Umumiy Ma'lumot



Yüklə 363,61 Kb.
səhifə2/2
tarix11.12.2023
ölçüsü363,61 Kb.
#145138
1   2
dilshodbek18k

I
QTISODIYOTI

Sh. – intensiv qishloq xoʻjaligiga ega boʻlgan yuksak rivojlangan industrial mamlakat; jahondagi yirik moliya markazlaridan va kapital eksport qiluvchilardan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 25%, qishloq xoʻjaligi niki 2,9%, moliya va sugʻurtaniki 25,4% ni tashkil etadi.

Sanoatida mashinasozlik va metallsozlik yetakchi tarmoq hisoblanadi. Mashinasozlik sanoati metall ishlovchi aniq stanoklar, temirpress asbobuskunalari, elektrotexnika buyumlari ishlab chiqaradi. Jahonda ishlab chiqariladigan soatning U2qismi shahriga toʻgʻri keladi. Kimyo, farmatsevtika, toʻqimachilik, tikuvchilik, trikotaj, poyabzal, qogʻoz, poligrafiya, oziqovqat (pishloq, shokolad va konsentratlar) sanoati rivojlangan. Toshtuz va qurilish materiallari qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 60,4 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi (ʻ/2qismi GESlarda, 2/5qismi AES larda).

Qishloq xoʻjaligining asosi chorvachilik (asosan, sut chorvachiligi) hisoblanadi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotining ¾ qismi chorvachilikka toʻgʻri keladi, qoramol, choʻchqa, qoʻy boqiladi. Parrandachilik rivojlangan. Dehqonchilikda bugʻdoy, arpa, qand lavlagi, kartoshka, yemxashak ekinlari ekiladi. Tokchilik rivojlangan. Togʻlarda yogʻoch tayyorlanadi.

Transportning turli xillari mavjud. Transport yoʻlilar hammasi elektrlashtirilgan boʻlib, ularning uz. 5 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 71,1 ming km. Kanat va osma yoʻllar ham bor. Reyn daryosi va koʻllarda kemalar qatnaydi. Eng yirik porti – Bazel shahri Syurix va Jenevada xalqaro aeroportlar bor. Xorijiy sayyoxlik rivojlangan (yiliga oʻrtacha 7 mln. Kishi kelibketadi).

Shveysariya chetga mashinasozlik va metallsozlik mahsulotlari, jumladan, soat, aniq priborlar, ximikat, toʻqimachilik mollari, kiyimkechak, oziq-ovqat va boshqalar chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, xom ashyo, jihozlar oladi. Tashqi savdoda Germaniya, Fransiya, Italiya, AQSH va boshqalar davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi – shveysariya franki.


Tarix




Shahrida yashagan odamlarning qadimiy qarorgohlari paleolit davriga mansub. Sh. Haqidagi birinchi yozma manbalar mil. Av. 2-asrga oid. Oʻsha davrda shahrining katta qismiga gelvetlarning kelt qabilalari kelib oʻrnashgan (shahrining qadimiy nomi – Gelvetsiya shundan kelib chiqqan). 496—536 yillarda Sh. Hududi Franklar davlati tarkibiga kirdi. 7-asrda aholini xristian diniga kiritish nihoyasiga yetdi. 10-asrda shahrining sharqiy, 1032—34 yillarda gʻarbiy qismi „Muqaddas Rim imperiyasi“ tarkibiga kirdi. 13-asr oʻrtalarida Gabsburglarga qarshi boshlangan kurash natijasida Shvits, Uri, Untervalden kantonlari 1291-yil 1-avgustda oʻzaro „abadiy ittifoq“ tuzib, „Muqaddas Rim imperiyasi“ doirasida Shveysariya konfederatsiyasiga asos soldi, 1499-yilda esa amalda mustaqil davlatga aylandi. 1513-yil 13 kantondan iborat federatsiya sifatida toʻliq shakllandi (1798-yilgacha mavjud boʻlgan). 1648-yilgi Vestfaliya sulhiga binoan Sh. Suveren davlat deb tan olindi. 16-asrda shahrida reformatsiya harakati tarqaldi. 18-asr oxirida shahrida sanoat va savdo birmuncha rivojlandi. 1798—1803-yillar Sh. Hududida Gelvetsiya respublikasi mavjud boʻldi. 1814— 15 yilgi Vena kongressi shahrining hozirgi davrdagi chegarasiga yaqin boʻlgan chegarani belgilab berdi va uni abadiy betaraf davlat deb eʼlon qildi. 19-asrning 30—40-yillari siyosiy tuzumni demokratlashtirish va mamlakatni markazlashtirish harakati avj oldi. 1848-yilgi konstitutsiya boʻyicha Sh. Kantonlarning uncha mustahkam boʻlmagan ittifoqidan yagona federativ davlatga aylandi. 1va Ikkinchi jahon urushi yillari Sh. Oʻz betarafligini tasdiqladi. Sh. Hududida turli xalqaro tashkilotlar joylashgan. Sh. 2002-yildan BMT aʼzosi. 1991-yil 23-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1992-yil 7-mayda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 1-avgust – Konfederatsiya tashkil etilgan kun (1291); 1899-yildan beri nishonlanadi.
Yüklə 363,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə