114
Qadimgi hind tillari guruhiga lo‘li, sindxi tillari,
shuningdek,
iste’moldan chiqib qolgan (o‘lik) tillardan sanskrit, pali, prokrit tillari
kiritilgan. Sanskrit tili qadimgi hind mumtoz adabiy tili bo‘lib, bu
tilda
“Mahabxarata” (”Bxaratlarning buyuk jangi haqida doston”) hamda
“Xito padesha” (”Yaxshi nasihat”) kabi bir qancha ajoyib epik asarlar
yaratilgan. Miloddan avvalgi IV asrda hind
olimi Paninining mashhur
“Sanskrit grammatikasi” asari materiali ana shu yodgorliklar tiliga mos
keladi.
Eron tillari guruhiga quyidagi tillar kiritilgan:
a) hozirgi fors tili.
b) pushtu-dari tillari.
v) kurd tili.
g) tojik tili.
d) osetin tili.
e) baluchi tili.
Slavyan tillari guruhiga quyidagi tillar kiritilgan:
a) rus tili.
b) ukrain tili.
v) belorus tili.
g) bulg‘or tili.
d) serb-xorvat tillari.
e) chex tili.
j) slovak tili.
z) polyak tili.
Bundan tishqari, kashub, serboluj tillari, iste’moldan chiqqan (o‘lik)
tillardan qadimgi slavyan, polab, pomor tillari ham slavyan tillari
guruhiga kiradi.
Boltiq tillari guruhiga quyidagi tillar kiritilgan:
a) litva tili.
b) latish tili.
Iste’moldan chiqqan (o‘lik) tillardan prus
tili ham boltiq tillari
guruhiga kiradi.
German tillari guruhiga quyidagi tillar kiritilgan:
a) ingliz tili.
b) nemis tili.
115
v) daniya tili.
g) shved tili.
d) norveg tili.
e) golland tili.
j) island tili.
Iste’moldan chiqqan (o‘lik) qadimgi tillardan vesgod va ostgot
tillari ham german tillari guruhiga kiradi.
Roman tillari guruhiga quyidagi tillar kiritilgan:
a) fransuz tili.
b) italyan tili.
v) ispan tili.
g) portugal tili.
d) rumin tili.
e) moldava tili.
j) provansal tili.
z) sardin tili.
i) katalan tili.
k) reto-roman tili.
Iste’moldan chiqqan (o‘lik) tillardan latin, osk,
umbr tillari ham
roman tillari guruhiga kiradi.
Kelt tillari guruhiga quyidagilar kiritilgan:
a) irland tili.
b) shotland tili.
v) breton tili.
d) uel’s (valli) tili.
Iste’moldan chiqqan (o‘lik) tillardan gal va kornoul tillari ham kel’t
tillari guruhiga kiradi.
Grek (yunon) tili guruhiga yangi grek (yangi yunon) tili kiritilgan.
Iste’moldan chiqqan (o‘lik) tillardan qadimgi yunon, o‘rta yunon yoki
Vizantiya tillari ham grek tili guruhiga kiradi.
Alban tili guruhiga alban tili kiradi.
Arman tili guruhi.
Hind-Evropa tillari oilasiga yuqorida qayd
etilganlar qatorida yana
xett, toxar tillari singari iste’moldan chiqqan (o‘lik) qadimgi tillar ham
kiradi.