muhim ahamiyatga egadir. Guruh, jamoa, sinf, mahalla, jamiyat bilan olib
boriladigan har bir ishni qulay, “tezbitar”, lekin sifatli va foydali natija kelti-
radigan vosita, uslublari hamda yangicha yo‘llarini topish va tashkil qilish
tashkilotchidan maxsus bilim, hayotiy va kasbiy tajriba, ixtirochilik kabi xislatlarni
Sport sohasida bolalarni muayyan sport turiga qiziqtirish, jismoniy tarbiya va
sportni sog‘liqni mustahkamlovchi vosita ekanligini ular ongiga singdirish, sport
maktabiga qabul qilish, mashg‘ulot, musobaqa va sport bayramlarini o‘tkazishda
trenerning tashkilotchilik qobiliyati ustuvor o‘rin tutadi. Iste’dodli sportchilarni
tayyorlash, seleksiya ishlarini amalga oshirish, jamoaning tarkibiy a’zolarini
tanlash, sport uskunalari, jihozlari va anjomlarini mashg‘ulotga tayyorlash
trenerning aynan tashkilotchilik qobiliyatiga bog‘liqdir. Bolalarni sport turiga
tanlash uchun trener oldindan iqtidorli va iste’dodli bolalarni izlash dasturini ishlab
25
chiqadi. Ana shu dasturga asosan u maktabgacha ta’lim muassasalarida,
umumta’lim maktablari, mahallalarda ota-onalar, o‘qituvchilar va faxriylar
yordamida qobiliyatli bolalarni izlab topishga qaratilgan ishlarni tashkillashtiradi.
Bunday bolalarni sportga qiziqtirish maqsadida suhbat, mulo-qotlar o‘tkazadi,
musobaqalarni tomosha qilishga taklif etadi, yetakchi sportchi-chempionlar bilan
tanishtiradi, kezi kelsa ko‘rgazmali musobaqalar uyushtiradi.
Dastlabki sport tayyorgarligi bosqichidan toki ko‘p yillik sport trenirov-
kasining barcha davrlarida trener o‘z o‘quvchilari, shogirdlari va jamoasini
muzeylarga, tabiat quchog‘iga, umumxalq bayramlariga, tarixiy obidalar, ulug‘
ajdodlarimiz yashab o‘tgan, o‘lmas meroslar qoldirgan maskanlarga sayr-
sayohatlarga olib borish ishlarini amalga oshiradi.
Agar trenerda sport trenirovkasiga doir nazariy bilim va amaliy ko‘nik-malar
yetarli shakllangan bo‘lsa, mashg‘ulotlarni mahorat bilan o‘tkazish qobiliyati
mujassam bo‘lsa-yu, lekin unda tashkilotchilik qobiliyati yetarli bo‘lmasa, shu
jarayonlarda ko‘zlangan natija kutilganidek bo‘lmaydi, shug‘ul-lanuvchilar
biryoqlamalik yondashuvga moslashib qoladi, ularda, masalan, mustaqil fikr
yuritish, tashabbus ko‘rsatish, vaziyatga mos kombinatsiyalarni o‘z vaqtida tashkil
qilish qobiliyati sayqal topmaydi. Shuning uchun ham trenerning yuksak
tashkilotchilik qobiliyati namuna sifatida o‘z shogirdlariga ham ko‘chishi mumkin.
Trenerning tashkilotchilik funksiyasi tarkibiga mashg‘ulot o‘tkazish joyini
oldindan zarur jihozlar, uskunalar, anjomlar, kerak bo‘lsa texnik vosita va
moslamalar, trenajyorlar bilan ta’minlash ishlari ham kiradi.
Ta’kidlash joizki, trenerning tashkilotchilik faoliyati guruhga yoki jamoaga
qanday yondashuv asosida rahbarlik qilish samaradorligi bilan ham belgilanadi.
Bir qator mualliflar tomonidan chop etilgan manbalarga qaraganda, jamoani
boshqaruvchi trenerlar o‘zining ontogenetik va psixo-pedagogik xususiyatlariga
qarab bir-biridan keskin farq qiluvchi uch toifaga bo‘lingan ekan (A.I. Korx, 2000;
M.V. Sanaya, 2010).
Birinchisi –
Dostları ilə paylaş: