4-MAVZU: SOLIQ MUNOSABATLARINI TARTIBGA SOLISHDA SOLIQ
MA‟MURCHILIGI TIZIMINING AHAMIYATI
1.
Soliq munosabatlarini tartibga solishda soliq ma‟murchiligi tizimining
o‟rni va ahamiyati.
2.
Soliqlar yig‟iluvchanligining tutgan o‟rni va ahamiyati.
42
1.Soliq munosabatlarini tartibga solishda soliq ma‟murchiligi tizimining
o‟rni va ahamiyati.
Mamlakatimizda soliq tizimidagi islohotlarni yanada jonlantirish maqsadida
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Shavkat
Mirziyoyevning
«Soliq
ma‘muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy
to‗lovlarning yig‗iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida"gi farmoni
qabul qilindi.
Soliq ma‘muriyatchiligini amalga oshirishda bir qator muammolar mavjudligi
sababli Farmon bilan davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh qilishning
quyidagi muhim yo‗nalishlari belgilandi:
soliq ma‘muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari va ilg‗or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish,
soliq to‗lovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik sub‘ektlariga to‗g‗ridan-to‗g‗ri
muloqotsiz elektron xizmat ko‗rsatishga to‗liq o‗tish;
soliq solish ob‘ektlari va soliq solinadigan bazaning o‗z vaqtida hamda
ishonchli hisobga olinishini ta‘minlash, vakolatli organlar va tashkilotlar
mansabdor shaxslarining soliq solish masalalari bilan bog‗liq bo‗lgan ishonchli
axborotini o‗z muddatida taqdim etish bo‗yicha mas‘uliyatini oshirish;
soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to‗lovchilarga har tomonlama
ko‗maklashish, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasining ta‘sirchan
mexanizmlarini ishlab chiqish va soliq to‗lovchilarning huquqiy madaniyatini
oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish;
makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq
salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali soliq solish ob‘ektlarini to‗liq qamrab olish
va soliq solinadigan bazani kengaytirishni ta‘minlash bo‗yicha samarali tadbirlarni
amalga oshirish;
faoliyat ko‗rsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklashga har
tomonlama ko‗maklashish, past rentabelli va zarar ko‗rib ishlayotgan
korxonalarning moliyaviy ahvolini sog‗lomlashtirish, o‗zaro hisob-kitoblar
43
mexanizmlarini mustahkamlash, soliq qarzi oshishiga yo‗l qo‗ymaslik orqali soliq
solinadigan bazani kengaytirish;
soliq solish masalalari, shu jumladan respublika va mahalliy byudjetlar
daromadlarini oshirishning qo‗shimcha zaxiralarini aniqlash orqali moliya
organlari, manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati
organlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish;
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‗yish, soliq organlarini yuqori ma‘naviy-
axloqiy sifatlarga ega malakali xodimlar bilan to‗ldirish bo‗yicha tizimli ishlarni
amalga oshirish, shuningdek xodimlar o‗rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini
ta‘minlash va ular uchun xizmatni o‗tashning munosib shart-sharoitlarini yaratish.
Farmon bilan soliq organlari va halol soliq to‗lovchilar o‗rtasida ularga joriy
soliq solish masalalarini hal qilishda har tomonlama ko‗maklashgan holda
kengaytirilgan axborot almashinuvini nazarda tutuvchi soliq nazoratining
zamonaviy shakli — soliq monitoringi joriy etilmoqda.
Ilg‗or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, yirik xo‗jalik yurituvchi
sub‘ektlarga o‗z vaqtida va samarali xizmat ko‗rsatish maqsadida ular bo‗yicha
soliq ma‘muriyatchiligi funksiyalari Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalariga yuklatilmoqda.
Vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga to‗qnash kelgan halol soliq
to‗lovchilar — xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarga soliq ta‘tillari berish tarzidagi
davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlashning yangi shakli nazarda tutilmoqda.
Shuningdek soliq to‗lovchi tomonidan ortiqcha to‗langan soliqlar va boshqa
majburiy to‗lovlarni qaytarish yoki hisobga olish muddati ikki baravarga
qisqartirilmoqda.
Soliq nazoratining to‗g‗ridan-to‗g‗ri muloqotsiz shakllari samaradorligini
oshirish maqsadida kameral nazorat natijalari bo‗yicha aniqlangan tafovutlar
yuzasidan soliq to‗lovchilar tomonidan asoslar taqdim etilmagan taqdirda, soliqlar
va boshqa majburiy to‗lovlar summalarini sud tartibida undirish joriy etilmoqda.
Bundan tashqari, xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar o‗rtasida «sog‗lom raqobat"ni
ta‘minlash va «xufiyona biznes» yuritishga barham berish maqsadida:
44
davlat soliq xizmati organlariga kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qiladigan xo‗jalik yurituvchi
sub‘ektlarning hisobvaraqlari bo‗yicha operatsiyalarni 5 bank kunigacha bo‗lgan
muddatga vaqtinchalik to‗xtatib turish vakolati berilmoqda;
soliq organlariga hisob-kitoblar haqidagi ma‘lumotlarning onlayn rejimida
berilishini ta‘minlaydigan nazorat-kassa mashinalarini qo‗llash orqali naqd pul
tushumi ustidan avtomatlashtirilgan nazorat tizimi joriy etilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, real ish o‗rinlarini legallashtirish uchun davlat soliq
xizmati organlariga xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar xodimlarining hisobotdagi va
haqiqiy soni muvofiqligi ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish vazifalari
yuklatilmoqda.
Farmon bilan O‗zbekiston Hisob palatasi tuzilmasida O‗zbekiston Davlat
byudjetiga tushumlarning to‗liqligini nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etilib,
uning faoliyati byudjet daromadlarini ko‗paytirish zaxiralarini aniqlash va ularning
safarbar etilishini ta‘minlash, soliq va bojxona to‗lovlarining yig‗iluvchanlik
darajasini tizimli tahlil qilish, Davlat byudjeti daromadlarining prognoz
ko‗rsatkichlarining xolisligi va asosliligini baholash, soliq solish ob‘ektlari va soliq
solinadigan bazani to‗liq qamrab olish ustidan nazoratni amalga oshirishga
yo‗naltiriladi.
Soliq
organlari
faoliyatiga
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari joriy etilishini muvofiqlashtirish va soliq to‗lovchilarga interaktiv
davlat xizmatlari taqdim etish amaliyotini kengaytirish uchun mas‘ul bo‗lgan
O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi raisining o‗rinbosari lavozimi
joriy etilmoqda.
Bundan tashqari, Farmon bilan 37 ta banddan iborat Davlat soliq xizmati
organlari faoliyati va soliq ma‘muriyatchiligining samaradorligini oshirish
bo‗yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Nazarda tutilgan tadbirlarni o‗z vaqtida va samarali amalga oshirish
maqsadida
Soliq
qonunchiligi
va soliq
ma‘muriyatchiligini
yanada
takomillashtirish bo‗yicha Ishchi komissiya tashkil etildi. Ushbu komissiyaga,
45
shu jumladan
quyidagilarni
nazarda
tutuvchi
normativ-huquqiy
hujjatlar
loyihalarini ishlab chiqish vazifalari yuklatildi:
soliq
ma‘muriyatchiligi
va nazoratini
tashkil
etish
tartibi
va metodologiyasini tubdan takomillashtirish;
soliq yukini yanada kamaytirish, bir xil soliq solish ob‘ektlariga ega
bo‗lgan soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni birlashtirish;
soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo‗llash uchun qo‗shimcha
mezon (oborotning chegaraviy miqdori) joriy etishni va ushbu miqdor
oshgan korxonaga, kichik tadbirkorlik sub‘ekti maqomini saqlab
qolgan holda, qo‗shimcha soliq majburiyatlarini belgilash;
ayrim yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat‘iy belgilangan soliq
stavkalarini optimallashtirish;
halol, shu jumladan ish o‗rinlari va mehnatga haq to‗lash fondini
legallashtiradigan soliq to‗lovchilarni rag‗batlantirish choralarini joriy
etish.
Farmonga muvofiq, 2018 yilning 1 yanvariga qadar tadbirkorlik sub‘ektlarini
elektron raqamli imzo bilan, shuningdek soliq to‗lovchilarga soliq organlarining
barcha davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini to‗liq ta‘minlash bo‗yicha
kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Farmon qoidalarining amalga oshirilishi soliq ma‘muriyatchiligini tubdan
takomillashtirishga xizmat qiladi, uning shaffofligini ta‘minlaydi, bu esa,
shubhasiz, mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida o‗z aksini topadi.
Soliq ma‘murchiligining iqtisodiy mohiyatini aniqlashda quyidagi
holatlarga e‘tibor berish lozim;
a) soliq ma‘murchiligi soliq munosabatlarini boshqarish tizimidir.
b) soliq ma‘murchiligi davlat soliq siyosatini amalga oshirilishini ta‘minlaydi
va shunga xizmat qiladi.
v) soliq ma‘murchiligi soliq organlari faoliyatini muvofiqlashtirib
turadi;
g) soliq ma‘murchiligi soliq huquqining qoidalariga asoslanadi, ularni
46
o‘ziga xos tarzda to‘ldiradi, uni nazariy va amaliy nuqtai-nazardan soliq
mexanizmining o‘ziga xos sterjeni sifatida talqin etish mumkin;
d) soliq munosabatlari soliq ma‘murchiligi predmetini tashkil etadi;
e) soliq ma‘murchiligi mohiyati, konkret holda, u tomonidan bajarilishi
mumkin bo‘lgan funktsiyalar orqali namoyon bo‘ladi.
Soliq ma‘murchiligining mohiyatini aniqlashda soliq tizimi tuzilishi va soliq
siyosatini tashkil etishning printsiplari muhim rol o‘ynaydi. Ushbu printsiplarni
uch guruhga bo‘lish mumkin:
1) soliqqa tortish jarayonlarini ma‘muriy boshqarishni o‘zida aks ettiruvchi
tashkiliy printsiplar (umumiylik, tenglilik, o‘zgaruvchanlik);
2) soliqlarning iqtisodiyotga ta‘sirini o‘zida ifodalaydigan iqtisodiy
printsiplar (samaradorlilik, tejamkorlilik, teng taqsimlanish);
3) soliq munosabatlarining qonun nuqtai nazaridan aniqligini ko‘rsatuvchi
printsiplar (birlik-yagonalik, barqarorlik, aniqlilik).
Fikrimizcha, soliq ma‘murchiligining mazmun-mohiyatini ifodalovchi
ta‘rifi ushbu jarayonda e‘tiborga qaratilishi kerak bo‘lgan barchaholatlarni hisobga
olishi zarur.
Mamlakat iqtisodiy jihatdan rivojlangan sari, soliqqa tortish uslublari ham
o‘zgarib boradi, soliq ob‘ektlarini aniqlash, soliq to‘lovchilarni hisobga olish
ishlari doimo nazorat sifatini rivojlanishi talab qilib keladi. Soliq to‘lovchilarning
qilgan xato va kamchiliklarini nafaqat jazolash, balki soliq qonunlarini ular
tomonidan buzilish sabablarini, qonunlarni ularga bo‘lgan ta‘sirlarini o‘rganish
hamda shu orqali kelib chiqishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni ham tahlil qilish
lozimdir.Hech kim faqat soliq to‘lash uchun ishlamaydi, bu haqiqat. Korxona va
tashkilotlar avvalo ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchidir, so‘ngra esa soliq
to‘lovchilar bo‘lib hisoblanadilar.
Davlat o‘zining fiskal siyosatni amalga oshirishda asosiy bir qiyinchilik soliq
to‘lovchilar tomonidan turli xil yo‘llar bilan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash
holatlariga ro‘baro‘ bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |