Umumiy pedagogika



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə35/237
tarix28.11.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138461
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   237
3 КУРС УМК КЕЧКИ ЖУМАЕВ КУНДУЗ ШАРИПОВА

Axloqiy mavzudagi suhbat – tarbiyachi va tarbiyalanuvchi ishtirokini nazarda tutuvchi bilimlarni tizimli va izchil muhokama qilish metodidir. Suhbatning hikoyadan farqi shundaki, bu yerda tarbiyachi tarbiyalanuvchining ham fikrini tinglaydi va inobatga oladi. Bunday suhbat tenglik va hamkorlik ruhida kechadi. Unda axloqiy muammolar muhokama qilinadi.
Munozara – bu tarbiyalanuvchilar uchun qiziqarli mavzularda oʻtkaziladigan jonli va qizg‘in bahsdir. Munozara oldindan belgilangan va qatnashchilar e’tiboriga yetkazilgan 5–6 ta savol boʻyicha oʻtkaziladi. Tarbiyachi munozara ishtirokchilarini oʻzi belgilashi mumkin. U munozara ishtirokchilarini oʻz fikrlarini tartibga solishga, asoslashga oʻrgatishi lozim. Bu metod pedagogdan katta mahorat talab qiladi.
Namuna – oʻta ta’sirchan tarbiyaviy metod. Namuna taqlid qilish uchun aniq timsolni namoyon qiladi, shu boisdan, ongni, his – tuyg‘ularni va e’tiqodni faol shakllantiradi, faoliyatni tezlashtiradi. Namuna toʻg‘risida gapirganda, eng avvalo eng yaqin odamlar – Ota-onalar, tarbiyachilar nazarda tutiladi. Namuna faqat ijobiy emas, salbiy ta’sir koʻrsatishi ham mumkin.
2. Faoliyatni tashkil qilish metodlari
Qadimdan oʻzining samaradorligi bilan ma’lum boʻlgan va keng qoʻllanilib kelgan metod – bu mashq metodidir. Faoliyat ijtimoiy tajribani egallashning hal qiluvchi omilidir. Maqsadli faoliyatsiz talab qilinayotgan xulq-atvor turini shakllantirib boʻlmaydi.
Mashq faoliyatga jalb qilish yoʻli boʻlib, belgilangan harakatlarni avtomatik darajaga yetkazish maqsadida koʻp marta takrorlashdan iborat amaliy tarbiya metodidir. Mashqlar natijasi shaxsning barqaror sifatlari – malaka va odatlaridir.
Mashqlar samaradorligi quyidagi muhim omillarga bog‘liq:
mashqlar tizimi;
– ularning mazmuni;
imkoniyatga mosligi;
– hajmi;
– takrorlash sur’ati;
– nazorat va tuzatish ;
– tarbiyalanuvchilarning shaxsiy xususiyatlari;
– bajarish joyi va vaqti;
yakka tartibdagi, guruhlardagi va jamoaviy shakllari uyg‘unligi;
– mashqlar motivasiyasi va rag‘batlantirish.
Mashqlar tizimini rejalashtirishda tarbiyachi tarbiyalanuvchilarda qanday koʻnikma va odatlarni shakllantirmoqchi ekanini aniq tasavvur qilishi kerak. Tarbiyalanuvchilarda hayotda zarur boʻlgan, muhim va foydali sifatlarni shakllantirish lozim.
Talab – bu tarbiya metodi boʻlib, uning yordamida tarbiyalanuvchining u yoki bu faoliyati, ayrim sifatlarining namoyon boʻlishi rag‘batlantiriladi yoki toʻxtatiladi. Talab bevosita yoki bilvosita boʻlishi mumkin.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə