Umumiy va yer osti gidravlikasi



Yüklə 213 Kb.
səhifə1/5
tarix20.09.2023
ölçüsü213 Kb.
#122659
  1   2   3   4   5
Sillabus. Umumiy va yer osti gidravlikasi. 2022-2023 (2)



UMUMIY VA YER OSTI GIDRAVLIKASI


FANINING SILLABUSI

Bilim sohalari:

300 000 – Ishlab chiqarish texnik soxa



Ta’lim sohalari:

310 000 – muhandislik ishi



Ta’lim yo‘nalishlari:

5311700 – Foydali qazilma konlari geologiyasi,qidiruv va razvetkasi jihozlari (Neft va gaz konlari)



Qarshi 2022 y


Fanning sillabusi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Kengashida 202___ yil «____»._____________ dagi «____» sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan va ________________ raqam bilan ro‘yxatga olingan fan dasturi asosida tuzilgan.



Tuzuvchilar:

ass. M.B.Zaripov








Kurs:

Umumiy va yer osti gidravlikasi

Kurs turi:

majburiy

Kurs kodi:

UYOGID2408

Yil:

2

Semetsr:

4

Ta’lim shakli:

kunduzgi

Mashg’ulotlar shakli va ajratilgan soatlar:

120

Ma’ruza

30

Amaliy mashg’ulotlar

16

Laboratoriya mashg’ulotlar

14

Mustaqil ta’lim

60

Kredit miqdori:

4

Baholash shakli:

yakuniy nazorat

Kurs tili:

o’zbek



Kursning maqsadi (KM)



KM1

Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda mantiqiy, algoritmik, abstrakt fikrlash, gidravlik taffakkurini shakllantirish va rivojlantirish, o‘zining fikr-mulohaza, xulosalarini asosli tarzda aniq bayon etishga o‘rgatish hamda hozirgi zamon elektron hisoblash mashinalari yordamida vertual labaratoriyadan foydalanish bo‘yicha egallangan bilimlar bo‘yicha, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.




Kursni o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan boshlang’ich bilimlar

1

Suyuqlik muvozanatining defferensial tenglamalari, muvozanatdagi va harakatdagi suyuqlik qonunyatlari, Real suyuqlikning harakati oqimi, O’tkazgich quvurlarning sarfi, asosiy hisoblash formulalari;

2

Darsi qonuni bo‘yicha ideal gazning tekis radial filtratsiya oqimi, Ko‘p fazali sistemalar filtratsiyasi, Filtratsiya protsesslarini modellashtirish;


TA’LIM NATIJALARI (TN)




Bilimlar jihatdan:

TN1

- gidrostatika - suyuqliklarning muvozanat qonunlarini o‘rganadi va bu qonunlarni amaliyotda muhandislik masalalarini yechishga tadbiq etish;




Ko’nikmalar jihatdan:

TN2

- gidrodinamika - suyuqliklarning harakat qonunlarini o‘rganadi va bu qonunlarni amaliyotda muhandislik masalalarini yechishga tadbiq etish.




KURS MAZMUNI

Mashg’ulot shakli: Ma’ruza (M)

M1

Umumiy va yer osti gidravlikasi faniga kirish va asosiy tushunchalar. Gidrostatik bosim va uning xossalari.

M2

Sath sirti va gidrostatikaning asosiy tenglamasi. Tinch holatda bo’lgan suyuqlikning silindrik devordagi bosim kuchlari.

M3

Suyuqlik harakatini ifodalovchi usullar. Ideal suyuqlikning elementar oqimchasi va to’liq oqimi uchun Bernulli tenglamasi. Real suyuqlikning harakati oqimi uchun Bernulli tenglamasi.

M4

Suyuqlik harakatining rejimlari. Reynolds soni va uning kritik qiymati.

M5

Suyuqlikning tekis harakatidagi oqimining o’rtacha tezligi va sarfi. Suyuqlikning turbulent rejimli harakati.

M6

Suyuqlik o’tkazgich quvurlarning gidravlik hisobi. Paralell ulangan quvurlar hisobi.

M7

Suyuqlikning kichik teshik va naychadan oqib chiqishi. Suyuqlikning ko’milmagan naychadan oqib chiqishi. Sistema sarf koeffitsiyenti.

M8

Markazdan qochma nasos so’ruvchi o’tkazgich quvurining hisobi.

M9

Filtratsiya nazariyasi to‘g‘risida asosiy tushunchalar. Neft va gaz qatlamlaridagi flyuidlar filtratsiyasining differensial tenglamasi.

M10

Siqilmaydigan suyuqlikning g‘ovak muhitdagi barqaror harakati. Quduqlar intenferensiyasi. Mukammal va nomukammal quduqlar. Naporsiz filtratsiya.

M11

Siqiluvchan suyuqlik va gazning g‘ovak muxitdagi barqaror harakati. Siqiluvchan suyuqlikning g‘ovak muhitdagi nobarqaror filtratsiyasi. Elastik suyuqlikning bir o‘lchamli filtratsiya oqimlari.

M12

Gazning g‘ovak muhitdagi nobarqaror harakati. Suyuqlik va gazlarni o‘zaro siqib chiqarish.

M13

Ko‘p fazali sistemalar filtratsiyasining nazariy asoslari. Nonyuton suyuqliklarning filtratsiya xususiyatlari.

M14

Suyuqlik va gazlarning yoriqsimon va yoriqsimon-g‘ovak muhitlarda harakatlanishi. Yoriqsimon va yoriqsimon-g‘ovak qatlamda suyuqlik va gazning bir o‘lchamli filtratsiyasi.

M15

Gidravlik jarayonlarni modellashtirish asoslari. Filtratsiya protsesslarini modellashtirish usullari.

Mashg’ulot shakli: Amaliy mashg’ulot (A)

A1

Suyuqlik va gazlarning asosiy fizik xossalariga doir masalalar yechish.

A2

Gidrostatikaning asosiy tenglamasiga doir masalalar yechish.
Gidrostatik bosim kuchini topishga doir masalalar yechish.

A3

Ideal suyuqliklar uchun Bernulli tenglamasiga doir masalalar yechish.
Real suyuqliklar uchun Bernulli tenglamasiga doir masalalar yechish.

A4

Suyuqliklar harakatining ikki rejimiga doir masalalar yechish.

A5

Quvurning uzunlik bo'yicha bosim yo'qolishiga doir masalalar yechish.

A6

Darsi chiziqli filtratsiya qonuni. Filtratsiya va o‘tkazuvchanlik koeffitsienti.
Darsi qonunining qo‘llanish chegaralari.Filtratsiyaning chiziqli bo‘lmagan qonunlari. Reynolds kriteriyasi

A7

Chiziqli bo‘lmagan filtratsiya qonunlari.
Siqilmaydigan suyuqlikning to‘g‘ri chiziqli – parallel harakati. Siqilmaydigan suyuqlikning bosimli tekis radial harakati.Mukammal quduqqa oqib kirishi. Dyupyui formulasi.
Siqilmaydigan suyuqlikning Darsi qonuniga ko‘ra radial- sferik harakati.

A8

Nuqtali oqim potensiali. Quduqlar interferensiyasi.
Suyuqlikning nomukammal quduqlarga oqib kirishi. Ekvivalent filtratsiya qarshiliklar usuli.
Tekis parallel harakatning asosiy tenglamalar sistemasi.Filtratsiya nazariyasi tekis masalasining kompleks o‘zgaruvchi funksiya nazariyasi bilan bog‘liqligi.


Yüklə 213 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə