ǀ issue 4 ǀ 2022 issn: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor



Yüklə 459,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix19.12.2023
ölçüsü459,11 Kb.
#153271
1   2   3   4   5
o-zbek-tilshunosligida-o-zlashma-so-zlarning-roli-va-ahamiyati

ǀ
ISSUE 4 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 533
Qariyb 300 yildirki, tillarning o’zaro ta’siri qonuniyatlarini aniqlash, chet 
so’zlarning o’zlashish sabablari va xususiyatlarini o’rganish, ularning o’zlashgan 
tillardagi roli va vazifalarini belgilash kabi bir qator masalalar dunyo tilshunoslari 
tomonidan o’rganib kelinmoqda.
Dunyodagi rivojlangan tillarning deyarli hammasida ozmi-ko’pmi o’zlashgan 
so’zlar, iboralar uchrashi, hatto ayrim tillarning aralashib ketganlik xususiyatlari avvalo 
tilshunoslarning, qolaversa, tilga e’tibori bo’lgan har bir kishining ham diqqatini o’ziga 
jalb qiladi. Ayniqsa, chet so’zlarning qabul qiluvchi til qonuniyatlariga tezda 
bo’ysunishi, yotligi bilinmay huddi ona tilinikiday moslashib ketaverishi kabi obyektiv 
omillar so’z o’zlashuvi masalasini tilshunoslikning eng dolzarb muammolaridan biriga 
aylantirdi.
O’zbek tilida chet so’zlar miqdori 40 foizdan dan sal ortiqroq, shundan 26 
foizdan sal ortiqrog’i rus tiliga tegishlidir. Umuman, o’zbek tilidagi o’zlashgan so’zlar 
miqdori uncha katta hissani tashkil etmaydi. Chunki rus va yevropa tillarining 
deyarlisida o’zlashgan so’zlar 60 foizdan kam emas. Buning ustiga, nomi o’zlashgan 
deb atalgan so’zlarning hammasi ham chetdan o’zlashavermagan.
Bir tildan boshqa tilga so’z o’tishi ijobiy hol. Shunisi ham borki, rivojlanishi faqat 
o’z ichki imkoniyatlari doirasi bilan cheklangan biron-bir bo’lmagani kabi, rivojlanishi 
faqat tashqi imkoniyat – boshqa tillardan lisoniy birliklar olishga asoslangan til ham 
bo’lmaydi. So’z o’zlashtirish deganda boshqa tilning barcha so’zlarining olinishi emas, 
balki ulardan nehtiyojga muvofiqlarining olinishi tushuniladi. Shuning uchun ham so’z 
o’zlashishi tillar rivojlanishining tashqi omillari sirasiga kiradi.
Darhaqiqat, tashqi olam to’la-to’kis so’z orqali elakdan o’tadi, tashqi olamning 
nomlanishi zarur bo’lgan narsa-hodisalari so’z tomonidan “qidiriladi”. Zero so’z – 
tilegalarining jamoaviy xotirasi, madaniy yodgorligi, xalq hayotining ko’zgusi. 
O’zlashtiriligan so’zlar ham ana shu sifatlardan holi emas. Ular shu xalqning turmush 
olamiga ochqich, umuman, o’zlashmalar barcha bilimlarga yo’l ochadigan kalitdir.
Ma’lumki, leksika va uning har xil qatlamlari o’z xarakteriga ko’ra turlicha 
“tovlanib”, o’ziga xos lisoniy qiymat kasb etadi. Bu narsa leksikaning o’ziga xos 
murakkab lisoniy sath ekanligidan dalolat beradi. Har bir xalq va uning tilining boshqa 
xalqlar va ularning tili bilan o’zaro aloqadorligi ham leksikada aks etadi. Shu bois til 
leksikasini ko’zguga o’xshatish joiz bo’ladi. Ko’zgu unga qaratilgan har bir narsaning 
aksini namoyish etgani kabi, til leksikasi ham ijtimoiy va ruhiy olamning barcha 
xususiyatlarini namoyish qiladi. Shu sabab ham jamiyatning ijtimoiy, ma’naviy 
olamidagi har bir yangilik, har bir o’zgarish eng avvalo lug’at tarkibida o’z ifodasini 
topadi. Darhaqiqat, leksika ijtimoiy hayotdagi barcha o’zgarishlarni, xalq bosib o’tgan 
tarixiy yo’lning izlarini o’zida aks ettiradi. Ayni paytda muayyan tilning lug’at tarkibini 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 

Yüklə 459,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə