Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


Zamonaviy pedagogika fanining vazifalari



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/227
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#134227
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   227
-.-

Zamonaviy pedagogika fanining vazifalari: 
– Sharq va G‘arb mutafakkirlari va ma'rifatparvarlarining ilg‘or pedagogik 
g‘oyalarini o‘rganish, tahlil qilish asosida barkamol shaxsni tarbiyalash
– komil inson tarbiyasining asos qirralari – pedagogik tamoyillar, 
qonuniyatlar, metod va vositalarni aniqlash, ulardan amaliyotda foydalanish; 
–ta'lim – tarbiya nazariyalarini zamonaviy metodikalar bilan uyg‘unlikda 
texnologiyalashtirish; 
– O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da 
o‘qituvchilarga qo‘yilgan talablarni amalga oshirish, ta'lim menejmenti asoslarini 
o‘rganish, qaror qabul qilish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotda 
qo‘llashga o‘rgatish; 
–barkamol shaxsni tarbiyalashda zarur bo‘lgan hamkorlik texnologiyalarini 
ishlab 
chiqish, 
axborot-kommunikatsion 
texnologiyalardan 
foydalanish 


13 
ko‘nikmalarini shakllantirish va amaliyotda qo‘llay olish malakasini rivojlantirish 
va h.k. 
Zamonaviy pedagogika fanining mazmuni, maqsad va vazifalarining 
yangilanish va rivojlantirish quyidagi negizlarga asoslanadi: 
– barkamol shaxsni tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish; 
– xalqimizning milliy urf-odatlari, an'analari, ma'naviy merosini 
mustahkamlash va rivojlantirish; 
– shaxsning o‘z qobilliyat va imkoniyatlarini erkin namoyon qilishga zamin tayyorlash; 
yoshlarda vatanparvarlik, insonparvarlik, fuqarolik pozitsiyasini tarkib 
toptirish.
Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida 
jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Pedagogika fani 
maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat 
va jamiyat rivojlanish strategiyasi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar 
mohiyati muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni 
barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob 
beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ilg‘ot xorijiy 
tajribalar asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini rivojlantirish vazifasini hal etadi. 
Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi:
Analitik 

ta’lim va tarbiya jarayoni mazmuni, mohiyati, sabab-oqibat aloqadorligini 
o’rganish; - pedagogik tajribani tahlil etish, umumlashtirish va baholash.

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə