Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»


-§. Tilning ijtimoiy, biologik, fiziologik tabiati



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/66
tarix01.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#114865
növüУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
98d06c14c803445c5b1b41a6fab3c556 Tilshunoslik nazariyasi

2-§. Tilning ijtimoiy, biologik, fiziologik tabiati.
Qayd etish lozimki, til 
kishilik jamiyatida yaratilgan bo‘lib, aloqa vositasi sifatida xizmat 
qiladigan ijtimoiy hodisadir. Uning ijtimoiy tabiati ayrim shaxsga emas, 
balki jamiyat uchun xizmat qilishda namoyon bo‘ladi. Bir kishi 
jamiyatdan uzilib qolsa til kerak bo‘lmay qoladi. Til bo‘lmasa, 
bilimlarimiz, to‘plagan tajribalarimiz kelajak avlodga etib bormaydi. Til 
insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratgan barcha madaniy va 
ilmiy boyliklarini ifodalaydigan va avloddan avlodga meros qoladigan 
asosiy vositadir. Shu bois tilshunoslik tarixini o‘rganish til haqidagi bilim 
darajamizni boyitibgina qolmay, katta tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir.
Umuman, boshqa fanlar singari tilshunoslik fanining tarixini ham 
mustaqil fan sifatida o‘rganish zarurdir. Til tarixi haqida hech bo‘lmaganda, 
o‘rtacha bilimga ega bo‘lmay turib, bugungi tilshunoslikning erishgan 
yutuqlari va uning oldida turgan muammolarni o‘rganib bo‘lmaydi.
Tilshunoslik fani katta tarixiy jarayonni bosib o‘tdi. Bu borada, 
ayniqsa, qadimgi hind, yunon, xitoy, arab tilshunosliklari tarixini o‘rganish 
qimmatli ma’lumotlar beradi. Bu tilshunosliklar tarixi ancha qadim davrlar 
bilan o‘lchanadi. Bundan tashqari, tilshunoslik fanining ba’zi tomonlari 
psixologiya, etnografiya, antropologiya, geografiya, matematika, fizika 
kabi fanlar bilan ham uzviy bog‘liq bo‘ladi. Tilshunoslikning bu fanlar 
bilan aloqasini o‘rganish hali ham o‘z me’yoriga yetgan emas. Xususan, 
tilshunoslikda, “til va nutq” dixotomiyasiga asoslangan tadqiqot ishlari 
anchagina bo‘lishiga qaramay, til belgilarining nutqqa ko‘chirilishi bilan 
bog‘liq muammolar endigina o‘rganilmoqda. Bu sohada izohlanishi lozim 
bo‘lgan masalalar hali ko‘p. 
Tilning 
biologik 
hodisa 
ekanligi 
haqida 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə