Umumiy pedagogika fanidan ma’ruza materiallari Tuzuvchi: pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori M. N. Sobirova


Imom at – Termiziy inson shaxsining axloqiy qiyofasi to’g’risida



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə8/121
tarix30.05.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#114266
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   121
умумий педагогика маъруза матнлари (1)

Imom at – Termiziy inson shaxsining axloqiy qiyofasi to’g’risida.

At-Termiziy (824-892 y.) Termiz shahrining SHerobod tumaniga yaqin Bug’ qishlog’ida tug’ilgan. U juda ko’p safarlar (Hijoz, Makka, Madina, Iroq, Xuroson)da bo’ladi. U ustozi al-Buxoriyni juda hurmat qilgan. Uning 10 dan ortiq asarlari jumladan: «Kitobash-shamoil an-nabiyya», «Al-ilal al-hadis» (hadislarda illat va og’ishlar haqida) asarlari mashhurdir. Uning yozib qoldirgan hadislari ham al-Buxoriy hadislari kabi kishini halollik, adolat, e’tiqod, poklik, mehnatsevarlik, muruvvatlilik, mehr-shafqat, kattalar va ota-onalarga, qarindoshlarga hurmat ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. U o’z vatanida 892 yili vafot etadi.
At-Termiziy hadislaridan shu narsa mahlumki, Islom aqidasiga ko’ra har bir musulmon iymonli bo’lishi kerak. Islomdan murod iymon demakdir. Iymon daraxtga tenglashtiriladi va uning 60 dan ortiq shoxlari bor bo’lib, har biri inson ma’naviy qiyofasining mukammallashuviga ta’sir etuvchi xislatdir.
Bular quyidagilardan iborat:

  1. «Qo’li bilan o’zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir».

  2. «O’zi yaxshi ko’rgan narsani birodariga ravo ko’rmaguncha hech biringiz chinakam mo’min bo’lolmaysiz».

  3. «Uchta xislatni o’zida mujassam qilgan kishining
    iymoni mukammal bo’lg’ay».

  • Insofli va adolatli bo’lmoq;

  • Barchaga salom bermoq;

  • Kambag’alligida ham sadaqa berib turmoq.

At-Termiziy ilm olishga alohida e’tibor beradi, ilmga e’tiborsizlik va nodonlikning avj olishi jamiyatning inqiroziga olib keladi, deydi: «Ilmning ofati unutishdir», uni noahil kishiga gapirish esa uni zoya qilishdir. Hadislarda ilmlarni takrorlab borish, faqat ilm olishga ishtiyoqmand kishilargagina ilm berish ta’kidlanadi.
«Ilm ibodatdan afzal va u taqvo dinining ustuvoridir» va b.q.
Mo’min kishiga vafotidan so’ng savob topib yetib turadigan amali solihlar:
1, Tarqatgan ilmi.
2. Qoldirgan solih farzandlari.
3, Meros qoldirgan «Qur’on»i.
4. Qurdirgan masjidi.
5, Yo’lovchilar uchun qurgan mehmonxonasi.
b. Qazigan arig’i.
7. Tirikligida va sog’lomligida sadaqa-ehson uchun ajratgan moli (243-hadis, at-Termiziydan).
SHulardan birontasini bajarsangiz ham oxiratda ajrini ko’rasiz.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə