Umumiy psixologiya. Mavzu : Hayvonlar psixik faolyatining umumiy tavsifi



Yüklə 223,43 Kb.
səhifə3/3
tarix23.09.2023
ölçüsü223,43 Kb.
#123179
1   2   3
Niyozmetova Gulasal umum psix

Inson va hayvon xulqidagi umumiy va farqli jihatlarni tavsiflab, Vыgotskiy ta’kidlaydiki “oliy psixik funksiyalar inson biologik tipining o‘zgarishlarisiz rivojlanadi vaholanki, biologik tipning o‘zgarishi evolyusion tip rivojlanishing asosi hisoblanadi”. Inson psixik faoliyatining hayvonnikidan asosiy farqi, umummehnat tajribasi va u bilan bog‘liq insoniy nutq bilan bog‘liq bo‘lib, natijada ob’ektiv reallikni 2 planda aks ettiradi-hissiy va fikriy tushuchalar yordamida aks ettiradi, shuningdek, bevostia hissiy aks ettrishdan tashqari unda abstrakt-mantiqiy tafakkur ham mavjud. Aynan mana shu ongining mavjudligini ko‘rsatadi. Hayvonlarga bo‘lsa, hatto ularning yuqori rivojlangan vakillarida ham atrofdagi olamni faqat hissiy planda aks ettiradi, ikkinchi abstrakt-mantiqiy plan ularda mavjud emas. Biologlar turli tur va jinslarni o‘rganib “xulqning biologiyasi” tushunchasini kiritadilarki, asosiy markaziy o‘rinda instinktiv xulqning zamonaviy konsepsiyasi egalllaydi.

Ular funksional morfologiya, populyasiyali ekologiya, hayvonlarning sistematikasi, zoogeografiya, turli tadbiqiy tarmoqlar (hayvonshunoslik, ovchilik, baliqchilik, tabiatni saqlash, bionika va boshqalar) kabilarni o‘rganish bilan evolyusion ta’limga katta hissalarini qo‘shdilar. Zoopsixologlar xulqning psixik jihatlarini o‘rganishga, etologlar bo‘lsa biologik jihatlarini o‘rganishga diqqatini yo‘naltiradi. Bu 2 ta aspekt shartli ajratilgan, psixik faktorlarni hisobga olmay turib, xulqning biologik jihatlarini qamrab olishning ilojisi yo‘q.

Taniqli rus zoologi akademik A.N.Seversov ta’kidlaydiki, evolyusiya natijasida psixika aniq vaziyatlarda hal qiluvchi adaptiv rol uynaydi. SHuning uchun hayvon psixikasining rivojlanishi tarixiy zarurat hisoblanadi va aytish mumkinki, borliqni psixik aks ettirishlarsiz hayvonot dunyosining ham evolyusiyasi bo‘lmasdi. Zoopsixologiya fiziologiya bilan aloqadorlikda rivojlanadi. Zoopsixologiya asosiy metodi tabiiy holda kuzatish hisoblanadi. Rus zoopsixologi Ladigina-Kots 1917-1919 yillarda “muammoli qafas” metodi yordamida makaka maymunning motor ko‘nikmalarini o‘rgangan. U zoopsixolog hayvon nimani qiladi emas, shuningdek qanday bajaradi degan savolni o‘rganishi kerak, deb uqtiradi. U o‘ta ehtiyotkorlik bilan hayvonlarni ustida tajriba olib borgan. 1913-1914 yillarda hayvon xulqini o‘rganuvchi K.Gess va K.Frishlar arilarning ranglarni farqlashlarini o‘rganganlar. Gess arilarni qorong‘ida qo‘yib yuboradi va ular 2 xil rangga uchishi mumkin bo‘ladi, har xil rangli va turli yorug‘likdagi. Olim shuni aniqlaganki. Arilar to‘lqin uzunligidan qat’iy nazar, yorug‘roq manbaaga uchadilar. Bu tajribadan u arilar rangni ajrata olmaydilar degan, to‘xtamga keladi.

Frish bo‘lsa boshqacharoq tajriba o‘tkazib, qarama-qarshi xulosaga keladi. Uning tajribasida arilar yorug‘likda turli oq, qora va kulrang qog‘oz bo‘laklari orasidan rangli (masalan, sariq) ranglisini tanlaydilar. Bu bo‘lsa, arilarda rangni sezish qobiliyati borligini ko‘rsatadi. Gessning kamchiligi arilar uchun biologik noadekvat sharoit-qorong‘ida tajriba o‘tkazgani bo‘lgan. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, hayvonlar tashqi stimulga turli hayotiy vaziyatlardan kelib chiqib reaksiya bildiradilar. Labirint metodi. Muammoli qafas(yashik) metodi.


Yüklə 223,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə