141
bo‘yicha darajalashga imkon beradi. Qarshilik termometrlarining ikki tirsagi R
1
va R
2
doimiy qarshilikdan iborat bo‘lgan ko‘prik tirsaklariga ulanadi.
Kalorimetrik sarf o‘lchagichlarning afzalliklari — yuqori aniqlik sinfiga ega
(xatosi ±0,5...1%); o‘lchash diapazoni katta (10:1); pulslanuvchi va kichik sarflarni
o‘lchash imkoni bor. Bu asboblarning kamchiligi — berilgan haroratlar farqi va
oqimni isitish uchun elektr quvvatinng doimiyligini avtomatik ravishda saqlash
murakkab. Kalorimetrik sarf o‘lchagichlar asosan gazlar sarfini o‘lchash uchun
ishlatiladi.
Gazlar sarfini o‘lchash uchun
ionli o‘lchash
usulidan foydalanish mumkin. Bu
usul quvurdan o‘tayotgan gazlarning radioaktiv nurlanish manbalari yordamida
davriy ionlanishiga asoslangan. Gazning ionlashgan qismi ma’lum vaqt o‘tgach (bu
vaqt gaz tezligiga bog‘liq) nurlanish qabul qilgichiga boradi va bu erda, tok impulsi
hosil bo‘ladi. SHundan so‘ng impuls kuchlanadi va bir qator o‘zgartishlardan so‘ng
sarf birligiga keltiriladi. SHu bilan birga harakatdagi oqimga vaqti-vaqti bilan izotopli
radioaktiv nishonlar kiritiladi. Bu nishonlardan chiqadigan impulslar qabul qiluvchi
qurilma orqali tutiladi va qator o‘zgartuvchi elementlar yordamida o‘lchash asbobiga
uzatiladi.
Ionli asboblar ishda g‘oyat qulay va ishonchli, ammo ularni ishlatish,
qo‘zg‘atish va ta’mirlash uchun maxsus xizmat xona, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar
talab qilinadi, radiaktiv nurlanishdan tegishli himoya kerak bo‘ladi. SHuning uchun,
amalda sarfni o‘lchash uchun neytral nurlanish, masalan, ultratovush nurlanish
ma’qulroq.
Dostları ilə paylaş: