Umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich sinf o’qituvchisi ning 4-sinflar uchun O’qish


Dars turi: Yangi bilim beruvchi, o’tgan mavzuni mustahkamlash.. Dars metodi



Yüklə 14,91 Mb.
səhifə26/47
tarix20.07.2023
ölçüsü14,91 Mb.
#119723
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47
O\'qish 4.4

Dars turi: Yangi bilim beruvchi, o’tgan mavzuni mustahkamlash..
Dars metodi:Ifodali o’qish, mantiqiy savol - javob.
Jihozi: Mavzuga doir ko’rgazma,tarqatmali savollar.
Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Manaviyat daqiqasini o’tkazish Kun yangiligi.
d) ingliz tili daqiqasi; respublic - respublika, hotel – mehmonxona.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilar bilan savol-javob o’tkaziladi. Dars davomida o’quvchilar rag’batlantirilib baholanadi.
1. Mangu olov nimaning ramzi ekanligini ayting.
2. Shoir uni nima uchun «Yuraklardan o‘chmaydi sira» deb ta’riflaydi?
III.Yangi mavzu bayoni:
M uallif haqida: Safar Barnoyev 1938 yilning 6 mayida Buxoro yaqinidagi Dilkusho qishlogʻida tugʻildi. 1959 yilda oʻrta maktabni bitirib, bir muddat qurilishda ishladi. Harbiy xizmatdan qaytgach, Toshkent davlat universitetining jurnalistika boʻlimida tahsil oldi.
Adib “Kamalak” nashriyotida, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida, Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligida, “Gulxan” jurnalida xizmat qildi.
Bir qator asarlari rus, ukrain, belorus, latish, moldovan, polyak, chex, arman, ozar, tojik, qozoq, qirgʻiz, turkman va qoraqalpoq tillariga tarjima qilindi.
ASKAR QAYTGAN KUN
Safar Barnoyev
Sarvi xolaning o‘g‘li urushdan keldi-yu, biz u bilan o‘ralashib qoldik. Xolaning o‘g‘li Qurbon aka urushdan ikki oyoqsiz qaytdi. Kelgan kuni xolaning uyida tantana bo‘ldi. Mahalladagilar topgan-tutganlarini xolanikiga olib chiqishdi. Biz uch-to‘rt kungacha Qurbon akaga yaqin lasha olmadik. Uzoqdan ko‘rib yurdik. Kelib-ketguvchi- larning oyog‘i tingach, bizga navbat keldi. Xola o‘g‘lini qo‘ygani joy topolmasdi. Qurbon aka oyog‘i yo‘qligini sezdirmaslik uchun kelgan-ketganlar oldida qornigacha ko‘rpacha tortib o‘tirardi. Uning ikki oyog‘i yo‘q edi. Bomba ostida qolibdi. Qurbon aka bilan til topishdik. U bizga o‘z o‘rtog‘iday muomala qilar, bizni birpas ko‘rmasa, xola orqali chaqirtirardi.
Qurbon akani ba’zida savolga tutamiz.
Urushda bizdaqa bolalar ham bo‘ldimi?
Siz nechta dushmanni o‘ldirdingiz?
O‘q tegmaydigan kiyim berishmadimi?
Siz o‘qdan qo‘rqmadingizmi?
O‘q tegsa odam o‘ladimi?Har kim istagan savolini beradi. Javobini kutadi. Ammo qancha so‘ramaylik, savol bermaylik Qurbon aka «so‘ramanglar» deydi.
Qurbon aka bizlarning o‘qishimiz bilan qiziqadi. Yomon baho olganimizni eshitsa: «Chakki bo‘libdi, chakki bo‘lib- di», — deydi. Biz bahomizni tuzatishga harakat qilamiz.
Imtihonlar bilan bo‘lib, Qurbon akadan xabar ololma- dik. Birinchi imtihondan muvaffaqiyatli o‘tib, uyga qay- tarkanman, esimga Qurbon aka keldi.
Xolaning uyiga boryapsizlarmi? Qurbon aka meni so‘ramadilarmi? — so‘radim Muhammaddan.
Borganim yo‘q, — dedi Muhammad, — uyda ishlarim ko‘payib ketdi.
Sen-chi? — dedim Sa’dullaga.
Buvim kasal bo‘lib qoldilar, shuning uchun borol- madim. Sizlar...
Uchalamiz bir-birimizga qarab qoldik.
Terga botib xolaning uyiga ketma-ket kirib keldik. Qurbon aka xolaning qo‘llari, peshonasini silab ho‘ng- ho‘ng yig‘lardi. Uchovimiz baravariga undan uzr so‘radik.
Kechirasiz aka, biz-la-r, biz... Qurbon aka ko‘zidagi yoshini artdi.
Kim keldi? — xola yotgan joyida o‘g‘lidan so‘radi.
Ukalarim, — dedi Qurbon aka. — Bizdan xabar olgani kelishibdi.
Xola yotgan joyida duo qildi:
Sendan xabar olgani kelishgan bo‘lsa, u dunyo, bu dunyo kam bo‘lishmasin.
Biz qanday qilib Qurbon akaning ko‘nglini olishni bilmasdik. Xatomizni yuvishga tayyor edik. Ammo qan- day qilib? Hozir nima qilsak, Qurbon akaning ko‘nglini ko‘taramiz?
Ukalar, yolg‘izlik yomon, — deydi Qurbon aka.
— Odam hovurini odam oladi. Yo‘qsa, yashashdan mazmun ham yo‘q.

Yüklə 14,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə