Umumiy tushunchalar. Tokarlik guruhi stanoklarining asosiy tiplari


Tokarlik-Iobovoy va karusel stanoklari



Yüklə 217,26 Kb.
səhifə4/6
tarix30.12.2023
ölçüsü217,26 Kb.
#166866
1   2   3   4   5   6
1404541823 54023.dochhhhhhhhh

Tokarlik-Iobovoy va karusel stanoklari


Tokarlik-Iobovoy stanoklaridan katta diametrli (5 m gacha) kalta zagotovkalarga yakka buyurtmali ishlab chiqarish sharoitida ishlov berishda foydalaniladi. Zagotovka planshaybaga kulachoklar, qisqichlar va boltlar yordamida mahkamlanadi (10.2-rasm.).
1A693 modelli tokarlik-lobovoy stanogining xarakteristikasi quyi-dagicha:

Ishlov berish aniqligi va ish unumdorligining pastligi, zagotov-kani o'rnatishning qiyinligi sababli bu stanoklar kam uchraydi.
Tokarlik-karusel stanoklari katta diametrli, ammo nisbatan kichik uzunlikka ega boigan og'ir maxovik, g'ildirak, korpus tipidagi zago­tovkalarga o'rta va yirik mashinasozlik korxonalarida ishlov berish uchun mo'ljallangan. Zagotovka vertikai o'q atrofida aylanuvchi doiraviy stol (planshayba)ga mahkamlanadiki, u zagotovkani o'rnatish va tayyor detalni bo'shatib olish ishlarini ancha osonlashtiradi. Karusel stanoklari (10.2-jadval) ikki turda chiqariladi: -bir stoykali (planshaybaning diametri 1,6 m gacha, ikki-vertikal 5 pozitsiyali revolver kallakli va yon supportlariga ega); modellari 1541, 1512, 1А512МФЗ, 1516, 1А516МФ4.
-ikki stoykali gacha, uch supportli—ikkitasi vertikai,
uchinchisiyon); modellari 1A531, 1553, 1525... (10.3-rasm).






Tokarlik-revolver stanoklari

Tokarlik-revolver stanoklari seriyali ishlab chiqarishda chiviq tipi-dagi yoki ayrim zagotovkalardan diametri va uzunligi uncha katta bo'lmagan detallarni tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bu stanoklar universal tokarlik stanogidagi orqa babka o'rniga revolver kallagiga ega bo'lib, kesuvchi asboblar (keskich, parma, zenker, razvyortka va boshqalar) kallakning o'yiqchalariga mahkamlanadi.


Revolver kallagi burilish o'qiningjoylashishi bo'yicha ikki turda-gi stanoklar bo'ladi:
1) Revolver kallagi vertikal o'q atrofida buriladigan stanoklar (10.4-rasm); bu stanoklarda revolver supportidan tashqari tokarlik stanogidagidek oddiy support ham bo'lib, bo'ylama va ko'ndalang su-rishlarga ega.


Bir vaqtning o'zida bo'ylama va revolver supportlarga o'rnatilgan asboblar ishlov berishda qatnasha olishi mashina vaqti (Z0) ning qisqa-rishiga olib kelib, ish unumdorligi ortadi. Chiviq zagotovkalar sanga tipidagi qisqichlar yordamida, donali zagotovkalar esa patron yoki maxsus qisuvchi moslamalar yordamida mahkamlanadi.Bu tipdagi stanoklarning modellari: 1M36, Ш365.
birga bo'ylama surish harakatini ham oladi; shuning uchun bu stanoklar­da oddiy supportga zarurat qolmaydi. Bu tipdagi stanoklar universal tokarlik-revolver stanoklari hisoblanadi. Surish qutisidan harakat sup­port mexanizmiga yurgizish vali orqali uzatiladi.
Bu tipdagi stanoklarning modellari: 1336M, 1A341.
1A341 modelli universal tokarlik-revolver stanogida ko'p asbobli sozlashni bajarish mumkin. Stanok komandoapparat deb ataluvchi boshqarish uzeliga ega bo'lib, shpindelning aylanish chastotalarini avtomatik tarzda tanlash, revolver kallagini zarur boigan pozitsiyaga burish va uni surish harakatlarini cheklash kabi operatsiyalarni amal-ga oshiradi. Bundan tashqari stanokda chiviqni surish va qisish uchun gidravlik mexanizm, konussimon yuzalarga ishlov berish uchun ko-pir lineykasi, rezba kesish moslamasi bor.
Bu stanokning texnik xarakteristikasi quyidagicha:




Yüklə 217,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə