Umumiy doc



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

termomagnit
usuli keng tarqalgan. Bu usul termomagnit 
konveksiya hodisasiga asoslangan. Agar tok bilan qizdirilgan o‘tkazgich bir jinsli 
bo‘lmagan magnit maydonga o‘rnatilsa, gaz aralashmasining xossasi kamayadi, shu 
sababli o‘tkazgich atrofida magnit maydonning kuchli erlaridan kuchsiz erlariga 
tomon aralashmaning harakati boshlanadi. Haroratning ko‘tarilishi sababli gazning 
magnit xossasi kamayadi, natijada gaz aralashmasining ichki oqimi vujudga keladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


192 
Bu oqimda qizigan gaz aralashmasi termomagnit konveksiya hodisasi sababli 
uzluksiz siqib chiqariladi. 6.3-rasmda termomagnit gaz analizatorining prinsipal 
sxemasi
keltirilgan. 
Tekshirilayotgan gaz aralashmasining harorati 
issiqlik almashtirgich 1 yordamida turg‘unlashadi. 
Aralashma sarfining doimiyligi o‘lchash o‘zgartkichi 
2 ni rotametr 3 orqali shuntlash yo‘li bilan 
ta’minlanadi. SHu sababli tizim kirishidagi gaz 
sarfining tebranishlari o‘zgartkichdan o‘tish tezligiga 
ta’sir qilmaydi, chunki a va b nuqtalar orasidagi 
bosimlar farqi doimiy bo‘lib qoladi. O‘zgartkichning 
gazli bo‘shlig‘i ko‘ndalang kanalli halqa kamera 4 
shaklida diamagnit materialdan ishlanadi. Kanalning 
kirish qismi doimiy magnit maydon orasiga joylashadi, uning ichida esa Rt 3, Rt 4 
ikki seksiyali platina chulg‘amlar o‘rnatiladi, bu chulg‘amlarning qarshiligi 
nomuvozanat ko‘prikning ikki elkasini hosil qiladi. Agar boshlang‘ich aralashmada 
kislorod bo‘lmasa, ko‘ndalang kanalda harakat bo‘lmaydi. Aralashmada kislorod 
bo‘lsa, uning molekulalari magnit maydoniga yo‘nalib, kanalga tortiladi. Rt
chulg‘amlar o‘lchash sxemasi manbaining toki ta’sirida 1OO...2OO°S gacha 
qizdirilgani sababli kanal 4 ga kelgan kislorod ham qiziy boshlaydi. Harorat 
ko‘tarilishi bilan magnitning kislorodga ta’siri kamayadi, shuning uchun gazning 
yangi qismi magnit maydon xududiga tortilib, qizigan kislorodni xalqa kameraga 
itaradi. 
Gazning hosil bo‘lgan konveksion oqimi issiqlikni asosan chulg‘amdan oladi, 
shuning uchun seksiyalar harorati har xil bo‘lib qoladi.
Rt 3 va Rt 4 qarshiliklarning tekshirilayotgan gaz konsentrasiyasiga mutanosib 
o‘zgarishi natijasida, ko‘prikning o‘lchash diagonalida nobalanslik signali paydo 
bo‘ladi. Bu signal shkalasi kislorodning foiz miqdorida darajalangan avtomatik 
potensiometr orqali o‘lchanadi. O‘lchash ko‘prigi stabillashgan ta’minlash 
6.3 – 
расм


Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə