Umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich sinf amaliyotchisi ning 2-sinflar uchun Ona tili va o’qish savodxonligi



Yüklə 1,89 Mb.
tarix11.05.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#109697
3-sinf Ona tili va o\'qish savodxonligi fanidan Tashqi ko\'rinishga oid so\'zlar mavzusida dars ishlanma




____________ viloyati __________ tumani
Xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi
____-umumiy o’rta ta’lim maktabi
Boshlang’ich sinf amaliyotchisi
_____________________________ning
2-sinflar uchun
Ona tili va o’qish savodxonligi
fanidan



mavzusida dars ishlanmasi
Sana:__________________
Mavzu: Tashqi ko‘rinishga oid so‘zlar
Maqsadlar:
Ta’limiy: O`quvchilarni o`tilgan mavzu bilimlarini mustahkamlash va yangi mavzu bo`yicha yangi bilimlar berish ona tilidagi qoidalar va to`g`ri yozish ko`nikmalarini shakllantirish va ularning nutq ravonligi haqida ma`lumotlar berish

  1. b) tarbiyaviy: oʻquvchilarda berilgan rasmlar hamda savollar ustida ishlash orqali vatanga muhabbat hissini uygʻotish;

d) rivojlantiruvchi: oʻquvchilarning ogʻzaki nutq koʻnikmalarini rivojlantirish, mavzu doirasida lugʻat boyligi hamda yozma savodxonligini oshirish.
Milliy oʻquv dasturidagi malaka talablari bilan mosligi:
Ogʻzaki nutq : atrofdagilar bilan muloqotga kirisha olish, muloqot odobiga rioya qila oladi; rasmlar, odamlar, narsalar va voqealarni ogʻzaki tasvirlay oladi; oʻquv dasturida berilgan mavzular yuzasidan fikr bildira oladi;
Yozma nutq :boʻgʻin koʻchirish, bosh harflar imlosigа rioya qiladi
Tinglab tushunish: tinglangan monologik nutq va suhbatdan soʻzlovchining nutq ohangini belgilay oladi ; berilgan savolni tushunadi va mantiqli javob bera oladi jonli nutq, audiomatn shaklidagi matnlarning xulosasi va gʻoyasini ayta oladi
Lingvistik kompetensiya: boʻgʻin koʻchirish va bosh harflar imlosiga rioya qiladi; soʻzlarga soʻroq berish orqali ularni turkumlarga ajratadi va nutqda toʻgʻri qoʻllay oladi
Darsning metodi: ogʻzaki (suhbat, savol-javob)
Darsning vositalari: oʻquv dasturi, dars rejasi, darslik, mashq daftari, “Oʻqituvchi kitobi”, xattaxta, texnik jihozlar.
Shakl: jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Nazorat: O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.
Baholash: O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.
Darsning borishi:

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I.Tashkiliy qism:Salomlashish, yo’qlamaqilish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
II. O`tgan mavzuni mustahkamlash.O’quvchilarni bilim va ko’nikmalari tekshiriladi savollar orqali uyga berilgan vazifa so’ralib o’quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni:
Har bir rasmga diqqat bilan qarang.
✓ Rasmdagi odamlarning nima bilan mashg'ul ekanini ayting
✓ Rasmdagi narsalar nomini ayting
✓Odamlarning ko'rinishiga ta'rif bering


Sizningcha, yuqoridagi rasmlarda qaysi davr tasvirlangan? Rasmlardagi qaysi narsalarga qarab bunday xulosa chiqardingiz?


Tashqi ko'rinishga oid ushbu so'zlar kimga tegishli ekanini toping.

4 Tashqi ko'rinishga doir belgilardan foydalanib shaxslar haqida ikkitadan gap tuzing.
Namuna Mirzo Ulug'bek baquvvat odam bo'lgan.
Amir Temur Salobatli inson edi
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi: Doskada va mustaqil bajariladi. Mavzu yuzasidan o’quvchilarga tarqatmalar berilib savol javoblar o’tkaziladi.
V.O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`bat kartochkalari bilan rag`batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa: Topshiriqlarni bajaring

O`IBDO`: _____________________
Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə