ǀ issue 4 ǀ 2022 issn: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor



Yüklə 459,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü459,11 Kb.
#153271
  1   2   3   4   5
o-zbek-tilshunosligida-o-zlashma-so-zlarning-roli-va-ahamiyati



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 
ǀ
ISSUE 4 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 530
O’ZBEK TILSHUNOSLIGIDA O’ZLASHMA SO’ZLARNING ROLI VA 
AHAMIYATI 
 
Zahroxon Latibjon qizi Nosirova 
ADU magistranti 
 
ANNOTATSIYA 
Hozirgi o’zbek tili tarixan murakkab rivojlanish va shakllanish bosqichlarini 
boshidan kechirgan. O’zbek tili urug’ va qabila tili, xalq tili, milliy til va ijtimoiy millat 
tili davrlarida bir qator qardosh tillar, shuningdek, chet tillar bilan aloqada bo’lgan. 
Kalit so‘zlar: 
til, tarix, sheva, qardosh tillar, taraqqiyot, lug’at, ichki manba, turkiy 
til 
 
O’zbek tili o’zining ko’p asrlik tarixiy taraqqiyoti davomida lug’at tarkibini o’z 
ichki manbalari hisobiga boyitib, takomillashtirib keldi. Bunday qonuniyatga ko’ra, o’z 
qatlam negizlari asosida yangi so’zlar yasaldi, mavjud so’z ma’nolari kengaytirildi
ba’zi so’zlarga qo’shimcha vazifalar yuklandi, adabiy tilga xalq shevalarida turli 
davrlarda, ehtiyojga ko’ra, so’zlar qabul qilindi.
O’zbek tili lug’at tarkibining boyishida ichki manba imkoniyatlari muhim asos 
hisoblanadi. Shunga qaramasdan, dunyodagi hech bir til o’z ichki manbalarigagina 
tayanib ish ko’rmaganidek, o’zbek tili uchun ham faqat o’z so’zlari, o’z qatlam boyligi 
va imkoniyatlarigina kifoya qilmaydi. O’zbek tili lug’at tarkibining boyish va 
takomillashuvida tashqi manba muhim rol o’ynaydi. Umuman har qanday til sof holda 
yashay olmaydi.Turli tillarning turli tarixiy sharoitlarda o’zaro ma’lum munosabatda 
bo’lishi qonuniy holdir. Bunday munosabat aloqada bo’lgan tillar rivojida ayniqsa uning 
lug’at tarkibida ma’lum izlarni qoldirishi mumkin. Shu sababli ham dunyodagi barcha 
tillar lug’at tarkibidagi, jumladan o’zbek tilining lug’at tarkibdagi o’zgarishlar uchun 
umumiy bo’lgan ikki qonuniyat kuzatiladi:
1)
eskini yangi bilan almashtirish; 
2)
boshqa tillardan so’z qabul qilish. 
Demak, o’zbek tilining lug’at tarkibi o’z taraqqiyotida ikki manbaga tayaqnadi: 
a)ichki manba; b) tashqi manba. 
Demak, o’zbek tili leksik tarkibidagi so’zlar genetik jihatdan faqatgina qadimiy 
turkiy qabila tillari leksikasiga (umumturkiy so’zlarga) borib taqalmaydi. Unda o’z 
qatlam so’zlaridan tashqari boshqa tillardan turli davrlarda qabul qilingan so’zlar ham 
mavjud.
O’zbek tiliga boshqa tillar ta’siri ikki muhim hodisada ko’rinadi:


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 

Yüklə 459,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə