ǀ issue 4 ǀ 2022 issn: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor



Yüklə 459,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix19.12.2023
ölçüsü459,11 Kb.
#153271
1   2   3   4   5
o-zbek-tilshunosligida-o-zlashma-so-zlarning-roli-va-ahamiyati

ǀ
ISSUE 4 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 531
1.
O’zbek tiliga chet tildan kirgan so’zlarni qabul qilishda. 
2.
Chet tilga oid so’zlarni o’zbek tiliga moslashtirishda. 
So’zlarning bir tildan boshqa bir tilga kirishi va singishi, shunchaki oddiy 
jarayon emas, balki murakkab lingvistik va ijtimoiy-tarixiy sharoitlar bilan bog’liq 
qonuniyatdir. Tildan tilga so’z o’zlashishi uchun avvalo real sharoit lozim. Bunday 
sharoit tillarning o’zaro hamkorligi, ya’ni tillar orasidagi aloqalardir.
Hozirgi o’zbek tili tarixan murakkab rivojlanish va shakllanish bosqichlarini 
boshidan kechirgan. O’zbek tili urug’ va qabila tili, xalq tili, milliy til va ijtimoiy millat 
tili davrlarida bir qator qardosh tillar, shuningdek, chet tillar bilan aloqada bo’lgan. 
Turkiy urug’ va qabilalar tili juda qadimiy davrlardaq O’rta Osiyoda azaldan 
yashab kelgan eroniy tillar bilan aloqada bo’lgan. O’rta Osiyoda, jumladan hozirgi 
O’zbekiston hududida yashagan xalq eroniy tillar guruhiga kiruvchi mahalliy til 
lahjalarida gaplashgan. Bu eroniy urug’ – qabilalar, xalqlar – so’g’dlar, saklar, 
massagetlar, baqtriyaliklar, parfiyanlar, parikaniylar, xorazmiylar va boshqalarning tili 
bo’lgan. Shuningdek qadimgi Baqtriya podsholigida grek tilida, shuningdek, grek va 
eroniy tillar qorishmasidan iborat bo’lgan tildan ham foydalanishgan.
O’rta Osiyo, jumladan hozirgi O’zbekiston hududida eroniy til xarakteriga ega 
bo’lgan qadimiy xorazm tili ham mavjud edi. Bu til bilan o’sha davr mahalliy turkiy 
tillar orasida ma’lum aloqa bo’lgan. Tarixiy manbalarda VII-VIII asrlarda va undan 
oldin xorazm yozuvi keng tarqalganligini ko’rsatuvchi dalillar mavjud. XIII-XIV 
asrlarda Xorazm aholisi ikki tilda – turkiy va qadimiy xorazm tilida gaplashgani 
ma’lum. Qadimgi xorazm tili XIV asrlarga kelib o’zbek tiliga singishib ketdi. Natijada 
bu tilga oid ba’zi so’zlar hozirgi o’zbek tilida saqlanib qolgan: xo’p (xo’b), bog’, 
pochcha (pichchomi-dadam), osmon (osm), juft (er), ariq (ar-suv) va boshqalar. 
O’zbek tili o’tmishda bir qator qardosh bo’lmagan tillar boshqa sistemadagi 
tillar bilan ham aloqada bo’lgan. Bunday tillar fors-tojik va arab tillaridir. Shuningdek, 
o’zbek tili o’z rivojining milliy til va ijtimoiy millat tili davriga kelib rus tili bilan aloqa 
va hamkorlikka kirishdi va bu jarayon davom etmoqda.
O’zbek tilining chet tillar bilan aloqasi turli daraja va sifatiy ko’rinishlarga ega. 
O’zbek tili aloqada bo’lgan ba’zi tillar o’zbek tili leksikasida sezilarli iz qoldirmagan. 
Jumladan, hind, qadimgi grek tillaridan o’zbek tiliga sanoqli so’zlargina kirgan. 
Masalan: 

Yüklə 459,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə