63
birliklar bilan chalkashtirmasligimiz lozim bo‘ladi.
Oliy Majlis, kelajagi
buyuk, Buyuk Navoiy
kabi. Bu kabi turg‘un so‘z birikmalari yaxlitligicha
(aniqlovchi va to‘ldiruvchi) bitta bo‘lak vazifasida kelmoqda.
Shuningdek, bir nechta so‘zlardan tuzilgan so‘z
birikmalariga
murakkab so‘z birikmalari deyiladi. Masalan:
Obod qishloq dasturi
asosida, yoshlar ittifoqi yig‘ilishi, Vatanimiz hududi sarhadlari
kabi.
Mana bu so‘z birikmalari tarkibida 3 ta 4 ta so‘zlar ishtirok etgan. Shu
sabab ham murakkab so‘z birikmalarini tashkil qilgan.
So‘z birikmalaridagi hokim so‘zning ma’nosini izohlash va
to‘liqroq ifodalash uchun tobe so‘z talab etiladi. Tobe so‘z hokim
so‘zning ma’nosini ochishga xizmat qiladi. Masalan:
katta ko‘cha,
yorug‘ xona, baland bino
kabi.
So‘z birikmalarida hokim va tobe so‘zning joylashish tartibi teskari
munosabat asosiga quriladi. Boshqacha qilib aytsak, birinchi kelgan so‘z
tobe so‘z keyin kelgan so‘z esa hokim so‘z bo‘ladi. So‘roqni har doim
hokim so‘zga beramiz. So‘z birikmalarida so‘zlar grammatik, semantik
va sintaktik munosabat asosida birikadi.
Gap.
Gap fikr ifodasini beruvchi komminikativ birlikdir.
Jahon
tilshunosligida gapga xilma - xil ta’riflar berilgan. Gap nisbiy
tugallangan, tugallangan ohang bilan aytiluvchi fikr ifodasini beruvchi
nutq birligidir. Gaplarni to‘liq tugallangan fikr ifodasini beruvchi deya
olmasligimizga sabab, matn tarkibidagi
har qanday gap ham alohida
nisbiy tugallangan bo‘ladi, sababi keyingi gap bilan ham semantik
jihatdan bog‘langan bo‘ladi. Matn tarkibidagi barcha gaplarning
o‘rtasida semantik bog‘liqlik seziladi. Ya’ni biri bog‘dan, ikkinchisi
tog‘dan bo‘lmaydi.
Biz gap orqali bir – birimiz
bilan aloqaga kirishamiz, muloqat
qilamiz. Muloqatning eng kichik birligi ham gap hisoblanadi. Gaplar
so‘z va so‘z birikmalaridan tuziladi. Birgina so‘z va so‘z birikmalari
orqali komminikativ vazifa bajaruvchi gapning aloqa munosabatini bera
olmaymiz. Gapda intonatsiya ham muhim rol o‘ynaydi. Shakllangan va
tugallangan
intonatsiya
gapning
shakllanishiga
xizmat
qiladi.
Predikativlik ham gapning muhim belgilaridan biridir.
Gaplarni
tuzilishiga ko‘ra: sodda gap, qo‘shma gap kabi turlarga bo‘lib
o‘rganamiz.