Улугбек мби doc



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/41
tarix23.09.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#123484
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41
Óëóãáåê ìáè doc

+
+







2 – nasl 
+
+
+








Izoh:
+
- kapalagi

– tuxumi

- qurti

- g’umbagi
 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


35
 
Fovaklovchi pashsha - 
Liriomyza sativae
Blanch
.
AQSh da, Janubiy va 
Markaziy Amerikada, Tinch okeanning Guam, Taiti, Koledoniya, Samoa va 
Gavay orollarida, Argentinada, Venesuelada, Fransiyada, Gollandiyada, 
Belgiyada tarqalgan. 1991 yilda Turkmanistonda kuzatilgan va xudud sharoitiga 
moslashgan. 
Bu tur respublikamizning Toshkent shahri va Toshkent viloyati 
sharoitlarida issiqxona hamda ochiq dalalarda keng tarqalgan. 
Fovaklovchi pashshaning tuxumi, lichinkasi va pupariysining rivojlanishi 
uchun eng pastki harorat bo’sag’asi 9
-
10 °S dir. 25- 30 °S haroratlarda tuxumi va 
lichinkasini rivojlanishi uchun 7-9 kun o’tgan. Xuddi shu haroratlarda pupariysi 
rivojlanishi uchun ham 8-9 kun zarur bo’lgan. 15 °S da tuxum, lichinka va 
pupariylarning rivojlanishi 25-30 kun davom etgan. 
Tuxumi - oqish rangda, ellipssimon, shaffof, bo’yi 0,18-0,21 mm, eni 0,11-
0,12 mm atrofida. Pashshalar o’simlik bargini tuxum qo’ygichi bilan teshib 
zararlagan va ekskrement chiqarib ifloslantirgan. Urg’ochi imagolar kamida 20-40 
ta eng ko’pi bilan 200-300 tagacha tuxum qo’ygan. 
Lichinkasi - 3 yoshni o’tab, bu davr mobaynida uzunligi 2,5-3 mm ga 
yetgan. Tuxumdan chiqqan lichinkalar dastlab rangsiz, keyinchalik sariq rangga 
kirgan. Lichinkalar 1 yoshdan 2-yoshga o’tguncha po’st tashlagan va bu po’stlar 
rangi qoramtir bo’lgan. Lichinkalar bargning mezofill qavatida oziqlanib, bargda 
g’ovak hosil qilar ekan. Bargdagi g’ovaklar ilon izi shaklida bo’lgan. Lichinkalar 
oziqlanib bo’lgandan so’ng g’ovaklarni teshib barg yuzasiga chiqqan. Ular barg 
ustida, ba’zi hollarda tuproqqa tushib g’umbakka aylangan. 
G’umbagi qizg’ish-qo’ng’ir rangda bo’lib, o’lchami 1,5-0,75 mm., to’g’ri 
burchakli ovalsimon shaklda, oxirgi qismi toraygan. Bu faza 9-11 kun davom 
etgan. G’umbakdan pashsha asosan ertalab uchib chiqqan. 
Imagosi mayda pashsha bo’lib, qoramtir va sariq ranglardan iborat ekan. 
Uzunligi 1,3-2 
mm. Erkagi va urg’ochisini oson farqlash mumkin. 
Urg’ochilarining qorin segmentida teleskopik tuxum qo’ygichi bor ekan. 
L.sativae
imagosida yaltirok qora rangdagi, 
L. trifoli
da esa kulrang qora rangli qismlari bor 
bo’lib, pashshalar 4-20 kungacha yashashi mumkinligi kuzatilgan. Ularning 
rivojlanishiga harorat kuchli ta’sir qilgan. Agar iqlim issiq bo’lsa, imagolar 4-5 kun 
ichida, tuxum qo’ygandan so’ng nobud bo’ladi (Parkman, 1989). 
Iliq sharoitlarda 
L. sativae
yil davomida juda ko’p avlod berishi mumkin 
ekan. Bu zararkunanda 
Cucurbitaceae, Fabaceae, Solanaceae, Brassicaceae
oilalapuga kiruvchi 20 dan ortiq o’simliklarda rivojlangan. AQSh da 
L. sativae
pomidor, bodring, qalampir, karam, salat, gulkaram, selderey va dukkakli 
o’simliklarni zararlagan. Bu tur uchun pomidor va bodring eng yaxshi xo’jayin 
o’simlik hisoblangan. 
Respublikamiz 
qishloq 
xo’jalik 
o’simliklariga 
keyingi 
vaqtlarda 
g’ovaklovchi pashshalarning vakili 
Liriomyza sativae Blanch
 
(Diptera, 
Agromyzidae)
turi boshqa turlarga nisbatan jiddiy zarar keltirgan. Bunga misol 
qilib, Toshkent viloyatidagi ko’pgina issiqxona xo’jaliklaridagi (Qibray, Toshkent, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


36
Zangiota va boshqa tumanlardagi) holatlarni keltirib o’tish mumkin.
G’ovaklovchi pashshalarga qarshi kurashda ularning o’simlikda rivojlanish
xususiyatlarini bilish muhim ahamiyat kasb etadi (3.11; 3.12; 3.13 -rasmlar).
O’tkazilgan tadqiqotlardan 
L. sativae 
ni bodring o’simligida rivojlanish 
bosqichining davomiyligini, urg’ochi pashshalarning serpushtligini va lichinkalik 
davrlarida keltiradigan zararini o’rganishni maqsad qilib qo’ydik. 
Tajribalar o’tkazish xonasining harorati va namligi o’zgaruvchan bo’lib, eng 
past harorat 18,5°S ni, eng yuqori harorat 29°S ni, havoning nisbiy namligi esa 50-
65% ni tashkil qilgan.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə