Umumiy psixologiya


Yosh va pedagogik psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə114/169
tarix21.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#111840
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   169
Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nali

2. Yosh va pedagogik psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Yosh psixologiyasi umumiy psixologiya tarkibidan 19-asrning oxirida mustaqil bo`lib ajralib chiqqan .
Yosh davrlari psixologiyasi fanning predmeti turli yoshdagi odmlarning (bolalar, o`quvchilar,kattalar,erkaklar,ayollarning ontogenezda) tug`ilgandan umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi xamda o`zaro munosabati qonuniyatlarini o`rganishdan iborat.
Yosh psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o`ziga xos shaxsini tarkib topishini ilmiy jixatdan tadqiq qiladi.
Bola jamiyatning a’zosi, mukammal shaxs sifatida muayyan ijtimoiy muxitda kamol topar ekan, uning butun bilish jarayonlari,o`ziga xos xususiyatlari va ruxiy xolatlari, ongi rivojlanadi.
Bolaning psixik rivojlanishini kuzatgan psixologlar ( L.S,Vigotskiy ,P.P Blonskiy. A Vallon,J.Piaje)ning aniqlshcha ,mazkur rivojlanishning o`ziga xos xususiyatlariga ega bo`lgan senzitiv (qulay) davrlari mavjud bo`lib , ular bolaning o`zi yashab turgan muxitda tutgan urni, bilish jarayonlari,o`ziga xos xususiyatlari, xolatlari, shaxsi va ongining rivojlanishi darajasi bilan bog`liq b o`ladi .
Yosh davrlari psixlogiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topshi qonuniyatlari va turli yesh davrdagi odamlarda vujudga keladigon psixik faoliyat, xolat va yosh davrlari psixologiyasi inson psixikasining rivojlanishi bosqichlari t o`g`risidagi fandir .
Yosh davrlari psixalogiyasining inson psixikasinig riojlanish qonunyatlarini va xususiyatlarini xamda shu rivojlanishning bosqichlari xaqidagi fandir.
Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, xolat va shart- sharoitlarning o`zaro ta’siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir.
Kamolatning turli davrigi insonning yosh va jinsiy xususiyatlari xisobga olmay turib, yuqoridagi vazifalarni xal qilib b o`lmaydi.
Yosh psixologiyaning mustaqil bo`lib ajralib chiqshiga quyidagi xolatlar sabab bo`lgan:
1 Barcha fanlar negiziga kirib borgan evolyutsiya g`oyasining (Ch,Darvin) inson psixikasining rivojlanish jarayonida o`rganish zarurligi.
2. Umuminsoniy, umumpsixik qonuniyatlar turli yoshdagi odamlar xatti- xarakatini, psixik xususiyatlarini va bolalarning o`sishiga biror faoliyatning ta’sirini aniqlash uchun yetarli emasligini e’tirof etish.
3. Yosh davrlari psixalogiyasi insonning kamolati uchun metodologik va nazariy axamiyatga ega ekanligi tan olingani.
4. Turli yoshdagi odamlar (maktabgacha yoshdagi, maktab yoshidagi, o`rta va oliy o`quv yurti talabalari, ishchilar, xodimlar, qariyalar xar xil psixik xususiyatlarga ega ekanligi sababli tarbiya, ishlab chiqarish, ijtimoiy – ta’minot muassasalari, yetimxonalar, bolalar uylari, koloniyalar, maxsus maktablar, internatlar, distanserlar, qariyalar uylari, shifoxonalar) ning xodimlarida extiyojlar ortib borayotgani.
5. Tibbiyot fanining rivojlanishi, sohalarida tadqiqotlarning vujudga kelish, bu tadqiqotlar psixologiya bilan xamkorlikda olib borilishi kerakligi.
6. Xuquqshunoslik psixologiyasi va uning sohalari ijtimoiy xayotimizda sezilarli o`rin olayotgani, yoshlar o`rtasida qonunbuzarlik k o`payib borayotgani.
7. Amaliy psixologiyaning ijtimoiy – siyosiy tus olayotgani, o`z o`rnini topayotgani ( psixologik konsul’tatsiyalar, sotsial treninglar, ishbilrmonlik o`yinlari, professiogramma, psixodiagnostika ) .
8. Psixologiya fani soxalarining inson ontogenezidagi o`zgarishlarga doir, bilimlarga extiyoji va talabi ortayotgani ( xarbiy, sport, savdo, mehnat, kosmik, injenerlik, ijot, aviattsia psixologiyalariga aniq materiallar zarurligi).
9. Ekalogiya muammolari, zoopsixologiya vazifalari, millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirish, insonparvarlik g`oyalarining turmish tarziga olib kirish masalalarining dolzarbligi.
10. Oilaviy munosabatlarni yaxshilash, ajralishning oldini olish,inoqlik yaratish,yoshlarni turmushiga tayyorlash, o`z joniga qasd qilishxollarini bartaraf etish, oilada teng xukumlikni qaror toptirish,bolalar tarbiyasini yaxshilash vazifalari,
11. Inson uzoq umr k o`rishining sirlarini – gerantopsixologiya qonuyatlarini ochish va targ`ib qilish,.
Ma’lumki, g o`daklik davridagi oddiy sezishdan boshlanib, mantiqiy fikr yuritishgacha o`tadigan davr juda uzundir.Yosh davrlari psixologiya bolalarni o`uyidagi davrlarga bo`lib o`rganadi:
1.Chaqaloqlik davri tug`ilgandan to 1 oygacha .
2G o`daklik davri 1 oydan 1yoshgacha .
3 . Ilk bolalik davri 1yoshdan 3yoshgacha
4. Bog`cha yoshi davri 3yoshdan 7yoshgacha .
5. Kichik maktab davri 7yoshdan 11yoshgacha .
6.O`smirlik davri 11yoshdan 15 yoshgacha.
7. O`spirinlik davri 15-16 yoshdan 18 yoshgacha .
8. Talabalik davri 19 yoshdan 23 yoshgacha .
9 . O`rta yoshlilar davri 23 yoshdan 55 yoshgacha .
10. Keksalik davri 55 yoshdan umrining oxirigacha.
Xar bir davirga kiradigan kishilarning o`ziga xos psixoligik xususiyatlari b o`ladi,shuning uchun kishilarni davrlarga b o`linadi .

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə