Umumiy qoidalar


 -modda. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/360
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144896
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   360
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

47 -modda. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy
ta’minlashdan bo‘yin tovlash
Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni
moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal
qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki
oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga yoki bir yuz yigirma soatgacha haq
to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etishga yoxud ushbu Kodeksga muvofiq
ma’muriy jazolarning mazkur turlari qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga bazaviy
hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(47 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-
829-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u ma’muriy huquqbuzarlik
to‘g‘risidagi ishni ko‘rish jarayonida aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda
to‘lagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 
122-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi
Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 7-sonli “Sud hujjatlarini bajarishdan bo‘yin tovlash va ularning ijro
etilishiga to‘sqinlik qilish uchun jinoiy javobgarlikka doir qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi qarorining 15-bandi 
ikkinchi xatboshisi
.
47 -modda. Ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash
Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan
ota-onani yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlashi, ya’ni
ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim
bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga yoki bir yuz yigirma soatgacha haq
to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etishga yoxud ushbu Kodeksga muvofiq
ma’muriy jazolarning mazkur turlari qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga bazaviy
hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(47 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-
829-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u ma’muriy huquqbuzarlik
to‘g‘risidagi ishni ko‘rish jarayonida aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda
to‘lagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
(47 -47 -moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli 
Qonuniga
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 
123-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi
Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 7-sonli “Sud hujjatlarini bajarishdan bo‘yin tovlash va ularning ijro
etilishiga to‘sqinlik qilish uchun jinoiy javobgarlikka doir qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi qarorining 15-bandi 
ikkinchi xatboshisi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə