Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»


-§. Vilgelm fon Gumboldt va Ferdinand de Sossyurlarning til va



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/66
tarix01.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#114865
növüУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66
98d06c14c803445c5b1b41a6fab3c556 Tilshunoslik nazariyasi

4-§. Vilgelm fon Gumboldt va Ferdinand de Sossyurlarning til va 
tilshunoslik fanining o‘rganish sohasidagi fikrlari. 
Ko‘pchilik olimlarning e’tirofiga ko‘ra, umumiy tilshunoslikning 
asoschisi nemis olimi Vilgelm fon Gumboldt (1767-1835) hisoblanadi. 
U shu asosda tilshunoslik fanining asosiy masalalarini belgilab berishga 
intildi. V.Gumboldt ta’rificha, til murakkab, bir-biriga qarama-qarshi 
bo‘lgan sifat va xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan hodisadir, 
shuning uchun ham tilni ilmiy o‘rganishda, uning haqiqiy mohiyatini 
tushunishda antinomiya (qarama-qarshilik) metodini qo‘llash maqsadga 
muvofiqdir.
V.Gumboldt bask, malay-polinez tillari va Amerika hindularining 
tillari bo‘yicha boy bilimga ega bo‘lgan. Bu unga bilim doirasini 
favqulodda kengaytirishga, o‘z kuzatishlaridan ko‘pincha asosli va aniq 
xulosalar chiqarishga imkon beradi. Uning falsafiy-lingvistik qarashlari 
zamondoshlariga va o‘zidan keyingi tilshunoslarga juda katta ta’sir 
ko‘rsatadi. 
“Masalan, Bopp uni hurmat bilan tilga oladi, G.Shteyntal, 
G.Kursius, A.Bleyxer, K.Fossler, A.A.Potebnya, hatto mustaqil 
tilshunos hisoblagan I.A.Boduen de Kurteneday olim ham o‘zlarini 
Gumboldtning shogirdi degan edilar” [S.Usmonov, 1972: 62]. 
Bunda o‘zining tadqiqot dasturini bayon qiladi va qiyosiy 
metodning asosiy qoidalarini belgilab beradi. 
V.Gumboldtning ayrim falsafiy-lingvistik qarashlari: 
1.Gegel “Ruh falsafasi” (1817) asarida til alohida fan yaratish 
kerak, degan fikrni nazariy jihatdan asoslab bergan bo‘lsa, V.Gumboldt 


12 
esa 1820 yilgi ma’ruzasida til haqida mustaqil fan yaratish zarurligi 
g‘oyasini asoslab bergan. 
2.Til hodisalarining o‘zaro uzviy bog‘liq ekanligini asoslab bergan. 
“Tilda,-deydi V.Gumboldt, - hech qanday ayrim hodisa yo‘q. Tilning 
har bir alohida-alohida unsuri (elementi) o‘zini bir butunning tarkibiy 
qismi sifatida namoyon qiladi”. 
3.Tilning tovush tomoniga yuqori baho beradi: “Tilning tovushlari 
ifoda vositasidir, til uni tafakkur uchun yaratgan”. 
4.Til bilan tafakkurning o‘zaro uzviy bog‘liq ekanligini ta’kidladi. 
5.Til faqat jamiyatdagina mavjud va u faqat jamiyatdagina uzliksiz 
rivojlanib turuvchi faoliyat ekanligini bayon qiladi. 
6.Til bilan nutqni farqlaydi, tilning umumxalq xususiyatiga ega 
ekanligini ta’kidlaydi. 
7.Fridrix Shlegel kabi flektiv tillarni agglyutinativ tillardan yuqori 
qo‘yadi. Ammo bu to‘g‘ri emas. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə