Umumiy psixologiya fanidan 1-kurs psixologiya yo‘nalishi talabalari uchun 3-mustaqil ish. Mustaqil ish mavzusi



Yüklə 16,23 Kb.
tarix08.05.2023
ölçüsü16,23 Kb.
#109156
Umumiy ps 3-MT


Umumiy psixologiya fanidan 1-kurs psixologiya
yo‘nalishi talabalari uchun 3-mustaqil ish.


Mustaqil ish mavzusi: Diqqat, idrok va xotira tadqiqotlari.
Umumiy psixologiya fanidan 11-12-13-14-15 chi mavzularni tavsiya etilgan adabiyotlar asosida o‘rganing va quyidagi reja asosida yoriting.
Reja:

  1. Diqqat nazariyalari haqida ma’lumot.

  2. Idrok haqida 10 ta fakt.

  3. Xotirani tadqiq etishga qaratilgan metodika.



1-rejasi: Diqqat xususidagi mavzularni batafsil o’rganib chiqing va bu borada izlanishlar olib borgan olimlar haqida ma’lumot bering.

2-rejasi: (1-rejadagi ma’lumotning davomidan) Idrok mavzusidagi barcha ma’lumotlar bilan tanishib chiqing va siz muhim deb bilgan 10 ta fakt keltiring.
3-reja: Xotirani o‘rganishga qaratilgan 3 ta metodika toping. Topgan metodikalaringizni 3 nafar o‘g‘il bolalarda va 3 nafar qiz bolalarda o‘tkazib, gender farqlarni aniqlang. Ishingiz so‘ngida tahlil natijalarini taqdim eting.

Adabiyotlar ro`yxati:



  1. Vachkov I.V., Grinshpun I.B., Pryajnikov N.S. Vvedenie v professiyu «psixolog» Moskva, Voronej. 2002-2007 g.

  2. Mayers D.G. Psychology. Ninth Edition. - Worth Publishers, 2010. - 910 p.

  3. Muxamedova D.G., Mullabaeva H.M., Rasulov A.I. Umumiy psixologiya. Darslik. - Toshkent, “Mumtoz so'z” 2018. -2876


Mustaqil ishni o‘zingizga ishongan holda mustaqil ravishda bajaring. Mavzuni yoritishda Times New Roman shriftda, 14 kattalikda, 1,5 intervaldan foydalaning.

  1. Mustaqil ta’limni baholash mezoni: maksimal 25 ball.

  1. Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, jumladan, barcha rejalarni ilmiylikka asoslanib, xatolarsiz, kreativ yoritib bera olsa 21-25 ball bilan baholanadi.

  2. Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, lekin mustaqil ishda 3-4 ta xatolikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, 15-20 ball qo‘yiladi.

  3. Agar mustaqil ishni to‘liq bajarishga harakat qilsa va unda 5-8 ta xatolik bo‘lsa, 9-14 ball qo‘yiladi.

  4. Agar mustaqil ishda jiddiy qo‘pol xatolar mavjud bo‘lsa, 2-8 ball qo‘yiladi.

  5. Agar mustaqi ish mavzusi yoritilmagan bo‘lsa, 0-1 ball qo‘yiladi.

2. Mustaqil ishni belgilangan vaqtdan kechikmasdan jo‘natishingizni so‘rayman.
3. Topshirish muddati: 09.06.2023 yil, soat: 23:00.


ESLATMA: Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida mustaqil topshiriqni ppt yoki word variantda topshirishni ixtiyoriy etib belgilandi!
Omad yor bo’lsin!!!
Fan o‘qituvchisi: G.Eshonqulova.
Yüklə 16,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə