3.2. Shaxsiy himoya vositalari turlari va ulardan
foydalanish tartibi.
Agar ommaviy himoyalash vositalari, tashkiliy, texnikaviy va boshqa
chora-tadbirlar bilan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ish doirasida
xavfsiz darajada keltirib bo’lmasa, u holda shaxsiy himoyalanish vositalaridan ()
foydalanishga to’g’ri keladi. Bu yeng ko’p tarqalgani korjomalardir, u odam
tanasini noqulay meterologik sharoitlardan, ya’ni chang, pestisid , meneral
o’g’itlar, neft mahsulotlari, yog’lar, kislota, ishqor bug’laridan issiqlik
nurlanishidan mexanik shikastlanish va boshqa omillardan himoya qiladi.
Qo’l teri qamlami qo’lqoplar, to’qima qo’lqop kaftlik, panjaliklar
shuningdek himoyalovchi “Serrigel” “Auro”, “LER-1”, “LER-2” va boshqa
rastalar: selekonli”, “Plyonka hosil qilishi” kremlar va “Jeya” , “Soj”,
“ Ralle” pastalari, P D NS- AK sovun va boshqa vositalar bilan himoyalanadi.
Gazga qarshi nafas olish shaxsiy himoyalanish vositalari bo’g’gazsimon
moddalardan himoyalanishga mo’ljallangan. Ishlatiladigan respiratorlar
RRG- 67 (10-MRM gacha) sanoat gazniqoblari MKR (100 MRM gacha ) va BK
(100 MRM dan yuqori).
Respiratorlar almashtirilib bo’ladigan filtrlovchi patronlar gazniqoblar yesa
ma’lum zararli moddalardan himoyalovchi filtlovchi qutilar bilan ta’minlangan.
Ular havo yutgichlar yordamida tozalanadi. Yutgichlar aktivlashtirilgan ko’mir va
kimyoviy sorbertdan tarkib topgan bo’lib qanday zararli gazdan himoyalanishga
qarab uning tarkibi aniqlanadi.
Ishlovchi kishi xavf manbaiga bevosita tekkanda yoki undan ma’lum
oraliqda turganida jarohat olishi mumkin. Xavfli doira deganda odamning hayoti
va salomatligi uchun xavfli ishlab chiqarish omili doimo ta’sir yetib turadigan yoki
vaqti-vaqti bilan paydo biladigan makon (joy) tushuniladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
53
Xavfli doiraga misol tariqasida yuk ko’tarish vositalari bilan siljitilayotgan
yuk atrofidagi, aylanayotgan zanjirli, tasmali va kardanli uzatmalar atrofidagi joy
tushuniladi. Mashinalarning aylanayotgan qisimlaridagi tashqariga chiqib
turadigan yelementlar (boltlar, shpil’kalar, shplintlar) ayniqsa xavfli doira
hisoblanadi, ular ishlayotgan kishining sochini, kiyimini ilashtirib ketishi mumkin.
Mashinalarning qismlari bir biriga qarab aylanganda (paxta terish mashinalari
shpindeli barabanlarining yonma-yon joylashgan juvftlari) xavfli doiraga tortib
ketish xavfi tug’iladi, xavfli doiralarning o’lchamlari fazoda o’zgaruvchan bilishi
mumkin.
Hamma qishloq xo’jaligi korxonalariga yetkazib beriladigan har qanday
qishloq xo’jalik mashinasi, agregati, mexanizmi va uskunalari baxtsiz
hodisalarning oldini olinishning zamonaviy vositalari bilan jihozlanadi. Mehnat
xavfsizligi to’siq, tormoz, blokirovka, saqlash qurilmalari, signalizasiya, shaxsiy
himoya vositalarini ishlatish, shuningdek ularning yaxshilanishi nazorat qilish
bilan ta’minlanadi.
To’siq qurilmalar xavfli doiralarni izolyasiyalash uchun oddiy, ishonchli va
arzon to’siq qurilmalar keng ko’lamda ishlatilmoqda. To’siq qurilmalari odam
bilan xavf orasida to’siq yaratish uchun hizmat qiladi. Ular qanday maqsadga
mo’ljallanganiga qarab har-xil konstruksiyada bo’ladi.
Saqlovchi qurilmalar mashina va uskunalarga qo’yiladigan mavjud
talablarga muvofiq har bir mashina, traktor yoki agregatda avariya holidagi ish
rejimiga mo’ljallangan saqlash qurilmalari bo’lmasa, bunday mashina ishga
yaroqli yemas, deb hisoblanadi. Saqlash qurilmalarining ishlash prinsiplari nazorat
qilinadigan parametr (zo’riqish, bosim, temperatura va h.k) ruxsat yetiladigan
chegaradan chiqqanda uskunaning avtomatik to’xtatishga asoslangan.
Tormozlash qurilmalari mashina va uskunalarning harakatlanayotgan
(aylanayotgan) elementlarini tez va asta-sekin to’xtatish uchun tormozlash
qurilmalari ishlatiladi. Bundan tashqari, ular mashinalarni qiyaliklarda tutib turish,
ko’tarilgan yukning iz-izidan pastga tushib ketishidan saqlash maqsadida ham
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
54
ishlatiladi.
Blokirovka qurilmalari. Blokirovka - bu mexanizmlarni yoki ularning
qismlarini muayyan holatda ishonchli mahkamlashni ta’minlaydigan vositalardir.
Blokirovka qurilmalari mexanizm va mashinalarda boshqa saqlagich vositalarning
bo’lishi ishlovchining xavfsizligini ta’minlay olmaydigan hollarda qo’llaniladi.
Signalizasiya. qillaniladigan signalizasiya qurilmalari mexanizm, agregat
va mashinalarning ish jarayonining miqdori yoki sifat izgarishlaridan habardor
bilib turishga imkon beradi. Signalizasiya funksional vazifaga kira qo’yidagilarga
bilinadi: ogohlantiruvchi, nazorat qiluvchi va gaplashish signalizasiyasi.
Tuproqqa ishlov beradigan mashinalarda ishlashda xavfsizlik choralari. Ishni
boshlashdan oldin rostlash ishlari kompleksini bajarish lozim, bunda dastlab ish
organlarining iz-izidan pastga tushishi yoki tushib ketishining oldini oladigan
chora-tadbirlarni kirish kerak.
Tuproqqa ishlov beradigan mashinalarning ish organlarini mashina
ishlayotgan vaqtda tozalash mutloqo taqiqlanadi. Plug limixlarini almashtirishdan
oldin oldingi va ketingi korpuslarning dala taxtalari tagiga mustahkam tagliklar
qo’yish zarur.
Diskli boronalar bilan ishlashda rostlash va tozalash ishlarini bajarishda
disklarning o’tkir qirralari qo’lni kesib ketishi mumkin.
Tuproqqa ishlov beradigan agregat ishlayotgan vaqtda uning oldida turish va
yurayotganida ramasiga o’tirish ta’qiqlanadi.
Quruq havoda shamol bilayotganda traktorchi himoya kuzoynagini taqib
ishlashi kerak. Kechasi ishlaganda agregat yetarli darajada yoritilgan bilishi lozim.
b) Ekin o’tqazish mashinalarini ishlatishda xavfsizlik choralari. Seyalkalar
bilan ishlashga ekin yekish agregatlarida ishlash uchun tayyorlangan, seyalkalarni
tuzilishini biladigan va xavfsizlik texnikasidan instruktaj olgan kishilargina ruxsat
etiladi.
v) Don ekish seyalkalarining urug’ yashigiga boshqa narsalarni solish
ta’qiqlanadi. Agregat harakatlanayotgan vaqtida mashinani rostlash, ekish
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
55
apparatlariga urug’ solish, shuningdek, markyorlarni ko’tarish va tushirish
yaramaydi. Ish boshlanishidan oldin ekish aparatlarining qopqoqlari zashchelka
bilan berkitilgan bilishi kerak.
g) Organik o’g’itlar solishda xafvsizlik choralari. Organik o’g’itlar bilan
ishlashga mexanizatorlarning xavfsizligi, asosan mashinani ishlatishdagi xavfsizlik
talablariga rioya qilishga bog’liq. Ishni boshlashdan oldin boltli birikmalarni
tekshirib kirish, reduktorda surkov moyi borligini, transportyor zanjirlarning
tarangligini tekshirishi va kardon valni qo’lda aylantirib, yuritma mexanizmlarda
qisib (tishlab) qoladigan joylar yo’qligiga ishonch hosil qilish kerak.
d) O’simliklarni himoya qilishdagi texnik vositalardan foydalanishda
xavfsizlik choralari. O’simliklarni kimyoviy himoya qilish uchun ishlatiladigan
mashinalar (OVX-28, OShU-50 va h.k) mavsum boshlanish oldidan remont
qilinadi, ishchi organlari (changlatgichlar) rostlanadi, neytral suyuqlikdan (suv, bor
yeritmasi va h.k.) foydalanib ish holatida sinab ko’riladi va shaxsiy muhofaza
vositalaridan ishlash haqidagi qisqacha yozuvlar tiklanadi.
A) Umumiy talablar. Mineral o’g’itlar o’simliklarni o’sishini ta’minlovchi,
pesticidlar, zararsizlantiruvchi va boshqa kimyoviy vositalar o’simlikshunoslik
amaliyotiga keng kirib kelgan. Ular yuqori hosil olishni va saqlashni ta’minlaydi.
Biroq bu hamma moddalar u yoki bu miqdorda odamga va atrof muhitga xavflidir.
Kimyoviy moddalarning tasiri odamni ular bilan bevosita aloqasi natijasida
(aralashmalar tayyorlashda; urug’larga, tuproqqa, o’simliklarga ishlov berishda,
ishlov berilgan uchastkalarda ishlashi yoki bo’lishi va h.k.) va bilvosita - o’simlik,
oziq -ovqat va ximikatlar bilan ishlov berilgan dalalardan olingan mahsulotlari
orqali, shuningdek hayvonot mahsulotlari orqali (go’sht, sut, tvorog, tuxum va
h.k.) va o’simlik mahsulotlari yem sifatida ishlatilganda ularning tarkibida nitrat va
pesticidlarning miqdori me’yoriy kirsatkich darajasidan yuqori bo’lsa. Pestisidlar
odam uchun mineral o’g’itlarga nisbatan xavfliroqdir. Ishlatilishiga qarab
pestisidlar insektisidlar (qurt-qumursqaga qarshi kurashish uchun), akaradsidlar
(kanaga), rodensidlar (zararli kemiruvchilarga), fungisidlar (zamburug’ kasalliklari
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
56
bilan), bakterisidlar (bakteriyalar), gerbisidlar (begona o’simliklarga) va boshqalar.
Pestisid va mineral o’g’itlar bilan zaharlanishni oldini olish (profilaktika
qilish) asosiy yo’llari, ular bilan ishlaganda me’yor, mehnat xavfsizligi va kollektiv
saqlanish vositalarini ishlatish; agrotexnikaga, ekinlarga qayta ishlov berish va
kimyoviy preparatlarni sarf qilish miqdoriga qat’iy rioya qilish; kimyoviy
ishlovlarni aholi yashaydigan joydan, molxonalardan, suv havzalaridan kerakli
uzoqlikda olib borish, shamolning ruxsat etilgan tezligida ishlov berish; hosilini
terib olishgacha ekinlarga berilgan ohirgi kimyoviy ishlov muddatini saqlash;
o’rganilgan va faqat ruxsat etilgan preparatlardan foydalanish. Granulalangan
shakldagi pestisidlardan foydalanish mehnat sharoitlarini yahshilashda ijobiy
natijalarni beradi.
Omborxona binolarida tabiiy va mexanik ventilyasiyalashni, omborchiga
alohida xona va qo’shimcha xonalar hojatxona, dushxona, shaxsiy xona vositalari
saqlanishi uchun, suv, sovun, sochiq, aptechkalar va boshqalar uchun.
Qoplangan va qoplanmagan mineral o’g’itlar alohida bo’limlarda saqlanadi.
Qoplanmaganlarni g’aram qilib balandligi 2 metrgacha (qotib qolmagan o’g’itlar 3
m gacha) to’plab qo’yiladi, qoplanganlari esa tagidan namlik o’tmasligi uchun
taglik qo’yib qoplarni bir-birini ustiga g’aram qilib taxlanadi. G’aram orasidagi
oraliqlar 3 m dan kam bo’lmasligi kerak, (mexanizmlarni ishlashi va odamlar
o’tishi uchun), g’aramlardan ombor devorigacha bo’lgan oraliq 1 m dan kam
bo’lmasligi kerak. G’aramning tepasi bilan omborning shipi orasidagi oraliq 0.4 m
dan kam bo’lmasligi kerak. Suyuq mineral o’g’itlar maxsus idishlarda saqlanadi.
Pestisidlar kimyoviy korxonalardan (bochkalarda, barabanlarda, konistrlarda,
yuqori bosimga bardosh beradigan ballonlarda, shisha idishlarida, qoplarda,
yashiklarda, qutilarda) keltiriladi va ularni faqat yassi yoki tirkab qo’yiladigan
poddonlarda, stellajlarda bir-birini ustiga qiyilib saqlanadi, har xil pestisidlar
boshqa-boshqa g’aramlarda saqlanadi, bular orasidagi masofa 1 m dan kam
bo’lmasligi kerak. Hamma turdagi idishlarning ustida preparatning nomi,
moddaning belgilangan ta’sirini foizi, pestisidning guruhi, xavfsizlik belgisi,
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
57
og’irligi netto, shuningdek "Yong’indan xavfli" yoki "Portlash xavf" bor va
ogohlantiruvchi chiziq razmeri 20-40 sm gerbisidlar qizil, defoliantlar oq,
nematosidlar qora, fungisidlar yashil, dorilovchi moddalar zangori, zoosidlar sariq
rangda bo’ladi. Omborchi pestisidlarni faqat xo’jalik rahbari yoki muovinining
yozma ravishda berilgan farmoyishiga asosan o’simliklarni himoya qilish ishlariga
javobgar shaxslarga bir kuniga yetarli miqdorda beriladi. Ish tugagandan keyin
qolgan pestisidlar va bo’shagan taralar qayta omborga topshiriladi. Ishdan chiqqan
qog’oz yoki yog’och taralarni maxsus maydonlarda yoqib tashlanadi. Omborga
keladigan va chiqadigan pestisidlar shnurlangan va raqamlangan kirim-chiqim
daftarida ro’yxatga olinadi va omborxonada saqlanadi.
Pestisidlarni transportda tashish javobgar shaxs ishtirokida, maxsus yoki shu
maqsad uchun moslashtirilgan transportda shaxs ishtirokida va faqat soz va yaxshi
yopilgan taralarda amalga oshiriladi. Agar tara buzilib ketsa, darhol transport
to’xtatiladi va buzuqlik tuzatiladi, buning uchun kerakli hamma materiallarga,
asboblarga va shaxsiy himoyalanish vositalariga ega bilish kerak.
Mineral o’g’itlarni tarasiz (uyma holda) transportda tashishga ruxsat etiladi.
Faqat changlanib ketish xavfini olgan holda (brezent bilan yopib qo’yish).
Suyuq o’g’itlarni ishlatish joylariga avtosisternalarda va yuk tashuvchi
mashinalar ustida hajmiy idishlarda yoki transport bochkalarida yetkazib beriladi.
Suyuq mineral o’g’itlarni transportda tashish uchun ishlatiladigan hajmli idishlar
zich yopiladigan bilishi kerak, havo kiradigan va saqlovchi klapanlarga, ajratuvchi
chizig’iga va yozuvchiga ega bilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |