Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   317
fayl 2055 20211105

 

 

2.5. Ijodkorlik funksiyasi 


 

28 


 

 

“Ijod” yoki “ijodkorlik” psixointellektual xislat sifatida inson bosh miya-sida 



joylashgan  nerv  hujayralari  va  to‘qimalari  faoliyatining  mahsulidir.  “Ijod” 

“yaratish”, “ixtiro qilish”, “yangilik kiritish”, “yangicha fikrlash” kabi tushun-cha 

va ma’nolarni anglatadi. 

“Ijod”,  “ijodkorlik”  qobiliyati  ko‘pchilik  pedagog-tadqiqotchilar  tomonidan 

o‘rganilgan (G.D. Babushkin, 1993; B.D. Kretti, 1998; M.I. Stankin, 1998; A.Ya. 

Korx, 2000; M.V. Sanaya, 2005; N.A. Goncharova, 2005; E.A. Seytxalilov, 2006; 

E.A. Seytxalilov, M.I. Stolyarenko, 2008; B.Yu. Shomu-ratova, N.M. Turabayeva, 

2010; B.B. Ma’murov, 2016). 

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazib kelgan G.D. Babushkin (1993) 

trenerlarga  xos  ijodkorlik  faoliyatining  tarkibiy  qirralarini  aks  ettiruvchi  ierarxik 

tuzilmasini (tasnifiy andozasini) ishlab chiqqan (4-rasm). 

 

 



 

4-rasm. Sport trenerining ijodkorlik faoliyati tuzilmasi. 

 

Muallifning  fikriga  ko‘ra,  trenerning  ijodkorlik  faoliyati  tuzilmasiga 



(tarkibiga)  assotsiativ  (xotira  ma’nosida)  potensialning  kengligi,  biror  faoliyat 


 

29 


 

turiga undash, shablon (ko‘chirma)ga qarshilik ko‘rsatish, bir xillik fikr yuritishdan 

voz  kechish,  borliqni  oldindan  payqash,  tanqidiy  xulosaga  kelish  kabi  xislatlarni 

kiritish ijodni yanada jadallashtiradi. Uning ta’kidlashicha, ijodkorlik faoliyatining 

“jonlanishi”  trenerning  ijodga  shaylanishidan  boshla-nadi,  mashg‘ulot  jarayoniga 

yangilik  kiritish  bilan  bog‘liq  ijod  loyihasi  yaratiladi.  Ushbu  jarayon  vaziyatli 

muammolarni  tamomila  yangicha  yondashuv  asosida  hal  qilish  yo‘lini  izlash 

motivatsiyasi  orqali  amalga  oshiriladi.  Trenerning  ijodiy  faoliyati  o‘quv-

mashg‘ulot  jarayonidan  tashqari  vaqtlarda  kechadi,  degan  muallifning  fikri 

mutlaqo to‘g‘ridir. 

Ijodiy  fikrlash jarayoni asosiy  muammoni  hal qilishga qaratilishi  lozim ekan. 

Bu  borada  B.Yu.  Shamuratova  va  N.M.  Turabayevalar  (2010)  trenerda  aniq, 

tanqidiy, keng miqyosli fikr yuritish, obrazga kirish, bashorat qilish, ixtirochilik va 

qiziquvchanlik xislatlari mujassam bo‘lmog‘i lozim, deb ta’kidlashadi. 

G.B.  Abdurasulova  va  Kim  Eur  Jung  (2008)lar  tomonidan  trenerning  ijodiy 

faoliyati  haqida  e’tirof  etilgan  ehtimol  diqqatga  sazovordir.  Ularning  fikricha, 

trenerning  ijodiy  faoliyatida  mashg‘ulot  va  musobaqa  jarayonlarini  kuzatish,  ro‘y 

berayotgan  vaziyatlarni  qiyosiy  tahlil  qilish  sirlarini  bilish,  raqobatda  yuzaga 

kelayotgan  holatlarni  ijodiy  yondashuv  asosida  baholash  foydali  natijaga  erishish 

imkonini  yaratadi.  Chunki  sport  musobaqalarida,  ayniqsa  sport  o‘yinlari  bo‘yicha 

o‘tkazilayotgan  uchrashuvlarda  g‘alaba  nafaqat  jamoaning  tayyor-garligi  yoki 

musobaqalashayotgan  raqiblarning  mahorat  nisbati  bilan  belgi-lanadi,  balki  ko‘p 

jihatdan  ijodiy  fikrlaydigan  va  innovatsion  g‘oyalarni  o‘zida  mujassam  qilgan 

trenerning rahbarlik qilish qobiliyatiga ham bog‘liqdir. 

Trenerning  ijodiy  faoliyatiga  qaratilgan  bundanda  e’tiborli  va  foydali  fikrni 

E.A.  Seytxalilov  va  M.I.  Stolyarenko  (2008)lar  ilgari  suradilar.  Ularning  ta’kid-

lashicha,  mashg‘ulotlarda  yuksak  samara  beruvchi  texnologik  yondashuvlarni 

qo‘llash  uchun trener o‘zining boshqaruvchilik  faoliyatida  xususiy pedagogik  ijod 

potensiali bilan “qurollangan” shaxsiy fikrga ega bo‘lmog‘i lozim ekan. 

Shubha  yo‘qki,  trenerning  ijodi,  uning  ijodkorlik  qobiliyati,  motivatsion-

ijodchilik  xususiyati  u  rahbarlik  qilayotgan  jamoa  faoliyatida  “o‘zining  foydali 



 

30 


 

ishini  ko‘rsatadi”.  Ammo  bu  –  mashg‘ulot  yoki  musobaqa  jarayonida  o‘zaro 

hamjihatlik bilan ishtirok etuvchi sportchilar ham ijodkor bo‘lmasa, ijodiy fikrlash 

qobiliyatiga ega bo‘lmasa, trener tomonidan har bir sportchi va jamoaga yuklangan 

ko‘rsatmalar  amalga  ijodiy  joriy  etilmasa  ko‘zlangan  natijaga  erishish  uchun 

yetarli bo‘lmaydi (A.Ya. Korx, 2000; E.A. Seytxalilov, 2006; M.V. Sanaya, 2010; 

Ye.R.  Yuzlikayeva,  2012;  Yu.D.  Jeleznyak,  2013;  A.P.  Argunova,  T.N.  Petrova, 

2017). 


Savol  tug‘iladi:  ijodkorlik  qobiliyati  nimadan  tarkib  topadi  va  qanday  ichki 

mexanizmlar asosida amalga oshiriladi? Birinchi bosqichda ijodkorlik qobi-liyatini 

amalga oshirish quyidagi ichki mexanizmlardan tarkib topadi: yangilikni his qilish, 

odatdagidan  o‘zga  narsani  sezish,  qarama-qarshi  vaziyatlarga  jiddiy  e’tibor 

qaratish,  tanqidiy  yondashish,  qiyosiy  tahlil  qilish,  o‘zida  ijodiy  “shubha” 

uyg‘otish  (“bu  nima”  refleksi  –  refleks  “chto  takoe”),  ichki  kurashni  “eshitish”, 

“bilimga  chanqov”  (informatsiya,  jajda)  va  to‘g‘ri  qaror  qabul  qilish  nuqtasini 

aniqlash. 

Ijodkorlik  qobiliyati  ikkinchi  bosqichda  quyidagi  ichki  mexanizmlar  asosida 

amalga  oshiriladi:  ichdan  sezish  (intuitsiya),  ijodiy  obrazga  tushish,  “o‘tkir  aql”, 

ilhomlanish,  emotsional  faollik,  ustuvor  (dominant)  motivatsiya,  taqqoslash  va 

vaziyatga mos foydali tanlov. 

Uchinchi  bosqichda,  ya’ni  ijodkorlik  qobiliyatini  “tashqi  muhitga  chiqish” 

bosqichida – uni amalga oshirish o‘zini-o‘zi tanqid qilish, raqibning zaif jihatlarini 

hisobga  olish,  “sirli”  qaror  qabul  qilish  va  yurtparvarlik  tuyg‘usi  kabi  ichki 

mexanizmlar asosida kechadi. 




 

31 


 

 

5-rasm. O‘qituvchi-trenerning ko‘p qirrali ijodkorlik funksiyasi 



 

Shu  bilan  bir  qatorda,  trenerning  ijodkorlik  qobiliyatini  jadallashtiruvchi 

yuqorida  qayd  etilgan  mexanizmlar  mavjudligidan  qat’i  nazar  uni  muvaffaqiyatli 

amalga  oshirish  imkoniyati  faqat  kasbiy-pedagogik  mahoratning  barcha  qirralari 

yuksak shakllanganligi bilan belgilanadi. 


Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə