Umumiy doc



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

Atmosfera bosimi
— er atmosferasidagi havo ustunining bosimi; uning 
qiymati barometrlar bilan o‘lchanadi, shuning uchun, bu bosim ko‘pincha 
barometrik
bosim deb ataladi. Agar mutlaq bosim atmosfera bosimidan kichik 
bo‘lsa, 
vakuum
(siyraklanish)
sodir bo‘ladi. 
R
v
=R
atm
-R
mut
(3.4) 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


104 
Bosim asboblari ishlash prinsipiga va o‘lchanayotgan kattalikning turiga ko‘ra 
quyidagi turlarga bo‘linadi. 
Bosim o‘lchaydigan asboblar ishlash prinsiplariga ko‘ra suyuqlikli
deformasion (prujinali), yuk-porshenli, elektr, ionli va issiqlik turlariga bo‘linadi. 
O‘lchanayotgan bosim kattalikgining turiga ko‘ra o‘lchash asboblari quyidagi 
turlarga bo‘linadi: 
1) manometr — mutlaq va ortiqcha bosimni o‘lchaydi; 
2) barometr — atmosfera bosimini o‘lchaydi; 
3) vakuummetr — berk idish ichidagi suyuqlik va gaz bosimining 
siyraklanishini o‘lchaydi; 
4) manovakuummetr — ortiqcha bosim va siyraklanishlarni o‘lchaydi; 
5) naporomer — kichik qiymatli ortiqcha bosimni o‘lchaydi; 
6) tyagomer — kichik qiymatli siyraklanishni o‘lchaydi; 
7) tyagonaporomer — kichik qiymatli bosim va siyraklanishlarni o‘lchaydi; 
8) differensial manometr — ikki bosim ayirmasini (bosimlar farqini) o‘lchaydi. 
Quyida sanoatda eng ko‘p tarqalgan usullar va asboblar ko‘rib chiqilgan. 
 
3.2-§. SUYUQLIKLI BOSIM O‘LCHASH ASBOBLARI 
 
Suyuqlikli bosim o‘lchash asboblarning
ishlash 
prinsipi o‘lchanayotgan bosimning suyuqlik ustunining 
gidrostatik bosimi bilan muvozanatlashishiga asoslangan. 
Asboblar 
turli 
ish 
suyuqliklari, 
ko‘pincha 
simob, 
transformator moyi, suv va spirt bilan to‘ldiriladi. 
Asboblarda tutash idishlar prinsipi qo‘llanadi. Ularda 
ish suyuqligi sathlari ular ustidagi bosim teng bo‘lganda mos 
tushadi, bosim teng bo‘lmaganda esa, suyuqlik sathi shunday 
xolatni egallaydiki, bir idishdagi ortiqcha bosim boshqa 
idishdagi suyuqlikning ortiqcha ustunining gidrostatik bosim 
bilan muvozanatlashtiriladi. Ko‘pgina suyuqlikli manometrlar 
P
2
2
1
мм
1
h
h
2
H
4
3
0
3.1 – 
расм

Икки
найчали
манометр
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


105 
ish suyuqligining ko‘rinadigan sathiga ega. O‘sha sath bo‘yicha ko‘rsatishlarni 
bevosita yozib olish mumkin. SHunday suyuqlikli asboblar guruhi borki, ularda ish 
suyuqligining sathi bevosita ko‘rinib turmaydi. Sathning o‘zgarishi qalqovichning 
siljishiga yoki boshqa qurilma tasniflarining o‘zgarishiga olib keladi. Bu tasniflar yo 
raqamli qurilmalar yordamida o‘lchanayotgan kattalikning bevosita ko‘rsatishini, 
yoki uning qiymatini o‘zgartirish va masofaga uzatishni ta’minlaydi. 
Suyuqlikli asboblarning ba’zi turlarini ko‘rib chiqamiz. 

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə