1. O'zbek tilining imlo qoidalari va soha egalarining savodxonligi. O‘zbek tilining yangi imlo qoidalari. Unli va undoshlar imlosi To`g`ri ko`chirish qoidalari. Yozuvdagi tinish belgilarining qo`llanilish o`rni va bajaradigan vazifasi



Yüklə 143,31 Kb.
səhifə1/10
tarix24.12.2023
ölçüsü143,31 Kb.
#159789
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O`zbek tili


REJA:
1. O'zbek tilining imlo qoidalari va soha egalarining savodxonligi.
2. O‘zbek tilining yangi imlo qoidalari.Unli va undoshlar imlosi
3. To`g`ri ko`chirish qoidalari.Yozuvdagi tinish belgilarining qo`llanilish o`rni va bajaradigan vazifasi.

KIRISH
O‘zbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda faol qo‘llanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga e’tibor va uni o‘rganishga qiziqish kuchaymoqda.
Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini ta’minlash, bu borada avvalo o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir.
Turkiy tillarning katta oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tilining tarixi xalqimizning ko‘p asrlik kechmishi, uning orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari va g‘alabalari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Til – millаtning аsоsiy bеlgilаridаn, dаvlаt mustаqilligining аsоsiy rаmzlаridаn
biri. O‘zbеk tili dunyoning eng qаdimiy vа bоy tillаridаn biri hisоblаnаdi. Bu tilning kеng imkоniyatlаri qаdimgi tоshbitiklаrdа, Mаhmud Qоshg‘аriyning “Dеvоnu lug‘аtit-turk”, Аhmаd Yugnаkiyning “Hibаtul hаqоyiq”, Yusuf Xоs Hоjibning “Qutаdg‘u bilig” аsаrlаri, Аhmаd Yassаviy hikmаtlаri, Аlishеr Nаvоiyning “Xаzоyin ul-mаоniy”, “Xаmsа”, Bоburning “Bоburnоmа” аsаrlаridа, Bоbоrаhim Mаshrаb, Оgаhiy, Uvаysiy, Nоdirа kаbi mumtоz shоirlаrimiz vа XX аsrdаgi аdiblаrimiz ijоdidа jilоlаnib turibdi.


Davlat tili — muayyan mamlakatda qonun chiqarish, ijroiya va sud hokimiyatlarida ish yuritish uchun rasmiy belgilangan til.
1989 yil 21 oktyabr «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilinib, o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida’gi Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo’linmasi hisoblangan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil qilindi.
1-modda.
O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
2-modda.
O‘zbek tili o‘zbek xalqining ma’naviy mulkidir.O‘zbekiston Respublikasi davlat tilining ravnaqi, qo‘llanishi va muhofazasini har tomonlama ta’minlashga oid barcha masalalar O‘zbekiston Respublikasining huquqi doirasiga kiradi.
4-modda.
O‘zbekiston Respublikasida davlat tilini o‘rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo‘lish ta’minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi.
O‘zbekistonimiz “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga ko‘tarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzi tobora oshib bormoqda.



Yüklə 143,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə