Udk: Soatov Sardor Akvarovich surxondaryoning shimoliy tumanlari sharoitida na’matak



Yüklə 245,33 Kb.
səhifə14/18
tarix28.11.2023
ölçüsü245,33 Kb.
#136482
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
2 Соатов С.А. Дисс. Homaki x-u 2

4.8-rasm. Tylenchulus semipenetrans Xodjes, 1913[47]

Kon ma’lumotlariga ko’ra, bir gramm tuproqda 4000 ta voyaga yetmagan lichinkalar ildizni kasallantirib, asta-sekin o’simlikning yo’q bo’lib ketishiga olib keladi. Ushbu individ soni esa zarar chegarasi hisoblanadi. Kaliforniyada shtatida fevral-aprel oylari orasida har bir gramm ildizdan 400 dan ortiq urg’ochi nematodlardan namuna olinsa yoki may va iyun oylarida bir gramm ildizdan 100 urg’ochi aniqlansa, nematotsiddan foydalanish zarur bo’ladi. Kavkazda nematodalar zichligi 250 sm³ tuproqda 5000 ta voyaga yetmagan urg’ochilar bor bo’lgan holdagina nematitsidlardan foydalanishga ehtiyoj tug’iladi. Qozog’istonda 100 ta urg’ochi na’matak nematodasi 1 gr ildizda kuzatilganda nematotsidlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ammo na’matak o’simliklarining yoshi va kuchi, tuproqdagi nematod populatsiyasining zichligi, nematodalarning agressivligi, tuproq xususiyatlari va boshqa atrof-muhit omillari nematotsidlarni qo’llayotganda hisobga olinishi lozim[...].


Ushbu parazit tadqiqot ishlari olib borilgan Denov tumanidagi fermer xo’jaliklarida 28 ta, Sho’rchi tumanida 27 ta, Uzun tumanida 19 ta, Oltinsoy tumanida 31 ta individ aniqlandi.

4.10-rasm. T. semipenetrans individlar soni(mahallalar bo’yicha)
K
artoshka poya nematodasi
(Ditylenchus destructor Thorne, 1945)ning gavda shakli uzun urchuqsimon, tananing ikkala uchi tomon ingichkalashib boradi. Urg’ochi jinsning uzunligi 0,8-1,7 mm, erkagi 0,7-1,4 mm ga teng. Bosh qismi ancha baland va u gavdadan sezilarli hoshiya bilan ajralib turganday bo’lib ko’rinadi. Boshining kutikulasi halqalarga bo’linmagan. Stiletining uzunligi 10-13,5 mkm, uning bazal (asosi) qismi dumaloq, qizilo’ngach uzun silindrsimon, uning o’rta bulbusi (piyozbosh shakldagi kengaygan joyi) uzun oval ko’rinishida. Kardial bulbusi uchta hazm bezlari bilan birga sxizotsel (birlamchi gavda bo’shlig’i)ga osilib turadi. Qizilo’ngach bilan o’rta ichakning birlashgan joyi aniq ko’rinib turadi. Urg’ochilarida tuxumdon turlicha uzunlikda o’zgarib turadi. Bachadon oldingi va keyingi qismlarga bo’lingan. Oldingi yarmi qizilo’ngachning tagigacha boradi. Orqa qismi esa orqa chiqaruv teshigi - anusgacha yetib boradi.Urg’ochini tashqi jinsiy teshigi (vulva) gavdaning orqa yarmida anusga yetmasdan tashqariga ochiladi. Erkak jinsi urug’don bitta, spikulasining (jinsiy qo’shilish organi) uzunligi 21-32 mkm[10].

Yüklə 245,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə