Umumiy qoidalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/360
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144896
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   360
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

1
1
1
2
2
2


47-modda. Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni
bajarmaslik
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni
tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga
yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(47-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-
629-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 75-moddasi 
uchinchi, to‘rtinchi qismlari
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil
davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(47-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-
629-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-
onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(47-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-
629-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu moddaning 
uchinchi qismida 
nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo
chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha
miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga
sabab bo‘ladi.
(47-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-
629-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə