Umumiy psixologiya


Adabiyotlar David G. Myers



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə113/169
tarix21.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#111840
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   169
Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nali

Adabiyotlar

  1. David G. Myers. Psychology. © 2010 by Worth Publishers.

  2. William James. The Principles of Psychology. © 2010 by University Adelaide.


9.Yosh va pedagogik psixologiya. Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi


Reja
1.Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari.
2. Yosh va pedagogik psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
3.Yosh va pedagogik psixologiya fanining asosiy muammolari.
4. Yosh va pedagogik psixologiya faniga oid ilmiy bilimlarning vujudga kelish tarixi.
5. Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot metodlari.
6.Yosh va pedagogik psixologiya fanining asosiy sohalari. Yosh va pedagogik psixologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
7.Yosh va pedagogik psixologiyadagi ilmiy maktablar.
8. Psixik rivojlanish haqida tushuncha, uning o‘ziga xos xususiyatlari. Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari.
9. Psixik rivojlanishning asosiy omillari. Yosh tushunchasi.
10.Psixik rivojlanishni davrlashtirish muammosi (qadimiy va zamonaviy tasniflar).
11.Yosh davrlarining etakchi faoliyat nuqtai nazaridan tasniflanishi haqida (D.B.Elkonin).
12.Psixik rivojlanishda yosh davri inqirozi muammosi.


1. Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari.
Milliy Dasturda e’tirоf etilgan yangicha mоdеldagi shaхsni kamоl tоptirish, yosh avlоd оngining ta’lim оlish davridagi rivоjlanish tеndеntsiyalaridan tоrtib, tоki yangicha o`qitish tехnоlоgiyalarini bоla tоmоnidan o`zlashtirishi va undagi aqliy, intеllеktual qоbiliyatlarga nеchоg`lik ta’sir ko`rsatayotganligini o`rganish, ma’naviy barkamоllik tamоyillarini maktabda va yangi tipdagi ta’lim muassasalarida jоriy etish ham shaхs psiхоlоgiyasini tеran bilgan хоlda o`qitishning eng ilgоr va zamоnaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etishni taqоzо etadi.
Yosh davrlari psiхоlоgiyasi fanining mavzu baхsi bоlaning tug’ilishidan bоshlab vоyaga yеtgunicha har psiхоlоgik rivоjlanishi, shaхsining tarkib tоpishi muammоlarini, ularning psiхоlоgik mехanizmlarini o`rganishdan ibоrat.
Yosh psixologiyasi kursining asosiy maqsadi - talabalarga aniq uning psixik xususiyatlarining paydo bo`lishi va ulg`ayish jarayonida bu xususiyatlar bola taqdiri oldindan belgilangan xususiyat emasligini ko`rsatib berishdan iboratdir.
Organizmning biologik yetilishi davrlariga ko`ra, yosh psixologiyasi, shu bilan birga, o`ziga xos xususiyati bilan takrorlanmaydigan shaxsning sotsial psixologik rivojlanishini ko`rsatadi.
Mana shu qonunlar umumiy psixologiyaning maxsus tarmog`i bo`lgan bolalar psixologiyasining predmetini tashkil qiladi. Yosh psixologiyasi, bolaning psixik xususiyatlari miqdor jixatidangina emas, sifat jixatidan xam rivojlanadi va o`zgaradi, degan qoidaga asoslanadi.
Har bir fanning o`z predmeta bo`lgani singari, yosh psixologiyasining xam o`zining tekshiradigan soxasi, o`zining predmeta bor. Agar umumiy psixologiya psixika haqidagi, psi-xikaning zodir bo`lishi va taraqqiyoti qonuniyatlari haqidagi fan bo`lsa, bolalar psixologiyasi turli yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti va psixologik xususiyatlari haqidagi fandir.
Yosh psixologiyasi muayyan yoshdagi bolalarga xos umu­miy xususiyatlarni emas, balki har bir bolaning shaxsiga xos bo`lgan individual xususiyatlarni ham o`rganadi. Shuning uchun maktabdagi ta’lim-tarbiya ishlari asoslanadigan fanlar orasida yosh psixologiyasi alohida o`rin tutadi.
Bola shaxsining tarkib topishidek murakkab masalani bola psixikasining taraqqiyot qonunlarini hisobga olmay hal qilib bo`lmaydi.
Yosh psixologiyasi bolaning psixik rivojlanishi qonuniyat­lari va psixikaning xususiyatlari- turli bosqichlardagi ri­vojlanishi haqidagi fandir.
Shunday qilib, yosh psixologiyasi turli yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishini va psixik xususiyatlarini o`rganadi.
Yosh psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonunlarini va turli yosh bosqichlaridagi bolaning rivojlanishida vujudga keladigan psixik faoliyat xususiyatla­rini aniqlashdan iboratdir.
Yosh psixologiyasi bu vazifalarni hal qilish bilan amaliy maqsadlarni nazarda tutadi va hal qiladi, ya’ni o`quv-tarbiya ishlarini yaxshilashga yordam beradi. Chunki bolalar­ning yosh xususiyatlarini hisobga olmay turib, bu ishlarni bajarishda yetarli darajada samaraga erishib bo`lmaydi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə