Umumiy tushunchalar Issiqlik o’tkazishinig asosiy tenglamasi Issiqlik o’tkazuvchanlik


Issiqlik berish va o’tkazish koeffisiyentlarining qiymatlari



Yüklə 220,04 Kb.
səhifə9/11
tarix24.12.2023
ölçüsü220,04 Kb.
#159900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
7-ma\'ruza. (2)

7.6. Issiqlik berish va o’tkazish koeffisiyentlarining qiymatlari
Sanoat uskunalarida olingan issiqlik berish va issiqlik o’tkazish koeffisiyentlari (α va K) ning taxminiy son qiymatlari 7.1 va 7.2 – jadvallarda berilgan.
7.1-jadval. Issiqlik berish koeffisiyentining taxminiy qiymatlari

Issiqlik berish sharoitlari

α, Vt/m2·K



Turbulent rejimda:
suvning quvur o’qi bo’ylab harakati
suvning quvurni ko’ndalang kesib o’tgan harakati



1000 – 5500


3000 – 10000

havo (gaz) ning quvur o’qi bo’ylab harakati
havo (gaz) ning quvurni ko’ndalang kesib o’tgan harakati



50 – 150

100 – 300



Quvur o’qi bo’ylab laminar harakatda:
suv uchun
havo uchun



300 – 430


10 – 20

Suvning erkin harakati

350 – 900

Suvning qaynashi

2000 – 2400

Suv bug’ining kondensasiyalanishi

9000 – 15000

Organik suyuqliklarni isitish va sovitish

140 – 400

Organik suyuqliklarning qaynashi

300 – 3500

Organik suyuqliklar bug’larining kondensasiyalanishi

230 – 3000

7.2-jadval. Issiqlik o’tkazish koeffisiyentining taxminiy qiymatlari

Issiqlik almashinishining


turi va muhit

K, Vt/m2·K

majburiy harakat

erkin
harakat

Oddiy bosimda gazdan gazga

12 – 35

3,5 – 12

Gazdan suyuqlikka

12 – 60

6 – 17

Kondensasiyalanayotgan bug’dan gazga

12 – 120

6 – 12

Suyuqlikdan suvga

200 – 400

100 – 300

Suyuqlikdan organik suyuqlikka

120 – 300

30 – 60

Kondensasiyalangan bug’dan suvga

500 – 1000

300 – 800

Kondensasiyalanayotgan bug’dan organik suyuqlikka

100 – 350

60 –180

Organik moddalar kondensasiyalanayotgan bug’idan suvga

350 – 800

230 – 450

Kondensasiyalanayotgan bug’dan qovushoqli suyuqlikka



300 – 500



7.7. Issiqlik jarayonlarining harakatlantiruvchi kuchi
Muhitlar haroratlari o’rtasida biror farq bo’lgandagina, issiqlik harorati yuqori bo’lgan muhitdan harorati past bo’lgan muhitga o’tadi. Bunda haroratlar farqi issiqlik almashinish yuzasi bo’ylab o’zgaradi, ya’ni ular bir xil qiymatga ega bo’lmaydi. Shu sababli issiqlik almashinish jarayonlarini hisoblashda o’rtacha haroratlar farqi Δto’r degan tushuncha ishlatiladi. Muhitlarning o’rtacha haroratlar farqiga issiqlik almashinish jarayonlarining harakatlantiruvchi kuchi deb yuritiladi.
Suyuqliklar haroratlarining issiqlik almashinish yuzasi bo’yicha o’zgarishi muhitlarning o’zaro yo’nalishiga bog’liq. Issiqlik almashinish uskunalarida issiq va sovuq suyuliklar o’zaro parallel, qarama-qarshi yoki o’zaro kesishgan bo’lishi mukin. Bulardan tashqari, amalda issiqlik tashuvchi agentlarning ancha murakkab sxemalari ham uchraydi.
Issiqlik tashuvchi agentlarning yo’nalishi bir yoki qarama-qarshi tomonga yo’nalgan bo’lganda (7.6-rasm), o’rtacha haroratlar farqi quyidagi tenglama bilan topiladi:
, (7.35)
bu yerda Δtka va Δtku – issiqlik almashinish uskunasining chetlaridagi haroratlarning katta va kichik farqlari. Haroratlarning bu farqlari quyidagicha aniqlanadi:
Δtka = tI1 – tI2 ; Δtku = tII1 – tII2 ;
yoki Δtka = tII1 – tI2 ; Δtku = tI1 – tII2 .
Agar Δtka/Δtku < 2 bo’lsa, o’rtacha temperaturalar farqi quyidagi tenglama bilan topiladi:
Δto’r = . (7.36)
Bunday hisoblashda xatolik 4 % dan ortmaydi.
(7.35) tenglamadan ko’rinib turibdiki, agar Δtka=0 va Δtku=0 bo’lsa, Δto’r=0; agar Δtka=Δtku bo’lsa: Δto’r = Δtka = Δtku .




t'1

t'2



Yüklə 220,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə