. de Sossyur til va 
nutqni mutloq farqladi, boshqa – boshqa hodisalar ekanligini ta’kidladi. 
F. de Sossyur “Til” nima degan savolga javob berar ekan, u “til” 
tushunchasiga “nutqiy faoliyat” tushunchasi teng kelmasligi, “til” “nutqiy 
faoliyat”ning bir qismi, lekin eng muhim qismi ekanligini, u sotsial 
mahsulot ekanligini, u yoki bu til egalarining har biri xotirasida mavjud 
bo‘lgan nutqiy faoliyatga kirishish imkoniyati ekanligini ta’kidlaydi [F. 
de.Sossyur, 1977: 47]. 
Tilshunoslik fanining chegarasini, predmetini aniqroq ta’riflash 
maqsadida F. de Sossyur til bilan nutqni ajratib, bir-biriga qarama-qarshi 
qo‘ydi. Uning fikricha, til nutq faoliyatining faqat bir tomonini tashkil etadi. 
Til bilan nutqning asosiy farqi – til ijtimoiy, nutq esa individual hodisadir. 
Bu fikr ham nisbiy bo‘lib, bir tomonlama olib qaralganda to‘g‘ri. Aslida til 
ham, nutq ham ijtimoiy ham individual hodisalardir. Til bilan nutqning 
o‘zaro munosabatini F.de Sossyur quyidagi sxemada ko‘rsatadi:
Nutq faoliyati
(langage)
}
Tilshunoslik nutq faoliyatini o‘rganishi zarur. Chunki, til va nutq nutqiy 
faoliyatning mahsuli. F.de Sossyur til lingvistikasi va nutq lingvistikasi deb 
ikkiga bo‘ldi. Til lingvistikasini o‘rganishni birinchi darajali, nutq 
lingvistikasini o‘rganishni ikkinchi darajali vazifa qilib qo‘ydi. Bu jadvalda 
ijtimoiy tabiati jihatidan qaralganda til madaniy-tarixiy va ijtimoiy 
hodisadir. I.Qo‘chqortoyev “F.de Sossyurning lingvistik konsepsiyasi” 
kitobida: “Tildan foydalanuvchi individni birinchi galda tilning hozirgi 
holati (sinxronik xolati), tilda hozir mavjud bo‘lgan vositalar sistemasi 
qiziqtiradi. Shu ma’noda tilning faqat sinxronik holati sistema hisoblanadi. 
Bu nuqtai nazar tilshunoslik fani uchun qanchalik muhim bo‘lmasin, u 
tilning mohiyatini to‘liq ochib bera olmaydi. Til ifoda ehtiyojlariga 
Til (langue)
}
Nutq (parole)
Sinxronik
Diaxronik 


15 
moslashib boruvchi qurol. Tilning ifoda talablariga moslashuvi nutq 
jarayonida to‘xtovsiz amalga oshib boradi”, -deb yozadi [I.Qo‘chqortoyev, 
1976: 30-31]. F.de Sossyurning yuqorida keltirilgan jadvalida sinxroniya va 
diaxroniya til tegishli bo‘lgan hodisalardir. Bizning nazarimizda, tilning 
diaxronik holati ham sistemani taqozo etadi. Umuman til sof belgilar 
sistemasidir. Shuning uchun Ferdinand de Sossyur “Til tafakkurni ifoda 
qiluvchi belgilar yig‘indisidan iboratdir”, – degan fikrni aytgan edi. 
Til – ma’lum bir ijtimoiy jamoaga tegishli kishilarning nutqiy 
faoliyati orqali to‘plangan xazinadir. Bu har bir til egasi ongida virtual 
mavjud bo‘lgan grammatik sistema, to‘g‘rirog‘i, u individlar yig‘indisi 
ongida yashaydi. Chunki til hech bir alohida individda to‘liq mavjud 
emas, u to‘liq holda faqat jamoada mavjud bo‘ladi [F. de.Sossyur, 1977: 
52]. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə