Umumiy tushunchalar Issiqlik o’tkazishinig asosiy tenglamasi Issiqlik o’tkazuvchanlik


Nur chiqarish orqali issiqlik almashinish



Yüklə 220,04 Kb.
səhifə6/11
tarix24.12.2023
ölçüsü220,04 Kb.
#159900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
7-ma\'ruza. (2)

Nur chiqarish orqali issiqlik almashinish. Harorati absolyut noldan yuqori bo’lgan jismlar nur orqali o’zaro energiya almashinishi mumkin. Bunday energiyaning almashinishi oqibatida harorati past bo’lgan jism harorati yuqori bo’lgan jismdan qo’shimcha energiya (issiqlik) oladi. Xarorati yuqori bo’lgan jismdan harorati past bo’lgan jismga o’tgan issiqlik miqdori energetik balans orqali aniqlanadi. Masalan, yuzalar F1 va F2 ga teng bo’lgan o’zaro parallel joylashgan tekis jismlar o’rtasidagi nurlanish orqali o’tgan issiqlik miqdori quyidagicha topiladi:
QN = S1-2 , (7.26)
bu yerda QN – birinchi jismdan ikkinchi jismga nurlanish orqali berilgan issiqlik miqdori; F=F1=F2 – jismning nur chiqarayotgan yuzasi; S1-2 – tekis jismlarning keltirilgan nur chiqarish koeffisiyenti.
Kattiq jism va suyuqliklar nur energiyasining hamma to’lqin uzunligi intervalida nurni yutishi va chiqarishi mumkin, gazlar esa nur energiyasining ayrim to’lqin uzunliklarinigina yutish va chiqarish hususiyatlariga ega. Gazlar nurni butun hajmi bo’yicha yutishi yoki chiqarishi mumkin, shu sababli nurlanish jarayoni gaz qatlamining qalinligi va gaz aralashmasi tarkibidagi nur chiqarish qobiliyatiga ega bo’lgan gazning miqdoriga bog’liqdir.
Gazning nurlanish issiqligini quyidagi tenglama orqali topish mumkin:
Qr = εr C0 (7.27)
bu yerda εr – gazning nisbiy nur chiqarish koeffisiyenti; Tr – gazning absolyut harorati. Gazlarning nisbiy nur chiqarish koeffisiyentlarining qiymati maxsus adabiyotlarda keltirilgan.

7.5. Konvektiv issiqlik almashinish


Suyuqlik yoki gazning harakati paytida konvektiv issiqlik almashinish yuz beradi. Bunda issiqlikning tarqalishi bir yo’la konveksiya va issiqlik o’tkazuvchanlik usullari yordamida amalga oshadi. Konveksiya deyilganda suyuqlik yoki gaz makroskopik hajmlarining siljishi paytida issiqlikning haroratlari turlicha bo’lgan bir qismidan boshqa qismiga o’tishi tushuniladi. Konveksiya faqat harakat qilayotgan muhitda yuz berishi mumkin, chunki bunda issiqlikning tarqalishi muhitning siljishi bilan bog’liqdir.
Suyuqlik yoki gaz oqimi va ularga tegib turgan jism yuzasi oralig’ida issiqlikning tarqalishi konvektiv issiqlik almashinish yoki issiqlikning berilishi deb ataladi. Harakatlanuvchi muhitdagi konvektiv issiqlik almashinishda haroratlarning o’zgarish sxemasi 7.5-rasmda berilgan. Suyuqlik
muhiti ikki qatlamdan iborat bo’ladi: chegara qatlami va oqimning markazi. Qattiq jism yuzasidagi haroratni tg, oqim markazidagi haroratni tm, chegara qatlam qalinligini δ bilan belgilaymiz.
Qattiq jism yuzasidan chegara qatlam orqali energiya issiqlik o’tkazuvchanlik yo’li bilan o’tadi. Chegara qatlamdan muhitning markaziga issiqlik asosan konveksiya orqali tarqaladi. Issiklikning qattiq jism yuzasidan suyuq muhitga berilish jarayoniga oqimning harakat rejimi katta ta’sir ko’rsatadi.


Q




Yüklə 220,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə