Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/184
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139717
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
 


19 
2.2. BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA PSIXODIAGNOSTIKASI FANINING
YORDAMCHI METODLARI 
 
2.2.1. Bolalar psixologiyasida s
o‘rov metodi va testlar
 
Kuzatish va eksperiment metodlari bolalar psixologiyasining asosiy 
metodlari hisoblanadi, lekin bulardan tashqari bir qator yordamchi 
metodlar ham mavjud. 
So‘rov metodi ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi 
ma’lumotlar to‘plashning an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda 
tekshiriluvchi tomonidan qo‘yilgan qator savollar
ga javob qaytarish kerak 
bo‘ladi. So‘roq metodining og‘zaki, yozma (anketa), erkin (suhbat), usullari 
mavjud. Og‘zaki so‘roq yoki oddiygina qilib suhbat metodini o‘tkazadigan 
shaxs unga ma’lum darajada tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Agar professional 
mahorati yoki tajribasi 
еtarli bo‘lmasa so‘rov natija bermasligi mumkin. 
Yozma so‘roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir 
vaqtning o‘zida ko‘pgina odamlar fikrini o‘rganish mumkin bo‘ladi. Unga 
kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javobla
r (yopiq anketa) yoki erkin o‘z 
fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so‘rovnomalar aniq 
va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan 
bo‘lsa, shubhasiz, qimmatli birlamchi materi allar to‘planadi. So‘roqning ham 
erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo‘lib, birinchisida oldindan 
ni m
alar so‘ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, hattoki, 
kompyuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar 
doirasida so‘roq o‘tkazilish
i nazarda tutiladi. 
Bolalar psixologiyasida so‘rash
-suhbat metodidan ancha cheklangan 
holda foydalaniladi. Bu metodni bog‘cha yoshidagi bolalarga nisbatan 
deyarli qo‘llab bo‘lmaydi, chunki bu yosh
dagi bolalarda turmush tajribasi 
juda oz, tafakkurlari hali 
yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Shu sababli kichik 
yoshdagi bolalar kattalarning bergan savollariga o‘ylamay
-netmay javob 
qaytaraveradilar. So‘rash metodidan foydalanilganda odatda juda sodda 
ishlangan rasmlardan, predmetlardan foydalaniladi. 
Bu metodni 5-
6 yoshli bolalarga nisbatan qo‘llash mumkin. Bunda 
bolalarga turli mavzularga doir savollar beriladi va ulardan og‘zaki 
suhbatning mavzusi va suhbat paytida bolalarga beriladigan savollar 
oldindan yaxshilab o‘ylab olinadi. Suhbat jarayonida javoblarni yoz
ib olib, 
keyinchalik javoblarni tahlil qilish mumkin. Suhbat metodini o‘tkazishda 
quyidagilarga rioya qilish talab etiladi: 


20 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə