245
sxemasi keltirilgan. Suyuqlik rezina tarnov va metall silfonlari 6 bo‘lgan
sirtmoqsimon quvur 1 dan o‘tadi. Sirtmoqsimon quvur pnevmoo‘zgartkichining
to‘sig‘i 2 bilan bog‘liq. Suyuqlik zichligi oshganda sirtmoqsimon quvurning vazni
ortadi va u pastga harakatlanadi, soplo 3 bilan to‘siq 2 oralig‘i kichrayadi,
o‘zgartkichdagi bosim ko‘tariladi.
Unifikasiyalangan pnevmatik signal kuchaytirgich 4 orqali silfon 5 ga uzatiladi
(teskari aloqa). Silfondagi bosim suyuqlik zichligining o‘zgarishiga mutanosib
o‘zgaradi va shkalasi zichlik birligida darajalangan ikkilamchi asbob bilan
o‘lchanadi. Asbob suyuqlikning zichligini sirtmoqsimon quvur to‘ldirilayotgan
paytdagi amaliy haroratda o‘lchaydi.
Vaznli zichlik o‘lchagichlarning afzalligi sirtmoqsimon quvur kesimining
doimiyligi va quvurdan suyuqlikning katta tezlikda o‘tishidir. Bu esa suyuqlik
tarkibidagi qattiq jismlarning sirtmoqsimon quvur tubiga (devorlariga) cho‘kishiga
yo‘l qo‘ymaydi. Sanoatda 500...2500 kg/m
3
o‘lchash chegaralariga mo‘ljallangan
vaznli zichlik o‘lchagichlar chiqariladi: O‘lchashdagi asosiy xatolik ±2%.
6.35- rasmda Toshkent davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari
yaratgan zichlik o‘lchagichning sxemasi keltirilgan.
U korpus va o‘lchash asbobi 2 dan iborat. Korpus nazorat qilinayotgan
suyuqlik solingan kamera 3, bufer suyuklik bilan to‘ldirilgan oraliq kamera 4 va
pnevmoo‘zgartkich vazifasini bajaradigan kamera 5 dan iborat. Zichligi
o‘lchanayotgan suyuqlik kamera 3 ga kirish shtuseri 6 orqali to‘xtovsiz kelib turadi
6.34-
расм
Dostları ilə paylaş: