Umumta’lim maktablarida chizmachilik fanini oʻqitilish texnalogiyasi va rivojlanishi. Farg‘ona davlat universiteti



Yüklə 49,74 Kb.
səhifə1/2
tarix17.12.2023
ölçüsü49,74 Kb.
#150013
  1   2
Muhammadjon maqola


Umumta’lim maktablarida chizmachilik fanini oʻqitilish texnalogiyasi va rivojlanishi.
Farg‘ona davlat universiteti
Tasviriy san’at kafedrasi o’qituvchisi M.O’rinov
ANNOTATSIYA
Maktab chizmachilik kursi mazmuni: oʻquvchilarning texnikaviy tafakkurini, fazoviy tasavvurini rivojlantirish, ijodiy va bilish faoliyatini faollashtirish, umumiy hamda politexnik bilimlarni chuqur egallash, tabiat va texnikani koʻrgazmali idrok etish, predmetlarni obrazli-belgili modellash vositasida ularning tuzilishi hamda fazoviy munosabatlarni chuqurroq bilish, shu bilan birga koʻz bilan koʻrib boʻlmaydigan jarayonlar va hodisalarni sinchiklab oʻrganish kabi bir qator jarayonlarni oʻzida aks ettiradi.
Annotation. The content of the school drawing course: development of students' technical thinking, spatial imagination, activation of creative and cognitive activities, in-depth acquisition of general and polytechnical knowledge, visual perception of nature and technology, deeper knowledge of their structure and spatial relations by means of symbolic modeling of objects, at the same time it reflects a number of processes, such as the careful study of processes and phenomena that cannot be seen with the naked eye.
Аннотация. Содержание школьного курса рисования: развитие технического мышления учащихся, пространственное воображение, активизация творческой и познавательной деятельности, углубленное овладение общетехническими и политехническими знаниями, наглядное восприятие природы и техники, более глубокое знание их строения и пространственных отношений посредством символического моделирования предметов одновременно отражает ряд процессов, таких как тщательное изучение процессов и явлений, которые невозможно увидеть невооруженным глазом.
Kirish. Mustaqil respublikamiz hayotida yuz berayotgan tub oʻzgarishlar va fan-texnika taraqqiyotining jadal sur’atlar bilan oʻsib borishi, insoniyat faoliyatining barcha jabhalari qatori grafik ta’lim mazmunini ham yangilashni va takomillashtirishni talab qilmoqda. Ma’lumki, oʻquvchilarning grafik ta’lim asoslari bilan tanishtirish va uning egallash jarayoni maktab chizmachilik kursi mazmuni orqali amalga oshiriladi. Maktab chizmachilik kursi mazmuni: oʻquvchilarning texnikaviy tafakkurini, fazoviy tasavvurini rivojlantirish, ijodiy va bilish faoliyatini faollashtirish, umumiy hamda politexnik bilimlarni chuqur egallash, tabiat va texnikani koʻrgazmali idrok etish, predmetlarni obrazli-belgili modellash vositasida ularning tuzilishi hamda fazoviy munosabatlarni chuqurroq bilish, shu bilan birga koʻz bilan koʻrib boʻlmaydigan jarayonlar va hodisalarni sinchiklab oʻrganish kabi bir qator jarayonlarni oʻzida aks ettiradi.
Bulardan tashqari chizmachilik bilan shugʻillanish bolalarda mustaqillikni, kuzatuvchanlikni va umumiy mehnat madaniyatini elementlari boʻlgan tartibli-aniq, saramjon-sarishtalik bilan ishlash qobiliyatini tarbiyalaydi hamda nozik did fazilatlarini tarqsb toptiradi. Mana shu nuqtai nazardan oʻquvchilarga grafik ta’lim berish nihoyatda dolzarbdir.
Taniqli grafik olim A.D.Botvinnikov ta’kidlaganidek,-“Chizmachilik metodikasi bolalarining grafik tayyorgarlik mazmunini, metodlarini va vazifalarini belgilab beruvchi, umum ta’lim maktablarining umumiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, oʻqitish jarayonining samarali tashkil etish shakllari hamda vositalarini ishlab chiquvchi fandir”.
Chizmachilik metodikasi ikkiga, umumiy va xususiy metodlarga boʻlinadi. Uning umumiy metodikasida nazariy asoslari, maktabda chizmachilik oʻqitishning maqsadi, vazifalari, mazmuni va tuzilishi; oʻqitishning tashkil qilish shaklini, metodlarini va vositalarini (oʻquv-koʻrgazmali qoʻllanmalarni, jihozlarni) tanlab olish, ishlab chiqish va tadqiqot qilish; tushunchalarni aniqlash hamda chizmachilikni boshqa oʻquv predmetlar bilan aloqasi va boshqa shu kabi masalalar koʻriladi.
Xususiy metodikasida esa, dastur mazmuni va uning mavzularini ketma-ketlikda oʻrganish, tushunchalarni saralash usullari, koʻrgazmali qoʻllanmalardan, grafik va amaliy ishlar mazmunidan foydalanish yuzasidan tavsiyalar berish kabi bir qator masalalar koʻriladi. Boshqa fanlar qatori chizmachilik metodikasi ham didaktika bilan yaqindan bogʻliq boʻlib, ta’limning umumiy qonuniyatlari-chizmachilik oʻqitish qonuniyatlarining asosidir. Ularning aloqalari oʻzaro bir-birlari bilan bogʻliq boʻlib, ta’limning umumiy nazariyasi, ijobiy yutuqlari chizmachilikning samarali oʻqitilishida oʻzlashtirilib, xususiylashtirilib boriladi.
Tabiiyki, Dars oʻquv tarbiyaviy jarayonining toʻla yaxlitligini ifoda etib, didaktikaning toifalari va elementlaridan tarkib topgan barcha elementlarini oʻzida aks ettiradi. Darsning tarkibiy komponentlari unga qoʻyilgan talablar va tashkil etish sharoitlaridan kelib chiqqan holda rivojlantirilib, takomillashtirilib boriladi.
Oʻquv-tarbiyaviy jarayoni toʻgʻri va samarali tashkil etishda, zamonaviy didaktikaning umumiy talablaridan kelib chiqib, ishlab chiqilgan darsni tashkil etish qoidalari hamda mazmuni, tuzilishi, metodlari va turlari kabi bir qator uning komponentlari katta ahamiyatga ega. Dars komponentlarining har biri oʻziga xos xususiyatlarga va ta’rifga ega boʻlib, ularning rivojlantirish hamda takomillashtirishga katta e’tibor qaratilgan.
Bularning barchasi yuqorida aytib oʻtilganidek, chizmachilik metodikasida oʻzlashtirilib, uning rivojlanish asosini tashkil etarkan, oʻz navbatida bir necha yillardan buyon grafik ta’lim sohasida ilmiy-metodik ishlar jarayonida yigʻilgan ilmiy dalillar va tadqiqotlar umumdidaktikani boyitishga, yangi umumlashmalar manbasini vujudga kelishiga va uning rivojlanish sharoiti-imkoniyatini kengayishiga xizmat qilib kelmoqda.
Grafik ta’lim tarixiga nazar solsak, u dastlab, Oʻrta Osiyoda eramizdan bir necha yuz yillar avval IV asrlarda shakllana boshlagan. IX-asrlarda Sharqning oʻrta asr buyuk mutafakkir olimlari Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali inb Sinolar tomonidan jismlarni toʻgʻri burchakli va yaqqol koʻrinishini tasvirlashga vint chizigʻini (rezba) yaratilishiga asos solingan boʻlsa keyinchalik esa, chizmakashlik hunarmandchiligi Kamoliddin Behzod(1455-1535), Ahmad Donish(1827-1897) kabi bir qancha buyuk musavvirlar, tasviriy san’at namoyondalarining ijodiy faoliyatlari davomida rivojlantirib borilgan. Oʻrta asrlardagi Sharq me’morchilik qurilmalari paydo boʻla boshlagan davrlardan boshlab muhandislik grafikasi badiiy grafika tarkibida tasviriy san’atning bir turi sifatida shugʻullanilib, juda koʻplab tajribalar yigʻilgan. Lekin, ma’lum sabablarga koʻra muhandislik grafikasining nodir durdonalaridan faqat ayrimlarigina avloddan-avlodga oʻtib kelgan xolos.
1943 yili prof.A.A.Semenov me’morchilikka oid chizmalar va rasmlarni topib. materiallarni tadqiqot oʻtkazish uchun prof. N.B.Baklanovga topshirgan. Mazkur chizmalar yuzasidan oʻtkazilgan laborotoriya tahlillari XVI asr yodgorliklarini qaysi yillarga mansub ekanligini aniqlashga erdam bergan.
Chizmachilikni oʻqitilishi asosan shu tarzda davom ettirilgan. Oktyabr inqilobidan ancha keyin 1930 yilda fabrika-zavod yetti yillik maktablari uchun nashr qilingan chizmachilik dasturi, oʻquvchilarning grafik tayyorgarligini yaxshilash yoʻlida ilgari qoʻyilgan muhim qadam boʻldi. Bu dasturdagi talablar hayotiyligi tufayli juda koʻp vaqtlargacha oʻz ahamiyatini yoʻqotmay bordi.

  1. geometrik chizmachilik;

  2. proyeksion chizmachilik;

  3. aksonometriyadagi chizmachilik;

  4. asliga qarab chiziladigan chizmachilik.

1932 yilda chizmachilik mustaqil predmet sifatida ajralib chiqdi. Oʻsha yildagi dastur ham matematika bilan aloqada boʻlishini nazarda tutgan va u quyidagi toʻrtta asosiy boʻlimdan tarkib topgan edi:
1934 yilda oʻrta maktablar uchun chizmachilik darsligi V. O.Gordon tomonidan nashr qilinib, u “Texnikaviy chizmachilik asoslari”- deb nomlanib, eng birinchi oʻquv qoʻllanma sifatida foydalanilgan. Oʻsha yillardagi oʻquv rejaga koʻra chizmachilik 6-10 sinflarda oʻqitilgan.
1935-36 oʻquv yilining oʻquv rejasida chizmachilikni oʻqitish mazmuni va metodikasida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻldi. Dasturda avvalgi, inqilobgacha boʻlgan an’anaviy mazmunga qaytilib, koʻproq geometrik yasashlar, chizish koʻnikmasini va malakalarini egallash nazarda tutilgan.
1947-1948 oʻquv yilida chizmachilik oʻqitish metodlari qayta koʻrib chiqilib,uning borliq mazmuni ikki qismga VII va VIII-X sinflarga taqsimlangan. VII sinfda oʻquvchilar chizma asboblari chizma asboblari bilan ishlashni, geometrik yasashlarni oʻrganib, predmetlarni tekislikda tasvirlash usullari bilan tanishgan boʻlsalar, VII1-X sinflarda esa, asosiy kursni, geometrik, proyeksion chizmachilik va chizma geometriya elementlarini oʻrganar edilar.
1960 yilning yakunida umumta'lim maktablarining mazmuni metodlarini qayta koʻrish boshlandi. VI-VIII sinflar uchun chizmachilik oʻqitish dasturi qayta koʻrib chiqilib, 1972-73 oʻquv yilidan yangi ishlab chiqilgan dasturga oʻtish moʻljallangan boʻlsada u amalga oshirilmadi. Lekin, 1975 -76 oʻquv yilidan boshlab oʻquvchilarning mehnat-politexnik tayyorgarliklarini, bilimlarini oshirish va har tomonlama qiziqishni hamda bilish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida uchta har biri 70 soatga moʻljallangan IX-X sinflar uchun fakultativ kurslar joriy qilindi.
Keyinroq 1980-81 oʻquv yilidan boshlab, VII-VIII sinflar uchun yangi ishlab chiqilgan dastur boʻyicha oʻqitila boshlandi. Oʻquv rejaga binoan 7-8 sinflarda haftasiga bir soatdan jami 68 soat ajratilgan boʻlib, chizmachilik kursining umumiy maqsadi va vazifalari oʻzlashtirilmay, oʻquvchilarning chizmalarni oʻqish va bajarish malakasini rivojlantirishdan iborat boʻlgan. Dastur tarkibidan “Sirtlarning gʻadir-budirligini belgilash”, “Tishli gʻildirak va uzatmalarni tasvirlash” va boshqa shu kabi murakkab mavzular chiqarilib yuborilgan.
1986-1987 oʻquv yilida chizmachilik kursining mazmuniga jiddiy oʻzgartirishlar kiritildi va chizmachilikning oʻqitilishi avvalgi holatiga VII- sinfga qaytib oʻtdi. Dastur va darsliklar oʻquvchilarning yosh hususiyatini hisobga olgan holda yangilash maqsadida uning mazmuni qayta koʻrib chiqildi. Bunda bir muncha murakkabroq mavzular chiqarilib yuborilib, oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantiruvchi topshiriqlarning yangi turlari ishlab chiqildi.
1999-2000 yildan boshlab Oʻzbekistonda chizmachilik 8-9 sinflarda haftasiga 1 soatdan oʻqitila boshlandi.
Chizmachilik kursining mazmuni va metodlarini yillar davomida bunday oʻzgarib borilishi mutaxassis oʻqituvchilar, metodistlar va tadqiqotchi-olimlar tomonidan oʻquvchilarning grafik savodxonligini oshirish yoʻlida olib borgan ilmiy izlanishlari, doimiy ravishda oʻtkazib turilgan chuqur tahlillari hisobiga amalga oshirilib borilgan. Shuning uchun ham grafik ta'lim samaradorligini oshirishga, oʻquvchilarning bilim va malkalarini chuqurlashtirishga oʻzining ilmiy-tadqiqotlari, metodik hamda oʻquv - dasturiy qoʻllanmalari bilan katta hissa qoʻshgan metodist olimlarning ishlarini koʻrsatib oʻtish maqsadga muvofiqdir.
Professor A.D.Botvinnikov dastlab, “Politexnik ta'lim tizimida grafik bilimning roʻli va ahamiyati” mavzusida fan nomzodlik dissertasiyasini, keyinroq esa, “Grafik faoliyat” mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qildi va bular asosida chizmachilikni oʻqitish metodikasiga oid oʻnlab oʻquv qoʻllanmalar yaratdi. Uning tahririyati ostida nashr qilingan, umumta'lim maktablarining 7-8 sinflari uchun dastur va darsliklar 1968 yildan 1995 yilga qadar (stabil) turgʻun oʻz vazifasini bajarib keldi.
Shu bilan birga u chizmachilik metodikasini rivojlantirish sohasida ilmiy tadqiqot olib borgan: L.M.Gosudarskiy, V. A. Gerver, V. N. Vinogradov, I. A. Roytman, V.A.Kovolenko, Yu. F. Kozlova, A.Umronxoʻjaev, G.M.Tubayev, M.A.Kosolapov, I.M.Ryazansova, E.T.Jukova kabi bir qator tadqiqotchi-olimlarga ilmiy rahbarlik qilish yoʻli bilan ham grafik ta'lim mazmunini va metodikasini boyitishga katta hissa qoʻshgan.



Yüklə 49,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə