Umumiy pedagogika


Didaktik tamoyillarni ta’limning onglilik tamoyillariga qoʻllash shart-sharoitlari



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə49/237
tarix28.11.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138461
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   237
3 КУРС УМК КЕЧКИ ЖУМАЕВ КУНДУЗ ШАРИПОВА

7. Didaktik tamoyillarni ta’limning onglilik tamoyillariga qoʻllash shart-sharoitlari:
– oʻquvchilarning tafakkur faoliyatini, mantiqiy fikrlashini me’yorida rivojlantirish, obrazli fikrlashga, ularning shaxsiy tajribasiga tayanish; oldin oʻzlashtirgan bilimlar bilan yangilarining oʻzaro aloqasi; metod va usullarning xilma-xilligi, ularning ma’lum yirik mavzu chegarasida birlashishi;
– didaktik maqsadda mashg‘ulotlar tizimini ishlab chiqish va boshqalar.
Lekin bularning barchasi qator omillarga bog‘liq holda amalga oshadi.
1. Talabalar ongiga milliy g‘oyani singdirish tafakkurini yangilash orqali umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish.
2. Jahon umumbashariy qadriyatlari, oʻtmishda madaniyat rivojlanishida erishilgan yutuq va muvaffaqiyatlar asosida kelgusida bajariladigan ishlar koʻlamini belgilab olish.
3. Turli madaniyat shakllarining oʻzaro ta’sirini hisobga olgan holda umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan mustaqil taraqqiyot imkoniyatlaridan foydalanish. Bu borada jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv asosida umumbashariy qadriyatlarni oʻrganish va ta’lim jarayoniga kiritish imkoniyatlarining ortib borishi32.
4. Mamlakat iqtisodiyotidagi tub oʻzgarishlarning madaniyat sohasiga ham ta’siri, mamlakatlararo aloqalarning kengayishi.
5. Davlat siyosatida ma’naviy madaniyatning ustuvor yoʻnalishi kasb etganligininig shaxs umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishga ta’siri.
6. Milliy oʻzlikni anglash, vatanparvarlik, milliy iftixor tuyg‘usi shakllanishi boy milliy, tarixiy ana’analarga, xalqimizning intellektual merosga hurmatining ortib borishi.
Bularning barchasi umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishda madaniyatning quyidagi yuksalish mezonlariga asoslanish lozimligini belgilaydi:
1. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida yaratilgan ma’naviy qadriyatlar koʻlami va soni, ularning tarqalish darajasi, odamlar tomonidan oʻzlashtirilishi.
2. Ma’naviy madaniyatning barcha turlari bir tekis taraqqiy etishi.
3. Madaniy qadriyatlardan bahramand boʻlishda barchaning ishtiroki.
4. Madaniy boyliklarni yaratishda aholining barcha qatlamlari ongli ravishda qatnashishi.
5. Kishilarning madaniy yuksalishiga oʻz hissalarini qoʻshishlari uchun jamiyatda barcha imkoniyatlarning mavjud boʻlishi.
Yuqoridagi fikrlar asosida umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishga doir quyidagi mezonlarni tushunishimiz mumkin:
– umummadaniyatning mazmun-mohiyatini tushunishi;
– milliy va jahon xalqlarining madaniyatiga hurmat tuyg‘usi;
– oʻz-oʻziga hurmat;
– tarixiy ongning shakllanganligi;
– men va vandalizm (madaniy boyliklarni g‘orat qiluvchilarga qarshikurashi);
– ma’naviy va moddiy boyliklarga madaniy munosabat;
– tasavvur va fantaziya (men va mif);
– estetika va tarbiya (men va goʻzallik);
– axloqiy tarbiyalanganlik (boshqalarning holatini his etish);
– ma’naviyatlilik (men va mening qalbim);
– ekologik madaniyat (atrof – olamga munosabat);
– oʻz faoliyatida umummadaniy dunyoqarashni namoyon eta olishi.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə