Ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi biologiya fanidan amaliy



Yüklə 327,6 Kb.
səhifə11/49
tarix22.03.2024
ölçüsü327,6 Kb.
#180287
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49
1 curxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayy-fayllar.org

iborat: 
1.Faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Mavzu bo‘yicha bir-biriga bog‘liq bo‘lgan 
masalalar belgilanadi;


23
2.Kichik guruhlar belgilanadi. Ta’lim oluvchilar guruhlarga 3-6 nafardan 


bo‘linishlari mumkin;


3.Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar
4.Ta’lim beruvchi tomonidan aniq ko‘rsatmalar beriladi va yo‘naltirib
turiladi; 
5.Kichik guruhlar taqdimot qiladilar;
6.Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi; 
7.Kichik guruhlar baholanadi.
«Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi: o‘qitish mazmunini 
yaxshi o‘zlashtirilishiga olib keladi; muloqotga kirishish ko‘nikmasining
takomillashishiga olib keladi; vaqtni tejash imkoniyati mavjud; barcha ta’lim 
oluvchilar jalb etiladi; o‘z-o‘zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud
bo‘ladi. 
«Kichik guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklari: ba’zi kichik
guruhlarda kuchsiz ta’lim oluvchilar bo‘lganligi sababli kuchli ta’lim 
oluvchilarning ham past baho olish ehtimoli bor;
barcha ta’lim oluvchilarni nazorat qilish imkoniyati past bo‘ladi; guruhlararo 
o‘zaro salbiy raqobatlar paydo bo‘lib qolishi mumkin; guruh ichida o‘zaro nizo
paydo bo‘lishi mumkin. 
Bahs-munozara” metodi 
Mazkur metod biror mavzu bo‘yicha ta’lim oluvchilar bilan o‘zaro bahs, fikr 
almashinuvi ko‘rinishiga ega bo‘ladi.
Har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida 
muhokama qilinishi nazarda tutilganda ushbu metoddan foydalanish mumkin.
Bahs-munozarani boshqarib borish vazifasini ta’lim oluvchilardan biriga topshirish 
yoki ta’lim beruvchining o‘zi olib borishi mumkin. Bahs-munozarani erkin holatda
olib borish va har bir ta’lim oluvchini munozaraga jalb etishga harakat qilish 
lozim. Ushbu metod qo‘llanilgan vaqtda ta’lim oluvchilar orasida paydo
bo‘ladigan nizolarni darhol bartaraf etishga harakat qilish kerak. 

24
“Bahs-munozara” metodini o‘tkazishda quyidagi qoidalarga amal qilish 


kerak:
- barcha ta’lim oluvchilar ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish; 


- “o‘ng qo‘l” qoidasi (qo‘lini ko‘tarib, ruxsat olgandan so‘ng so‘zlash)ga
rioya qilish; 
- fikr-g‘oyalarni tinglash madaniyati;
- bildirilgan fikr-g‘oyalarning takrorlanmasligi; 
- bir-birlariga o‘zaro hurmat.

Bahs-munozara” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat: 


1.Ta’lim beruvchi munozara mavzusini tanlaydi va shunga doir savollar 
ishlab chiqadi.
2.Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammo bo‘yicha savol beradi va 
ularni munozaraga taklif etadi.
3.Ta’lim beruvchi berilgan savolga bildirilgan javoblarni, ya’ni turli g‘oya va 
fikrlarni yozib boradi yoki bu vazifani bajarish uchun ta’lim oluvchilardan birini
kotib etib tayinlaydi. Bu bosqichda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga o‘z 
fikrlarini erkin bildirishlariga sharoit yaratib beradi.
4.Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar bilan birgalikda bildirilgan fikr va 
g‘oyalarni guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi va tahlil qiladi.
5.Tahlil natijasida qo‘yilgan muammoning eng maqbul yechimi tanlanadi. 
Muammoli vaziyat” metodi 
Mazkur metod ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va 
oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini
shakllantirishga qaratilgandir. 
“Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi
ta’lim oluvchilarning bilim darajasiga mos kelishi kerak. Ular qo‘yilgan 
muammoning yechimini topishga qodir bo‘lishlari kerak, aks holda yechimni topa
olmagach, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so‘nishiga, o‘zlariga bo‘lgan 
ishonchlarining yo‘qolishiga olib keladi. «Muammoli vaziyat» metodi


25
qo‘llanilganda ta’lim oluvchilar mustaqil fikr yuritish, muammoning sabab va 


oqibatlarini tahlil qilish, uning yechimini topishni o‘rganadilar.

Muammoli vaziyat” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat: 
1.Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va 
vazifalarni aniqlaydi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammoni bayon
qiladi.

2.Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni topshiriqning maqsad, vazifalari va


shartlari bilan tanishtiradi. 
3.Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni kichik guruhlarga ajratadi.
4.Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganadilar. Muammoning 
kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot qiladi. Barcha
taqdimotlardan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi. 
5.Bu bosqichda berilgan vaqt mobaynida muammoning oqibatlari to‘g‘risida
fikr-mulohazalarini taqdimot qiladilar. Taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi. 
6.Muammoni echishning turli imkoniyatlarini muhokama qiladilar, ularni
tahlil qiladilar. Muammoli vaziyatni yechish yo‘llarini ishlab chiqadilar. 
7.Kichik guruhlar muammoli vaziyatning yechimi bo‘yicha taqdimot qiladilar
va o‘z variantlarini taklif etadilar. 
8.Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil yechimlar jamlanadi. Guruh ta’lim
beruvchi bilan birgalikda muammoli vaziyatni echish yo‘llarining eng maqbul 
variantlarini tanlab oladi.

Loyiha” metodi 


Bu ta’lim oluvchilarning individual yoki guruhlarda belgilangan vaqt 
davomida, belgilangan mavzu bo‘yicha axborot yig‘ish, tadqiqot o‘tkazish va
amalga oshirish ishlarini olib borishidir. Bu metodda ta’lim oluvchilar 
rejalashtirish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tekshirish va xulosa chiqarish,
natijalarni baholash jarayonlarida ishtirok etadilar. Loyihani ishlab chiqish yakka 
tartibda yoki guruh bilan bo‘lishi mumkin, lekin har bir loyiha o‘quv guruhining
birgalikdagi faoliyatining muvofiqlashtirilgan natijasidir. 

26
Loyiha o‘rganishga xizmat qilittti, nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etish, 


ta’lim oluvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirish, tashkillashtirish va amalga


oshirish imkoniyatini yarata oladigan bo‘lishi kerak. 

Loyiha” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat: 


1.Pedagog loyiha ishi bo‘yicha topshiriqlarni ishlab chiqadi. Ta’lim 
oluvchilar mustaqil ravishda darslik, sxemalar, tarqatma materiallar asosida
topshiriqqa oid ma’lumotlarni yig‘adilar. 
2.Ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda ish rejasini ishlab chiqadilar. Ish
rejasida ta’lim oluvchilar ish bosqichlarini, ularga ajratilgan vaqt va texnologik 
ketma-ketlikni, material, asbob-uskunalarni rejalashtirishlari lozim.
3.Kichik guruhlar ish rejalarini taqdimot qiladilar. Ta’lim oluvchilar ish 
rejasiga asosan topshiriqni bajarish bo‘yicha qaror qabul qiladilar. Ta’lim
oluvchilar pedagog bilan birgalikda qabul qilingan qarorlar bo‘yicha erishiladigan 
natijalarni muhokama qilishadi. Bunda har xil qarorlar taqqoslanib, eng maqbul
variant tanlab olinadi. Pedagog ta’lim oluvchilar bilan birgalikda “Baholash 
varaqasi”ni ishlab chiqadi.
4.Ta’lim oluvchilar topshiriqni ish rejasi asosida mustaqil ravishda amalga 
oshiradilar. Ular individual yoki kichik guruhlarda ishlashlari mumkin.





Yüklə 327,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə