147
4.15-rasmda bir sharrali (a) va ko‘p sharrali (b) hisoblagichlar sxemasi
ko‘satilgan. Bu hisoblagichlarda suyuqlik asbobning parraklariga tangensial ravishda
yo‘naltiriladi.
Parrakli
hisoblagichlar
agressiv
bo‘lmagan oqimda ishlasa va oqim harorati 30°S
dan oshmasa, ularning parragi plast-massadan
tayyorlanadi. Oqim harorati 90°S dan yuqori bo‘lsa,
parraklar jezdan tayyorlanadi.
4.8- §. SOCHILUVCHAN
MATERIALLAR VA DONALI BUYUMLARNING MIQDORINI O‘LCHASH
Turli xil sochiluvchan materiallarni o‘lchash va me’yorlash, sochiluvchan
buyumlarni hisobga olish vositalari texnologik jarayonlarni, ortish-tushirish ishlarini
va savdo-hisob operasiyalarini avtomatlashtirishda keng qo‘llaniladi. Bunday
o‘lchash vositalariga dozatorlar, tarozilar, va turli xil tenzorezistorli o‘zgartkichlar
kiradi.
Tarozi
— qattiq, sochiluvchan yoki suyuq moddalarning massasini o‘lchash
uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasidir. Tarozilar, odatda, tortish prinsipiga,
muvozanatlovchi
momentni
vujudga
keltirish
uslubi,
qo‘llanish
sohasi,
avtomatlashtirilganlik darajasi, tortish chegarasiga va xokazoga ko‘ra tasniflanadi.
Tortish prinsipiga ko‘ra tarozilar diskret (davriy) va uzluksiz ishlaydigan
tarozilarga ajraladi. Muvozanatlovchi momentni vujudga keltirish uslubiga ko‘ra
tarozilar ikki guruhga bulinadi: mexanik (shayinli va prujinali) va elektromexanik
tarozilar. Qo‘llanish sohasi va tortish chegararariga ko‘ra tarozilar umumiy vazifani
bajaruvchi laboratoriya tarozilariga, texnologik tarozilarga; avtomatlashtirish
darajasiga ko‘ra noavtomatik va avtomatik tarozilarga bo‘linadi.
Dozatorlar
— sochiluvchan (va suyuq) materiallarning massalari yoki
hajmlarini avtomatik o‘lchab beruvchi (dozalovchi) qurilmadir. Dozatorlar diskret va
uzluksiz ishlaydigan bo‘lishi mumkin. Diskret ishlaydigan (porsion) dozatorlar
asosan qurilmalarni balandligi bo‘yicha joylashtiriladigan texnologik jarayonlarda
qo‘llaniladi. Uzluksiz ishlaydigan dozatorlar qurilmalarni gorizontal joylashtirish va
а
б
4.15 –
расм
Dostları ilə paylaş: