Udk: 330. 341 Usmanov abbos adxam o’G’LI


 Tadbirkorlikni iqtisodiy faolligini oshirishda ishbilarmonlik muhitini



Yüklə 5,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/44
tarix30.12.2023
ölçüsü5,21 Kb.
#167207
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44
tadbirkorlikda innovatsion faollikni tashkil etish va boshqarish (3)

2.2. Tadbirkorlikni iqtisodiy faolligini oshirishda ishbilarmonlik muhitini 
o’rni 
Iqtisodiy faollikni ta‘minlashda va unga erishishda bozor iqtisodiyotining 
barcha sub‘ektlarinig samarali faoliyat yuritishlari talab etiladi. Bunda uning eng 
muhim sub‘ektlaridan hisoblangan tadbirkorlar uchun ularni faoliyatini ichki 
omillari bilan bir qatorda tashqi omillar ham faoliyatini barqarorligini 
ta‘minlashning asosiy jihatlari hisoblanadi.
Tashqi omillardan samarali foydalanish aksariyat jihatdan, iqtisodiy 
faollikning muhim tomoni hisoblangan ishchanlik muhitini shakllantirish va 
muntazam ravishda rivojlantirib borishga bog‘liqdir. 
Vaholanki, xalqaro iqtisodiy amaliyotda ishchanlik muhiti indikatorlarini 
hisoblash va uning natijalaridan foydalanish, mamlakatlar doirasida amalga 
oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning qay darajada samaradorligidan dalolat berib, 


46 
kelajakda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda foydalanilmayotgan 
salohiyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqishda muhim 
dastak bo‘lib xizmat qiladi. 
O‘zbekistonda 2002 yildan bo‘yon Xalqaro moliyaviy korporatsiya 
tomonidan har yili bir marta, 500ga yaqin KBXT sub‘ektlari o‘rtasida biznes 
muhitni baholash amalga oshirilib, ― O‘zbekistonda ishchanlik muhiti xususiy 
biznes vakillari nigohida‖ sharhlarida muntazam ravishda chop etib borildi. 
Iqtisodiy faollikni ta‘minlashdagi jarayonlar tendentsiyasini asoslashni
KBXT sub‘ektlarining rivojlanish indikatorlarini tizimlashtirish va ularning 
mavjud holatini darajasini aniqlash orqali amalga oshirish mumkin. 
Ilmiy tadqiqotimizda asosiy e‘tiborni ushbu jarayonlarni nazariy jihatlariga 
qaratishga ustuvorlik berilganligidan kelib chiqqan holda , KBXTni rivojlanishini 
umumiy indikatorlarini ishlab chiqishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. 
Bizning fikrimizcha, ular o‘z ichiga ushbu sektorning YaIM ,band bo‘lgan aholi, 
sub‘ektlar sonidagi,jalb etilgan investetsiya va eksportdagi ulushi va
iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridagt o‘sish sur‘atlari ko‘rsatkichlarini olishi 
maqsadga muvofiqdir. 
Mana shunday yondashuv orqali, KBXT sub‘ektlarining rivojlanish 
indikatorlari hisob-kitob qilinib, ushbu jarayonda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar, 
erishilgan natijalar va erishilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlar aniqlandi. 
Tahlillar natijasiga ko‘ra, KBXT sub‘ektlarinig YaIM ulushi (54%), faoliyat 
yuritayotgan sub‘ektlar sonini o‘sishi (8,5%),asosiy tarmoqlarda ishlab chiqarish 
sur‘atlarini o‘sishi (26,5%), va eksport hajmidagi ulushining (18,8%) yuqori 
darajasiga erishganligi bilan bir qatorda, band bo‘lganlarning umumiy sonidagi 
ulushining ortishiga qaramay, yillik o‘sish sur‘atlarinig pastligi (1%) va jami jalb 
etilayotgan investetsiyalardagi ulushining (20%) pastligini kuzatish mumkin (2.2-
jadval). 
Demak aksariyat indikatorlar bo‘yicha KBXT sub‘ektlarini yuqori darajaga 
erishishlarida mamlakatda yaratilgan qulay ishchanlik muhiti asosiy omil bo‘lib 
xizmat qilgan. Shuning uchun ham iqtisodiy faollikni ta‘minlashdagi ishtiroki 


47 
nuqtai nazaridan ishchanlik faoliyatini tashkil etilish jarayonlari va amalga oshirish 
mexanizmlariga oid tahlillarni amalga oshirish orqali ushbu seutordagi 
imkoniyatlar, ulardan foydalanish darajasi, kamchiliklar va nomutanosibliklarni
aniqlash lozim deb hisoblaymiz. 
Avvalambor, ishchanlik muhiti, xususan KBXT sub‘ektlari faoliyatidagi
ushbu jarayonni nimalarni o‘z ichiga olishi, qanday va kim tomonidan tashkil 
etilishi, amalga oshirish mezonlari tizimi va ularni baholash kabi jihatlarini 
aniqlash zarur. Ishchanlik muhitini baholashda xo‘jalik yuritish sub‘ektlarini 
mavjud biznes holatdan qoniqishlari va uning zarurligini tan olishlarini aniqlash 
bilan bir qatorda tadbirkorlar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish orqali ishchanlik 
muhitini o‘zgarish indekslarini hisoblash ishlarini muntazam ravishda amalga 
oshirib borish talab etiladi. 
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida KBXT 
sub‘ektlari iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda qulay shart-sharoitlar va 
imkoniyatlar yaratildi. Yuqorida ta‘kidlangan ishchanlik muhiti o‘z ichiga to‘rtta 
jarayondagi,yoki tadbirkorlarning iqtisodiy faolligini oshirishga bevosita aloqasi 
bo‘lgan-institutsional, molliyaviy, moddiy resurslar va infratuzilmadan foydalanish 
hamda soliq muhitlarini oladi. 
Ushbu muhitlarning har birini alohida muntazam ravishda o‘rganib borish 
orqali iqtisodiy faollikni barqarorligini ta‘minlashga erishish mumkin. 
Dastlab, ishchanlik muhitini tashkil etish uchun institutsional muhit asosiy 
o‘rin egallaydi. 


48 

Yüklə 5,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə