Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/66
tarix01.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#114865
növüУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
98d06c14c803445c5b1b41a6fab3c556 Tilshunoslik nazariyasi

 
 



TILSHUNOSLIK NAZARIYASI FANINING MAQSADI, 
VAZIFALARI 
 
1-§. Tilshunoslik mustaqil fan sifatida.
Tilshunoslik nazariyasi 
fani tilshunoslikning ilmiy-nazariy tomonlarini o‘rganadigan fandir. 
Tilshunoslik nazariyasi fanida tilning paydo bo‘lishidan boshlab, 
tillarning tasnifi, uni tahlil qilish usullari hamda til va tafakkur, til va 
jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar, tilning ichki tuzilishi, tilning 
ijtimoiyligi kabi masalalargacha o‘rganiladi. Uzoq yillar davomida 
tilshunoslik fani boshqa bir qancha fanlar qurshovida o‘rganilib kelindi. 
Birinchi bor F.de Sossyur o‘z ta’limotlarida tilni boshqa fanlar emas, 
o‘zining o‘rganadigan alohida fani bo‘lishi kerak, bu fanning nomi 
tilshunoslik deb nomlanishi lozim degan g‘oyani ko‘tarib chiqdi. Bu 
nazariya tilshunoslikning mustaqil fan sifatida shakllanishiga turtki 
bo‘ldi. 
Haqiqatdan ham, til kishilik jamiyati mahsuli bo‘lib, jamiyatda 
kishilarning aloqa qilishiga xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir. Til ayrim 
shaxslardagina emas, balki jamiyat uchun xizmat qilishida namoyon 
bo‘ladi. U insoniyatning tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan barcha 
madaniy-ma’naviy va ilmiy boyliklarini ifodalaydigan, uni avloddan 
avlodga meros qoldiradigan asosiy vositadir.
F.de Sossyur umumiy tilshunoslik to‘g‘risidagi o‘z mulohazalarini 
bu fanning ob’ektini chegaralashga urinishdan boshlaydi. Uning 
yozishicha, tilshunoslik ob’ektini chegaralashda tadqiqotchining 
pozitsiyasi, ilmiy nuqtai nazari g‘oyat katta ahamiyat kasb etadi. Ko‘p 
tilshunoslar tilni biror hodisa (tafakkur, milliy ruh va hakazo)ning 
funksiyasi deb tushunadi va tilni shu hodisaga bog‘lab o‘rganadi. F.de 
Sossyurning fikricha, bu – noto‘g‘ri. Til o‘z qurilishiga ega bo‘lgan 
tamomila mustaqil hodisadir [I.Qo‘chqortoyev, 1976: 5].
Biz bu fikrlarga to‘liq qo‘shilgan holda, tilni boshqa fanlardan 
ajratgan holda o‘z nazariy asoslariga tayanib o‘rganishning tarafdorimiz. 
Til nazariyasi fani bu borada, ko‘plab muammolarni hal qilib berishi 
lozim. 
Tilning tabiati, mohiyati, kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasi
tuzilishi va bu strukturani tashkil etgan unsurlarining o‘zaro munosabati, 



uning ichki mexanizmi, ishlash tamoyillari kabi muhim masalalarni ilmiy 
o‘rganishni har taraflama tadqiq etishni talab etadi.
Tilshunoslik – tilning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishini, 
tillarning ish ko‘rish (faoliyat) qonunlari va tarixiy taraqqiyotini 
o‘rganuvchi fan. Demak, tilshunoslik inson tilini o‘rganadigan mustaqil 
fandir [N.Uluqov, 2016: 6]. 
Tilshunoslik yoki lingvistika (lotin tilida 
lingua 
- til) til nazariyasini 
o‘rganish bilan shug‘ullanadigan fan bo‘lib, u “Tilshunoslikka kirish” va 
“Umumiy tilshunoslik”, “Tilshunoslik tarixi” kabi nomlar bilan ataladigan 
mustaqil qismlardan tashkil topgan.
Tilshunoslik fanining pridmeti, o‘rganish manbai o‘z ichki 
qonuniyatlariga ega bo‘lgan murakkab tizim – tildir. Tilning o‘ziga xos 
xususiyatlarini, taraqqiyot qonuniyatlarini o‘rganish mazkur ijtimoiy 
hodisaga har tomonlama to‘liq ta’rif berish imkonini yaratadi. Til 
umumiy qonuniyatga bo‘ysunuvchi o‘ziga xos ramzlar tizimi bo‘lib, 
kishilik jamiyatidagi aloqa - munosabatning eng muhim quroli, fikr 
ifodasi hamda fikr yuritish asosi, voqelikni avloddan avlodga 
yetkazuvchi, insoniy kechinmalarni, his–tuyg‘ularni ifoda etuvchi 
vositadir. Tilshunoslik tarixida tilga turlicha yondashuvlarni kuzatish 
mumkin [Z.Xolmonova, 2007: 5]. Darahaqiqat, til bugungi holga 
kelguncha turlicha yondashuvlar qamrovida o‘rganildi. Tilga berilgan 
yagona ta’rifning yo‘qligi ham shundan dalolat beradi. Yagona ta’rif 
kerak ham emas, harxolda to‘liq ta’rif berish va tilshunoslikka mustaqil 
fan sifatida qarashimiz juda muhim. 
“Tilshunoslikka kirish” umumiy tilshunoslikning ajralmas qismi
sifatida til haqidagi dastlabki ma’lumotlarni, tilshunoslik fanining asosiy 
tarkibiy qismlarini, tilshunoslikda qo‘llanadigan ilmiy atamalarni va 
xususiy tilshunoslikda o‘rganiladigan masalalarni, masalan, ingliz tilining 
grammatikasi (morfologiya va sintaksis), fonetikasi, leksikologiyasiga xos 
masalalarni o‘rganish uchun nazariy asos yaratishga imkon beradi. 
Shuningdek, tilshunoslik tarixi sohasida mavjud bo‘lgan ilmiy 
dunyoqarashlarning, turli ilmiy maktablarning shakllanishi va rivojlanishi, 
umuman olganda, til taraqqiyotining dinamikasi o‘rganiladi.



“Umumiy tilshunoslik” til ilmiga xos bo‘lgan umumiy masalalarni 
o‘rganadigan mustaqil fan bo‘lib, u quyidagi nazariy muammolar talqini 
bilan shug‘ullanadi: 
1.Tilshunoslikning predmetini, ya’ni o‘rganish sohasini va 
vazifasini belgilash muammosi. 
2.Tilning paydo bo‘lishi va taraqqiyot qonunlari muammosi. 
3.Til strukturasi, ya’ni tilning ichki tuzilishi muammosi. 
4.Tilning o‘ziga xos sistema-tizim ekanligi muammosi. 
5.Tilning belgilik muammosi. 
6.Til va tarix muammosi. 
7.Til va jamiyat muammosi. 
8.Tilning tabiati va ijtimoiy mohiyati muammosi. 
9.Til va tafakkur muammosi. 
10.Til va nutq muammosi. 
11.Til tipologiyasi va universallik muammosi. 
12.Tillarning tasnifi muammosi. 
13.Tilni tadqiq qilish metodlari muammosi va boshqa muammolar. 
Umumiy tilshunoslik xususiy tilshunoslikda erishilgan nazariy 
bilimlarni umumlashtirib, ayrim konkret tillarni ilmiy o‘rganish 
metodologiyasini va ilmiy metodlarini belgilab beradi.
“Umumiy tilshunoslik” fani, dastavval, talabalarni nazariy jihatdan 
tayyorlash uchun, ularni shu yo‘nalishda puxta, “hushyor” qilish uchun 
zarur. Nazariy masalalar bilan mukammal qurollangan talablargina tom 
ma’nodagi filolog – tilshunos sifatida shakllanadi [R.Rasulov, 2017: 8]. 
Ma’lumki, jamiyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida sodir bo‘lgan voqea-
hodisalar tilda aks etmay qolmaydi. 

V.Gumboldtning tilshunoslik 
oldidagi yana bir xizmati shundaki, u jahon tilshunosligida 
birinchilardan bo‘lib tilning sistemaviy tabiatga ega ekanligini asoslab 
berdi. U “Tillarni turli rivojlanish davriga ko‘ra qiyoslab o‘rganish” 
asarida har qanday tilni ichki aloqalari va munosabatlarini e’tiborga 
olgan holda o‘rganish tilshunoslik oldida turgan eng muhim vazifa 
ekanini bayon qiladi. V.Gumboldt fikricha, tilda hech qanday alohidalik 
yo‘q, uning har bir alohida elementi butunning bir qismini namoyon 
qiladi. U tilni har bir tolasi boshqasi bilan zanjir bo‘lib choklangan ulkan 
to‘qimaga o‘xshatadi. Tildan foydalanayotgan har bir individ bu ulkan 
to‘qimaning faqat bir qismi bilan ish ko‘rsa ham, lekin bu qism 



boshqalari 
bilan 
muqarrar 
aloqa 
hamda 
ichki 
munosabatlar 
garmoniyasidan iborat bo‘lgangi uchun butun bir to‘qima o‘laroq 
namoyon bo‘ladi. 
V.Gumboldt tilning sistemaviy tabiatga egaligini e’tirof etish bilan 
birga, uning belgilar sistemasi ekanini ham bayon qiladi.” 
[A.Nurmonov, 2012: 28].
Shu bois til haqidagi bilim ham o‘ziga xos tarixga ega.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə