Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/227
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#134227
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   227
-.-

Tarbiya nazariyasi
– pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, 
tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni 
tashkil etish masalalarini o‘rganadi. 
Ijtimoiy tarbiya fuqarolik, aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, 
iqtisodiy, ekologik tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etiladi. 
Ma'lumki, har bir mustaqil fan o‘zining predmeti va metodologik asoslariga 
egadir. Jumladan, jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida mustaqil fan sifatida 
rivojlanib borayotgan pedagogika fani ham o‘z predmetiga ega. Pedagogika 
fanining 
predmeti – 
shaxs kamolotiga erishishda zarur bo‘ladigan ta'lim-tarbiya 
qonuniyatlari, mazmuni, metodlari, vositalari deb belgilanadi. 
Pedagogika fanining 
ob'ekti
sifatida komil insonni tarbiyalash jarayoni 
tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da 
shaxs
kadrlar tayyorlash tizimining bosh ob'ekti va sub'ekti sifatida qaraladi. 


12 
Demak, har tomonlama yetuk, yangicha fikrlaydigan, o‘z shaxsiy va fuqarolik 
pozitsiyasiga ega bo‘lgan, milliy mafkuraning barcha sifatlarini o‘zida 
mo‘jassamlashtirgan barkamol shaxsni tarbiyalash jamiyat talabidan kelib chiqadi. 
Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari: 
– Respublikamizda barkamol avlodni voyaga yetkazishning yaxlit 
muammolarini hal qilish; 
– ta'lim-tarbiya samaradorligini uzluksiz oshirish va jahon talablari 
darajasiga olib chiqish masalalariga ijodiy yondashish; 
– umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyatning asoslarini e'tiborga olib, 
ta'lim-tarbiya mazmunini, milliy mafkurani shakllantirib borish imkonini yaratish; 
- Ta'lim va tarbiya mazmunini ilg‘or pedagogik tajribalar asosida boyitib 
borish, innovatsion va axborot texnologiyalarini amaliyotda qo‘llash tadbirlarini 
belgilash; 
– uzluksiz ta'lim sifatini oshirish va uni boshqarish yo‘nalishlarini belgilash 
muammolarini hal qilish; 
– “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan talablarni amalga 
oshirish va h.k. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə